Iqtisodiyotni shakllantirish muammolari va yechimlari. T.: Tmi, 2013


Iqtisodiyotda bilimlarga asoslangan innovatsiyalar yaratish asoslari



Download 0,93 Mb.
bet4/45
Sana06.07.2022
Hajmi0,93 Mb.
#749538
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
Ozbekistonda innovatsion iqtisodiyot 06984

Iqtisodiyotda bilimlarga asoslangan innovatsiyalar yaratish asoslari

  1. Iqtisodiyotdagi innovatsiyalar haqida tushuncha


20 asrning 80-yillarida yuzaga kelgan bilimlarga asoslangan iqtisodiyotga o’tish kontsetsiyasi industrial davrdan information- texnologik davrining ishlab chiqarish usuliga o’tish bilan bog’liqdir. Ushbu kontseptsiyaning paydo bo’lishiga asosiy sabab - industrial iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va jabhalarini qamrab olgan hamda uning miqyosi, dinamikasi va ichki mohiyatini batamom o’zgartirib yuborgan yangi information texnologiyalar paradigmasidir. Yangi nazariyaning ko’rsatishicha, industrial iqtisodiyotning information iqtisodiyot bilan almashinishi agrardan industrial iqtisodiyotga o’tishga ekvivalant emas, chunki yangi paradigma doirasida iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari ilm-fam sohalaridagi puxta bilimlar talab qiladigan komp’yuter texnologiyalari, raqobatbardosh va o’zgaruvchan sharoitlarga tezda moslasha oladigan information tarmoqlar sifatida aniqlanadilar. Zamonaviy iqtisodiyot tuzilmasining bunday sifat o’zgarishlari xozirgi kunda global o’zgarish tariqasida ko’rilib, bunda “material” iqtisodiyotdan “intellectual” iqtisodiyotga yoki “bilimlarga
asoslangan iqtisodiyot – knowledge-bazed economy” ga o’tish sifatida tushuniladi. Postindustrial iqtisodiyotga kirib kelayotgan bunday yangiliklarning mohiyatini tushunish information texnologiyalarning ma’lumotlarni qayta ishlash natijasida butunlay yangi bilimlar hosil qilib, yangi ko’rinishdagi faoliyat turlarini yaratishini anglashni talab qiladi. Keyingi yillarda jahon iqtisodiy adabiyotida keng tarqalgan “Bilimlarga asoslangan iqtisodiyot” yoki “Intellectual iqtisodiyot” tushunchasi ilmiy bilimlar majmuasi va ular (bilimlar, texnologiyalar, chizmalar, usullar va boshqalar) yozilgan material ma’lumot tashuvchilar (disketlar, fleshkalar, internet resurslari va boshqalar) moddiy va nomoddiy ishlab chiqarishning rivojlanishi va iqtisodiy o’sishning asosiy manba’i bo’lib qolishini anglatadi. Xuddi shu tufayli ilmiy, ishbilarmon va professional davralarda iqtisodiyot rivojlanishi nuqtai-nazaridan bilimlar, ma’lumotlar, yangiliklar va ilmiy-texnologik innovatsiyalar har tomonlama o’rganila boshlandi. Yangi ixtirolar, ilmiy-texnik ma’lumotlar va innovatsiyalar esa O’zbekiston iqtisodiyoti asosiy sektorlarining innovatsion nuqtai-nazardan qayta tuzilishi va rivojlanishini aniqlab bera boshladi. Ammo iqtisodiyotning juda ko’p sohalari ilm, fan va texnikaning yutuqlaridan keng miqyosda foydalanmaganliklari tufayli ma’lum ma’noda depressiv holatda turib qolganlar. Bu quyidagi bir qancha ob’ektiv va sub’ektiv sabablar bilan bog’liq. Avvalo, bilimlarga asoslangan iqtisodiyotning huquqiy ta’minoti ancha ko’p kamchiliklarga ega. Xozirga qadar innovatsion ilmiy-texnik izlanish jarajonlarini normal amalga oshirish va ularning natijalarini amaliyotga tadbiq qilish uchun zaruriy bo’lgan to’liq normativ-huquqiy baza mavjud emas. Masalan, mamlakat miqyosida
texnologik innovatsiyalar va ularni rivojlantirishning barcha nozik jihatlarini hisobga olgan holdagi asosiy qonun xujjatlari ishlab chiqilmagan. Iqtisodiyotga ilmiy-amaliy bilimlarni investitsiya qilish uchun “respublikada eng yaxshi imkoniyatlar yaratish” masalasi huquqiy jihatdan to’liq ishlab chiqilmagan. Bu ishlar davlat boshqaruv bo’g’ini boshliqlarining innovatsiyalar va ilm-fan-texnikani rivojlantirmasdan turib, keskin rivojlanish mumkin emasligini ko’rib, bilib va tushunib turgan holida ham amalga oshirilmayotganlari taassufga loyiqdir. Shuning uchun ham keyingi yillarda halq farovonligi va mamlakatning dunyo bozoridagi o’rnini aniqlab beradigan ilg’or texnologiyalar, innovatsiyalar, ta’lim tizimi va boshqa an’anaviy tarmoqlarda innovatsion yumushlarni amalga oshira oladigan yuqori malakali kadrlarning yetishmasli holati kuzatilayapti. Ammo shunga qaramasdan, iqtisodiy fanda va bilimlarga asoslangan iqtisodiyotning jarayonlari va qoidalari haqida tushuncha beradigan “information iqtisodiyot”, “bilimlarga asoslangan iqtisodiyot”, “innovatsion iqtisodiyot” va “intellectual iqtisodiyot” tushunchalariga ozmi-ko’pmi ta’rif berilib, ular bo’yicha bir qancha ilmiy ishlar bajarilgan. Lekin bu ilmiy-amaliy izlanishlar chala, sayoz, fragmentar, tizimlashtirilmagan va bir tomonlamalilik bilan tafsiflanadi. Shuning uchun ham risolaning ushbu bo’limida bilimlarga asoslangan iqtisodiytning ilmiy- metodologik asoslari, uslubiyati, uning infratuzilmasi va funktsiyalari ko’rib chiqiladi. Undan tashqari, innovatsion iqtisodiyotning asosi bo’lgan bilimlar iqtisodiyotining information iqtisodiyotga aylanish jarayonlari bilan bog’liq bo’lgan asosiy tushunchalar, amaliyot uchun zarur bo’lgan bilimlarni yaratish faoliyati bilan bog’liq masalalar ham
bir qadar ko’rib chiqiladi. Eng avvalo, bilim va ma’lumotlarning zamonaviy iqtisodiyot rivojlanishidagi o’rni o’rganiladi, so’ngra bilim va ma’lumot yaratadigan tizim va uning tuzilishi hamda funktsiyalari ko’rib chiqiladi. Iqtisodiyot uchun hizmat qiladigan bilimlarga asoslangan tizimning kuchli va kuchsiz tomonlari o’rganilib, uning infratuzilmasi tadqiq qilinadi.


Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish