Bog'liq Ozbekistonda innovatsion iqtisodiyot 06984
joylashganliklarihaqidagiqalbakima’lumotnomalarolibkelayotganliklarihechkimgasiremas–buko’pinchama’muriyatyordamida amalga oshiriladi). Bunday sharoitlarda esa innovatsiyalar, millat kelajagi va vatanparvarlik kabi yuksak tushunchalarga jiddiy putur yetadi albatta. Davlatning innovatsiyalar yo’nalishidagi strategik dasturlarini yaratish va amalga oshirish esa bir necha minglab juda yaxshi ta’lim olgan, intiluvchan va davlat tuzilmalariga birlashtirilgan yuqori malakali mutahassislardan iborat bo’lishi lozim. Ularning barchasi mamlakat strategik rivojlanish yo’nalishlarini tushuna va his qila oladigan bolishlari kerak. Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, bunday yuqori malakali mutahassislar davlat kafolati bilan albatta ishga joylashtirlishi, yetarlicha ish xaqqi bilan ta’minlanishi, zamonaviy ish va turmush sharoitlarida ega bo’lishi va ijtimoiy jihatdan jiddiy himoyalangan bo’lishlari zarur. Buning uchun esa mavjud ta’lim muassasalari va ulardagi malakali professor-o’qituvchilar negizida maxsus elita turga mansub boshlang’ich, o’rta va oily ta’lim muassasalari tashkil qilinib, ularda o’qish uchun respublika miqyosidagi eng iqtidorli yoshlar tanlov asosida qabul qilinishi lozim. Chunki barchani bir hil dasturlar vositasida ommaviy o’qitish yaxshi natijalarga olib kelmasligi yaqin o’tmish misolida o’zini oqlamagan. Xuddi shu fikr fan va texnika sohasidagi iqtidorli mutahassislarning malakalarini oshirish va qayta tayyorlashga ham tegishli bo’lishi kerak. Ammo bunda poraho’rlik, yuqoridan bosim va tanish-bilishchilik holatlariga tubdan va uzil-kesil barham berilishi shart. Aks holda barcha innovatsion choqa- tadbirlar chippakka chiqishi mumkin.
Innovatsiya va modernizatsiya tushunchalari ba’zi tadbirkor va amaldorlar qo’lida davlat xazinasidan pul o’marish, noqonuniy mablag’larni legallashtirish va tezda boyib ketish qurioli bo’lib qolmasligining oldini oladigan huquqiy normativ mexanizmlar yaratish kerak. O’zbekistonning iqtisodiy rivojlanishiga ko’mak beradigan innovatsion modelni amalga oshirish va hayotga tadbiq qilish uchun avvalo innovatsion rivojlanishning mohiyatini barha mas’ul xodimlar va ilmiy-texnik xodimlarga atroflicha tushuntirish zarur. Yuqorida aytib o’tilganlardan kelib chiqqan holda, O’zbekistondagi innovatsion muhitni yaxshilash uchun eng muhim bo’lgan asosiy chora-tadbirlar majmui quyidagilardan iborat bo’lishi lozim:
Chet mamlakatlarning O’zbekiston uchun mos bo’lgan iqtisodiyot, texnika-texnologiya, qishloq xo’jaligi va boshqa yo’nalishlariga oid innovatsiya sohadagi ilg’or tajribasini har tomonlama o’rganish, o’zlashtiriah va uning ijobiy tomonlaridan foydalanish;
Innovatsiyalar sohasidagi barcha eng muhim ilmiy va amaliy adabiyotlarni davlat tiliga tarjima qilib, ularni ilmiy-texnik xodimlar va boshqaruv bo’g’ini hizmatchilari tomonidan tanqidiy ravishda o’rganish jarayonini tashkil qilish;
Jahon miqyosida ishlab chiqilgan va O’zbekiston iqtisodiyoti uchun muhim bo’lgan sohalardagi innovatsion g’oyalar, fikrlar, qurilmalar, uskunalar hamda ilmiy izlanishlar natijalarining ma’lumot bazasini tashkil qilish va uni ommaviy axborot vositalari hamda internet portali orqali tadbirkorlarga hamda korxona rahbarlariga tezkor ravishda yetkazish;
Xar bir innovatsion taklif kiritgan yoki mavjud innovatsiyalarni amaliyotda qo’llagan shaxslarning munosib moddiy va ma’naviy taqdirlanishiga erishish;
Korxona yoki tashkilotlarda innovatsiyalarni joriy qilgan ilmiy- texnik xodimlarning korxona daromadidan tegishli ulush olishlarini qonun asosida belgilab qo’yish;
Maxsus innovatsion soliq turini kiritgan holda undan jamlangan mablag’larni respublikadagi eng muhim innovatsiion jarayonlarni rivojlantirishga yo’naltirish;
Innovatsion faoliyat haqidagi qonunlarning normativ xujjatlarni ular noqonuniy mablag’larni legallashtirish, off-shorlashtirish, chet ellarga pul o’tkazib, ularni o’zlashtirish kabi jinoyatkorona maqsadlarda ishlatilmasligi uchun qayta ko’rib chiqish zarur;
Barcha amaldorlarning mablag’lari va chiqimlarini, daromadlari va mol-mulklarini hisobga olib, ulardan har yili deklaratsiya talab qilish tizimini qonuniy ravishda joriy qilish;
Respublikada innovatsion va zamonaviy ishlab chiqarish (hizmatko’rsatish) tizimlarini yaratishga bag’ishlangan mahsus loyiha ishlab chiqish va uni bosqichma-bosqich amalga oshirish;
Ushbu loyiha asosida mamlakatimiz viloyatlarining mahsus investitsion tizimlarini yaratish va ularni qattiq nazorat ostida hayotga tadbiq qilish;
Mamlakatning barcha bo’g’inlardagi ta’lim tizimini, oily o’quv yurtlariga abiturientlar qabul qilishning tartibini tubdan o’zgartirib, uni barcha joyda xoziru-nozir korruptsiyadan xalos etish. Ta’lim muassasalariga abiturientlar qabul qilishda testlar qabul qilishdan
tashqari, ularning o’rta maktabda qanday bilim olganliklariga, mantiqiy fiqrlashlariga, yoqma ish natijalariga va inttellektual rivojlanish darajalariga alohida e’tiborni qaratish kerak. Maktablar va kolleglarda esa yuqori natijalarga erishgan o’quvchilarni oltin, kumush va bronza medallar bilan taqdirlash tartibini yo’lga qo’yish zarur, chunki bu yoshlarning bilim olishga bo’lgan intilishlarini hamda o’zaro ijobiy ma’nodagi raqobatlarini kuchaytitrib, ta’lim sifatini ham oshiradi;
Ilmiy izlanishlar asosida turli xil zamonaviy innovatsion texnologiyalar yarata oladigan va tadbirkorlik bilan mos tushadigan umumdavlat dasturini ishlab chiqish;
Innovatsion tizimlar yaratish va baholash sohasida faoliyat ko’rsatadigan malakali ekspertlar guruhini yaratish va uning faoliyatini rivojlantirish – xuddi shu ekspertlar barcha katta va kichik innovatsion loyihalarning maqsadga muvofiqligini aniqlab berish uchun hizmat qilishlari lozim (monitoringvabaholov);
Mamlakatning innovatsion yo’ldan rivojlanishi zarurligini hamda bu O’zbekiston kelajagi uchun o’ta muhimligini barcha aholi qatlamlariga tushnarli va ommabop tarzda yetkazish.
Xozirgi davrda milliy iqtisodiyotni boshqarish tashkiliy-iqtisodiy mexanizmining eng kuchsiz bo’g’imi - innovatsiyalarni boshqarish mexanizmi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida innovatsiyalar iqtisodiyotning intensiv rivojlanishiga, ilm va fanning eng so’nggi ilg’or yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy qilishni tezlashtirishga, iste’molchilarning turli xil yuqori sifatli mahsulot va hizmatlarga bo’lgan ehtiyojlarini to’laroq qondirishga hizmat qilishi darkor. Bozor
iqtisodiyoti sharoitlarida O’zbekistondagi innovatsion rivojlanish muammosi shundan iboratki, bu jarayon mamlakatda buning uchun ko’pchilik shart-sharoitlar yo’q bo’lgan sharoitlarda va tarixan qisqa muddatlarda amalga oshirilishi lozim. Innovatsiyalar orqali biz jahon hamjamiyatidagi mehnat bo’linishida o’zimizga munosib joy egallashga harakat qilishimiz lozim. Aks holda O’zbekistonning rivojlangan mamlakatlar qatoridan munosib o’rin olishi mumkin bo’lmay qoladi va bu albatta milliy iqtisodiyot hamda insonlarning turmush farovonligiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
Halqaro savdo va bevosita chet el investitsiyalari dunyo mamlakatlari chegaralaridan tashqariga bilimlar tarqalishining an’anaviy manba’lari hisoblanadi. Raqobatbardosh texnologiyalar importi oqimlari jahon miqyosida mahsulotlar va hizmatlarning differentsiastiyasini ta’minlab beradi. Ammo innovatsion iqtisodiyotga o’tishni zamonaviy texnologiyalarni sotib olish bilangina ta’minlash mumkin emas. Buning uchun innovatsiyalarni o’zlashtirishga qodir yuqori malakali ish kuchining mavjudligi talab qilinib, ular innovatsion ishlanmalarni tijoriy izga solishga va jamiyat rivojlanish tashkilotlarining samaradorligini oshirishga hizmat qiladi. Bevosita horijiy investitsiyalar asosan dunyoviy patentlarning 80-85% ga ega bo’lgan va jahon bozorlaridagi 40-50% savdo aylanishini amalga oshiradigan transmilliy korporatsiyalar tomonidan amalga oshiriladi. Bevosita horijiy investitsiyalarning amalga oshirilishi uchun asosiy shart-sharoitlar mamlakatda kerakli bo’lgan zahiralarning mavjudligi, yuqori malakali ish kuchining borligi va uning arzonligi hamda horijiy hamkorlar uchun qanday afzallik va preferentsyalar yaratilganligi bilan aniqlanadi. Jahon
miqyosidagi bevosita horijiy investitsiyalar oqimida rivojlanayotgan mamlakatlarning ulushi doimiy ravishda o’sib borayotgani bilan, katta miqdordagi tabiiy resurslarga ega bo’lgan mamlakatlar uchun texnologiyalar transferida bevosita horijiy investitsiyalarning roli uncha katta emas. Shuni ham alohida aytish kerakki, agarda iqitsodiyotga qilinayotgan bevosita horijiy investitsiyalarning asosiy oqimi tabiiy resurslar olishga va ularni qayta ishlashga yo’naltirilgan bo’lsa, ularning mamlakat innovatsion potentsialini oshirishga bo’lgan ta’siri unchalik katta bo’lmaydi.
Halqaro hamkorlikda litsenziyalashtirish, qo’shma korxonalar tuzish, zamonaviy texnologiyalarini imitatsiya qilish yoki nushalash va insoniy kapitalning mobilliligi iqtisodiyotga innovatsion texnologiyalar jalb qilishning al’ternativ kanallari bo’lib hisoblanishi mumkin. Litsenziyalashtirish - innovatsiyalarni, ma’lum bir huquqlarni yoki “nay- xay” lar va qonun bilan himoyalangan intellectual mulk ob’ektlarini ishlab chiqarishni tashkil qilish yoki hizmatlar ko’rsatish uchun sotib olishdir. Mamlakat innovatsion potentsalini oshirish uchun horijiy texnologiyalarni litsenziyalar asosida sotib olish Janubiy Koreya tajribasida kuzatilgan. Koreya iqtisodiyotining raqobatbardosh sektorlarini (kimyo,tekstil,metallurgiya,elektronika,mashinasozlik,avtomobilsozlik,keramika,farmatsevtikavaoziq-ovqatmahsulotlariishlabchiqarish) rivojlantirish uchun litsenziyalar sotib olish texnologiyalar transferining umumiy oqimida asosiy rol o’ynagan. Innovatsion texnologiyalarni imitatsiya qilish yoki o’zlashtirib olish raqobat qiladigan firmalarga boshqa ishlab chiqaruvchilarning texnologik sirlarini va dizaynlarini nushalab, ishlab chiqarishga tadbiq
qilishiga imkon beradi. Bu ishni horijiy ekspert yoki texnik mutahassislarni ishga taklif qilish yoki injener-texnik xodimlarni chet ellarga malaka oshirish yoki o’qish uchun safarbar qilish orqali amalga oshiriladi. Albatta innovatsion texnologiyalarni imitatsiya qilish yoki o’zlashtirib olish malakali ilmiy-texnik xodimlar tomonidan internet resurslaridan foydalanish orqali ham amalga oshirilishi mumkin.
O’zbekistonda iqtisodiyot asosiy sektorlariga bevosita horijiy investitsiyalarni jalb qilish va ularni amalga oshirish bo’yicha davlatning kompleks dasturi amalga oshirilmoqda. Ammo mamlakatda innovatsion texnologiyalar transferini amalga oshirish, uni boshqarish va unga biznes tuzilmalarining qiziqishini uyg’otish asosida milliy iqtisodiyotning potentsalini to’la-to’kis ro’yobga chiqarish borasida quyida qisqacha tavsif etilgan bir qancha muammolar mavjud:
O’zbekiston iqtisodiyotiga innovatsion texnologiyalar transferini amalga oshirishi boshqarish, uni hayotga tadbiq etish va bu jarayonni monitoring qilish uchun kerakli bo’lgan qonuniy baza va unga mos bo’lgan dastur mavjud emas. Buning uchun davlat tomonidan qo’llab- quvvatlanadigan “Innovatsion texnologiyalar transferi markazi” tuzilib, uning faoliyatiga mamlakatdagi barcha ilmiy muassasalar va oily o’quv yurtlarini jalb qilish lozim. Bu markaz halqaro miqyosda texnologilar tanlash, tahlil qilish, kerakli korxona va tashkilotlarga ushbu texnologiyalarni taklif qilish, keraklilarini sotib olish va iqtisodiyotga tadbiq qilish bilan shug’ullanishi kerak. O’z faoliyati natijalarini esa maxsus innovatsilar Internet portaliga joylashtirshlari barchaning innovatsion texnologiyalar bilan yaqindan tanishshiga imkon yaratadi;
Horijiy innovatsion texnologiyalarni sotib olishning al’ternativ imkoniyatlari va nay-xaylar (litsenziyalashtirish,qo’shmakorxonalartuzish,imitatsiya,texnologiyalarnio’zlashtirish,insonkapitalimobilligidanfoydalanishkabilar) an’anaviy imkoniyatlarga (tashqisavdovabevositahorijiyinvestitsiyalar) nisbatan kam miqyosda ishlatiladi (chunkibularbo’yicha afzalliklaryetarlidarajadaemas);
Keyingi o’n yillikda mamlakat eksportining taxminan 70% ti past texnologiyalarga mansub (paxta, energiya tashuvchlar, metal va oziq-ovqat mahsulotlari) bo’lib qolgani tufayli, eksport orqali iqitsodiyotga innovatsion texnologiyalar transferi yetarli miqdorda emas;
Iqtisodiyot eng muhim sektorlarining texnoligik jihatdan qayta qurollanishi uchun kerakli bo’lgan innovatsion texnologiyalar transferi susayishi bevosita investitsyalarda energetikaning va tog’-kon sanoatining roli o’sishi bilan tushunilishi mumkin;
Ilmiy-tekshirish institutlari va oily ta’lim muassasalari xodimlari innovatsion texnologiyalrni o’rganish, o’zlashtirsh va iqtisodiyotga tadbiq qilish jarayoniga juda passiv jalb qilinayaptilar. Bu ulardagi ilmiy-texnik xodimlarning bilimlari yetarli emasligi, amaliyotdan uzilib qolganliklari, moliyalashtirish kamligi, innovatsion infratuzilmaning rivojlanmaganligi hamda innovatsiyalarga bo’lgan talabning pastligi bilan izohlanadi;
Boshlang’ich va o’rta ta’limning sifati (vaungaajratilayotganmablag’larmiqdori) rivojlangan mamlakatlar darajasiga to’g’ri kelsa ham, oily ta’lim tizimidagi mutahassislarning (olimlarvaprofessor-o’qituvchilarning) bilimi zamona talablariga javob bermaydi va sifati esa juda past. Bu esa ularda tahsil olayotgan talabalarning bilim
darajasiga salbiy ta’sir qilib, innovatsion texnologiyalarni tushuna olish va ularni hayotga tadbiq qilish imkonini bermaydi;
O’zbekistondagi ishbilarmon muhitning indeksini tahlil qilish, valyuta konvertatsiyasi bo’yicha muammolar mavjudligi mamlakatdagi korxonalar uchun innovatsion-texnologik yangilanishdagi asosiy sekinlashtiruvchi faktorlardan biri hisoblanadi.