Agrar sohada innovatsion siyosatni tashkil qilish muammolari
Xozirgi sharoitlarda O’zbekistonda viloyatlarni umumiy maqsadga erishish yo’lida samarali boshqaruv va ularda qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash hamda ishlab chiqarish korxonalarini optimal tarzda joylashtirish juda muhim masala sifaida ko’rilayapti. Bu mamalakatimizdagi turli viloyatlarning o’ziga xos hususiyatlari mavjudligi, aholi va moddiy zahiralarning turli-tumanligi bilan izohlanadi. O’zbekistonda bozor iqtisdodiyoti sharoitlarida viloyatlarda aniq innovatsion siyosat mavjud bo’lmasa, ularning samarador tarzda rivojlanishlari mumkin emas. Rivojlanishning innovatsion modeliga o’tish iqtisodiyotda viloyatlarning ahamiyatini yanada oshirib yuboradi. Chunki innovatsion jarayonlarning tezlashishi viloyatlarda bunga astoydil qiziqadigan olimlar, injener-texnik xodimlar va tadbirkorlar guruhlarini yuzaga keltiradi. Ular ushbu viloyatlarga mos bo’lgan innovatsion texnologiyalar asosida yangi mahsulotlar ishlab chiqarishda o’zaro aloqalarini kuchatiradilar yoki katta innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun birlashgan holda o’z moddiy, moliyaviy va intellektual imkoniyatlarini jalb qiladilar. Bu esa yangi innovatsion texnologiyalarni o’zlashtirish uchun zarur bo’lgan turli ko’rinishdagi sarf-xarajatlarni kamaytiradi va iqtisodiy samarani
ko’paytiradi. Innovatsion iqtisodiyotda viloyatlar ahamiyatining oshirilishi yangi bilimlar, texnologiyalar va innovatsiyalarning bir maqsadga yo’naltirilishiga va innovatsion loyihalarning joylardagi elitalar (boshqaruv, tadbirkor, ilmiy va boshqalar) bilan hamkorlikda amalga oshirishga olib keladi va g’oyalar tezroq hamda muvaffaqiyatliroq hayotga tadbiq qilinadilar. Shuni ham aytish kerakki, mamlakatimizdagi turli viloyatlar innovatsion rivojlanish modelini tashkil qilishga turli xil darajada tayyordirlar. Turli xil faktorlar innovatsion rivojlanishga xalaqit beradilar, ba’zilari esa innovatsion rivojlanishga yordam beradilar. Shuning uchun ham xozirgi davrda bularni hisobga olgan holda respublika agro ishlab chiqarish kompleksini zamonaviy ilg’or innovatsion texnologiyalar asosida butunlay yangi darajaga olib chiqish kerak. Chunki agro ishlab chiqarish kompleksi O’zbekiston iqtisodiyotining eng muhim sektorlaridan hisoblanib, u mamlakatni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlaydi hamda aholi bandligini ta’minlab beradi. Uning asosini qishloq xo’jaligi tashkil qilib, unda mehnatga layoqatli aholining aksariyat qismi band bo’lib, u mamlakatning oziq-ovqat havfsizligini ta’minlab beradi. Davlat qishloq xo’jaligining rivojlanishiga juda ko’p mablag’lar ajratadi, ammo shunga qaramay, qishloq xo’jalik mahsulotlarining sifati past va ularni ishlab chiqarish hajmi respublika aholisini to’la ta’minlash uchun yetarli darajada emas. O’zbekiston viloyatlaridagi tabiiy-mintaqaviy shart-sharoitlar jahon bozorida talab katta bo’lgan sifatli va ekologik toza qishloq xo’jalik mahsulotlarini katta hajmda ishlab chiqarishga imkon beradi. Xozirgi paytda bir qancha rivojlangan mamlakatlarda asosan genetik jihatdan modifikatsiyalashgan
(GM) mahsulotlar yetishtirilayotgani tufayli, bizdagi ekologik toza mahsulotlarga talab juda yuqori bo’ladi. Agar bunday imkoniyatlari amalga oshirmasak, sobiq sovet ittifoqining jahon bozoridan don sotib olayotganini eshitgan Winston Cherchillning: “Men qarilikdan o’lamandeb o’ylardim, ammo endi kulgidan o’ladiganga o’xshayman” degan so’zlariga monand ahvolga tushib qolishimiz mumkin.
Jahon bozoriga olib chiqiladigan ekologik toza mahsulotlarni katta miqdorda yetishtirish uchun bizda barcha shart-sharoitlar (yer maydoni,suv,yorug’lik,mineralvamahalliyo’g’itlar,ishchikuchi,bilimliagrotexnikaxodimlari,injener-texnikxodimlarvaolimlar) mavjud, ammo buning uchun dunyodagi bacha zamonaviy agrotexnik bilimlarni o’rganish va ularni respublika agrosanoat kompleksiga keng miqyosda tadbiq qilish kerak holos – ya’ni, lo’nda qilib aytganda, qishloq xo’jaligini innovatsion rivojlantirish yo’liga tezkorlik bilan o’tish zarur. Bu ishlarni amalga oshirish biz uchun taqdir ato etgan bir nodir imkoniyat va bu mamlakatimizning hayot va mamot masalasidir desak ham bo’ladi. Qishloq xo’jaligini bu yo’nalishda rivojlantirishda alohida ahamiyat berilishi lozim bo’lgan bir qancha muhim masalalarni quyida ko’rsatib o’tishga harakat qilamiz:
Ekologik toza qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirishning eng zamonaviy, innovatsion va tejamkor texnoligiyalarini o’rganish va ularni respublika qishloq xo’jaligiga zudlik bilan tadbiq qilish;
Yopiq yer maydoni sharoitlarida (teplitsalar,parniklar,oranjereyalarkabi) ekologik toza sabzavot va poliz mahsulotlari, ko’katlar va tsitrusli o’simliklar, jahon bozoriga talab katta bo’lgan gullar va tropic mahsulotlar yetishtirish;
Elektr energiyasi olishda va teplitslarni isitishda al’ternativ energiya manba’laridan (quyosh,shamol,bioenergiyavaminisuvturbinalari) foydalanishni keng miqyosda yo’lga qo’yish va bu boradagi ilmiy-texnik ishlarni jadallashtirish hamda chet ellardagi al’ternativ energetika manba’lari bilan bog’liq innovatsion texnologiyalar, uskunalar, yutuqlar va ishlanmalrni o’rganib, ularni respublika qishloq xo’jaligiga darhol tadbiq qilish;
Bioteplitslar qurishni (quyoshteplitsalari,go’ngvachiqindilarbilanisitiladiganissiqxonalar,chuqurlikdagioranjereyalar,xitoyteplitslari va shu kabilar) ommaviy miqyosda amalga oshirish va ularda turli hil mahsulotlar yetishtirish, bu boradagi jahon innovatsion yangilklarini mamlakatimizga olib kelib, hayotga tadbiq qilish;
Shamol energenikasini rivojlantirish va uning agregatlarini qishloq xo’jaligi va aholini arzon energiya bilan ta’minlash uchun respublikamizda joriy qilish;
Resbublikada yetishtiriladigan mahsulotlar va sanoat chiqindilari asosida yonilg’i granulalari va briketlari ishlab chiqarishni tashkil qilish va ularni qishloq xo’jaligidagi tadbirkorlarga hamda aholiga arzon narxlarda yetkazib berish;
Respublikadan qishloq xo’jalik mahsulotlarini eksport qilishga bo’lgan barcha to’siqlarni bartaraf qilib, tadbirkorlarning chet ellar bilan erkin savdosiga keng yo’l ochish;
Paxta, bug’doy, arpa, meva-sabzabot-poliz mahsulotlari yetishtirishning zamonaviy va eng ilg’or innovatsion texnologiyalarini o’rganib, ularni respublika qishloq xo’jalik amaliyotiga tadbiq qilish;
Suvni tejash va kam xarajat qilib ko’p hosil olish mumkin bo’lgan innovatsion texnologiyalarni, shu jumladan, tomchilab sug’orish usulini qo’llash miqyosini imkoniyat darajasida kengaytirish;
Qishloq xo’jalik mahsulotlarini komp’yuter texnologiyasi yordamida dasturiy boshqaruv asosida yetishtirhsning ilg’or innovatsion texnologiyalarini respublika miqyosida hayotga tadbiq etish;
Qishloq xo’jalik mahsulotlari, al’ternativ energiya manba’lari, quyosh energetikasi, shamol energetikasi va bioenergetika bo’yicha innovatsion yanhilklarni o’zlashtirib, ularni keng aholi ommasiga ommaviy axborot vositalaridan foydalanib, ma’lum qilish va tezkorlik bilan iqtisodiyotga joriy qilish.
Ya’ni innovatsion iqtisodiyotga o’tishdagi asosiy shiorimiz quyidagicha bo’lishi lozim: “Barcha ichki va tashqi imkoniyatlarni jalbqilgan holda rivojlangan mamlakatlardagi mavjud yangi innovatsiontexnologiyalarni chuqur o’rganib va o’zlashtirib, ularni tezkorlik bilanmamlakat iqitisodiyotining turli sohalariga tadbiq qilish mexanizminiishga tushirib yuborish”. Qishloq xo’jaligining texnik ta’minlashga ham ahamiyat berib, mashina-traktor parkining yangilanishini amalga oshirish talab qilinadi. Bu muammoni asbob-yskuna va kerakli texnikani lizing (yokishungao’xshash) shartlarida sotib olish bilan hal qilish mumkin. Xozirgi paytda O’zbekistonda qishloq xo’jaligini rivojlantirishning asosiy muammolariga quyidagilar kiradi: juda oddiy va ko’p mehnat talab qiladigan texnologiyalarning qo’llanilishi, mamlakatda ishlatiladigan qishloq xo’jalik texnologiyalarining rivojlangan mamlakatlar texnologiyalaridan juda ham orqada qolganligi, ilmiy natijalar va hulosalarning amaliyotga juda ham sekinlik bilan
tadbiq qilinishi, qishloq xo’jalik mashinalari va uskunalarining juda ham eskirib qolganligi, ish unumdorligining juda ham past darajada ekanligi, samarasiz xarajatlarning juda ham ko’pligi, sanitariya va veterinariya ishlari sust ekanligi hamda agrotexnika eski texnologiyalarga asosan amalga oshirilganligi tufayli qishloq xo’jalik ekinlariga (vaxayvonlariga) katta zarar yetkazadigan kasalliklar va zararkunandalarning ko’payib ketganligi. Qishloq xo’jaligining innovatsiyalar asosida intensiv rivojlanishiga ta’sir qiluvchi asosiy salbiy faktorlar sifatida esa quyidagilarni ko’rsatishimiz mumkin: ishlab chiqarish unumdorligining pastligi, mayda ishlab chiqaruvchilarning ko’pligi, juda ko’p miqdordagi kichik fermer xo’jaliklarining zamonaviy unumdor texnologiyalardan foydalanishga qurbi yetmasligi va qishloq xo’jaligida band bo’lgan mutahassislarning zamonaviy texnika va texnologiyalardan hamda ularning imkoniyatlaridan xabarsizligi. Agro ishlab chiqarish kompleksining ilmiy potentsiali uni rivojlantirish uchun asos bo’ladi va shuning uchun ham bu potentsialni zamonaviy talablarga javob beradigan darajada rivojlantirish chora-tadbirlarini ko’rish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ular tomonidan almisoqdan qolgan texnologiyalar asosida yetishtiriladigan qishloq xo’jalik mahsulotlarini innovatsion texnologiyalar asosida yetishtirish usullari bo’yicha kitob, qo’llanma va broshyuralarni katta tirajlarda nashr qilib tarqatish va ularni ommaviy axborot vositalari orqali reklama qilish juda yaxshi natija berishi mumkin. Olimlarning o’zlari ham dalalarga va qayta ishlash korxonalariga chiqib, innovatsion texnologiyalar bo’yicha jonli ma’lumotlar berishlari o’ta muhim tadbirlardan biri bo’lib hisoblanadi. Bunday ayon bo’ladiki, qishloq xo’jaligini tez va dinamik rivojlantirish
uchun zarur bo’lgan asosiy faktorlardan biri - barcha daraja va yo’nalishlarda yuqori malakali mutahassislarning bo’lishi va ularning qishloq xo’jaligiga innovativ usullarni tadbiq qilishda bevosita ishtirokidir. Bu masalani esa o’z navbatiga agrar o’quv yurtlari, kollejlar, malaka oshirish institutlari va universitetlar hal qilib berishi lozim. Agarda shunday tadbirlar og’ishmay amalga oshirilsa, O’zbekistonning agrar sektori ichki bozorni yuqori sifatli mahsulotlar bilan to’diribgina qolmay, balki chet ellarga ham o’z mahsulotlarini chiqarib, respublikaga kelayotgan valyuta oqimini ancha miqdorga ko’paytirishi mumkin. O’zbekistonning ko’pchilik aholisi band bo’lgan qishloq xo’jaligida raqobatbardosh innovatsion iqtisodiyotni tashkil qilishi va uni har tomonlama rivojlantirish yo’liga o’tishi uning chet mamlakatlardagi obru-e’tiborini oshirib, halqning farovon turmushini ta’minlaydi. Agro ishlab chiqarish sohasidagi mahsulotlarni qayta ishlash korxonalarining innovatsion rivojlanishiga investitsiyalar jalb qilish, ularni texnologik jihatdan yangilash va homashyo yetkazib beradigan xo’jaliklar bilan xamjihat ishlashini ta’minlashga hizmat qiladi. Qishloq xo’jalik kompleksida bunday integrallashgan birlashmalar (klasterlar) hosil qilish qishloq xo’jalik korxonalarining texnik va texnologik qoloqligiga barham beradi, ish unimdorligini oshiradi va qishloqning infratuzilmasini rivojlantirishga olib keladi. Bu tadbirlarning barchasi esa qishloq xo’jalik kompleksini mamlakat iqtisodiyotidagi eng muhim va raqobatbardosh bo’g’imga aylantirish uchun hizmat qiladi.