Xususiy mulk – ayrim tadbirkorlarga qarashli yollanma mehnatga asoslangan va o‘z egasiga foyda keltiruvchi mulkdir.
Tovar deb, biron-bir naflilikka va qiymatga ega bo‘lgan ayriboshlash uchun yaratilgan mahsulotga aytiladi. Boshqacha aytganda, tovar naflilikka va qiymatga ega bo‘lgan bozor uchun ishlab chiqariladigan mahsulot yoki xizmatlardir. Demak, tovarning ikki xususiyati bor: birinchidan, u kishiningqandaydir ehtiyojini qondiradi: ikkinchidan, u boshqa buyumga ayriboshlana oladigan buyumdir
Hozirgi zamon puli tovarlarni ayriboshlashda umumiy ekvivalent rolini bajaruvchi, umumko‘pchilik tomonidan tan olingan va davlat tomonidan qonunlashtirilgan vositadir
Pulling asosiy 5 vazifasi:
Qiymat o'lchovi
Jamg'arish
Ayir boshlash
Muomala vositasi
Jahon puli
Natural ishlab chiqarish – bunda mahsulotlar ishlab chiqaruvchining o‘z ehtiyojlarini qondirish, ichki xo‘jalik ehtiyojlari uchun mo‘ljallanadi.
Tovar ishlab chiqarish – bunda tovarlar o‘zining iste’moli uchun emas, balki bozorda sotish, ayriboshlash uchun va boshqalarningiste’molini qondirish maqsadida ishlab chiqariladi.
Mehnat intensivligi- mehnatning sarflanish tezligi yoki jadalligi
Bozor iqtisodiyoti – xususiy mulk ustuvorlikka ega bo‘lgan, iqtisodiy jarayonlar bozor mexanizmi yordamida uyg‘unlashtiriladigan va tartibga solinadigan iqtisodiy tizimdir.
Bozor iqtisodiyoti subyektlari tarkibi turli - tuman bo‘lib, uning barcha subyektlari uch turga ajratiladi.
1. Uy xo‘jaliklari – iqtisodiyotning iste’mochilik sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi asosiy tarkibiy birlik. Uy xo‘jaliklari doirasida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida yaratilgan pirovard tovar va xizmatlar iste’mol qilinadi. Bozor iqtisodiyotida uy xo‘jaliklari mulkdor va ishlab chiqarish omillarini yetkazib beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslarni sotishdan olingan pul daromadlari shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarflanadi.
2. Tadbirkorlar sektori – bu daromad (foyda) olish maqsadida amal qiluvchi iqtisodiyotning birlamchi bo‘g‘inlaridir. U ish yuritish uchun o‘z kapitalini yoki qarzga olingan kapitalni ishga solishni taqozo etadi va undan olingan daromad ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun sarflanadi. Tadbirkorlar bozor xo‘jaligida tovar va xizmatlarni yetkazib beruvchi hisoblanadi.
3. Davlat – foyda olishni maqsad qilib qo‘ymagan, asosan iqtisodiyotni tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiluvchi muassasalar sifatida namoyon bo‘ladi
Bozor iqtisodiyotining muhim belgilari quyidagilardan iborat:
mulk ustuvorligi;
tadbirkorlik, tanlovi va narxlar erkinligi;
iqtisodiy manfaatlar rag‘batlantirilishi;
davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi
Bozor iqtisodiyotida beshta asosiy muammosi mavjud bo‘lib, ular o‘z yechimiga ham ega.
Bular quyidagilar:
1.Nima ishlab chiqarish zarur? Foyda keltiradigan tovarlar ishlab chiqariladi, zarar keltiradiganlari ishlab chiqarilmaydi.
2. Qanday ishlab chiqarish zarur? Yangi texnika va texnologiyaga asoslangan korxonalarda ishlab chiqarish zarur.
3. Qancha ishlab chiqarish zarur? Iqtisodiy resurslar va ehtiyojlar taqozo qiladigan miqdorda ishlab chiqariladi.
4. Кim uchun ishlab chiqarish zarur? Aholining alohida tabaqalari (yuqori, o‘rta va kam ta’minlanganlar) talabini hisobga olib ishlab chiqarish tashkil qilinadi.
5. Iqtisodiy tizim ro‘y beradigan o‘zgarishlarga moslasha oladimi? Bunda mavjud iqtisodiy tizim bozor iqtisodiyoti muhitiga moslasha olishlik darajasi hisobga olinadi.
Bozor – bu ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) bilan iste’molchi (xaridor)ni bir-biriga bog‘laydigan, ayriboshlash jarayoniga xizmat qiladigan tartiblar, mexanizmlar va muassasaviy tuzilmalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |