1.3 Makroiqtisodiy siyosat iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish asosi sifatida
Makroiqtisodiy siyosat - bu ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal qilishga qaratilgan chora-tadbirlar va tadbirlar tizimi. Makroiqtisodiy siyosatning ob'ektiv maqsadi iqtisodiyot samaradorligini saqlash, takror ishlab chiqarish jarayonidagi qarama-qarshiliklarni yumshatishdir 2.
Makroiqtisodiy siyosatning vazifalari o'zgaruvchan voqelik ma'lum bir davrga qo'yadigan rivojlanish talablari bilan belgilanadi.
Shuning uchun iqtisodiy rivojlanish holatiga qarab nafaqat makroiqtisodiy siyosatning vazifalari, balki uning turlari ham (antitsiklik, inflyatsiyaga qarshi, iqtisodiy o'sish, barqarorlashtirish) o'zgaradi. Hozirgi vaqtda bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning makroiqtisodiy siyosati quyidagi vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan: barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlash; fan-texnika taraqqiyoti asosida iqtisodiy samaradorlikni oshirish; yuqori bandlikni ta'minlash; ijtimoiy xavfsizlikni ta'minlash; iqtisodiy erkinlikni ta'minlash; umumiy iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash; optimal to'lov balansiga erishish.
Davlatning makroiqtisodiy siyosatini Hukumat amalga oshiradi
hukumat va Markaziy bank. Quyidagi vositalar ajratiladi: fiskal, pul, ijtimoiy va tashqi iqtisodiy 3.
Makroiqtisodiy siyosat turlari
Makroiqtisodiy siyosat quyidagilarga bo'linadi: fiskal siyosat; pul-kredit siyosati; ish haqi-narx siyosati; tashqi iqtisodiy siyosat.
Fiskal (fiskal) siyosat - davlat byudjeti va soliqqa tortish sohasidagi davlat siyosati, aholi bandligini ta'minlash va yalpi milliy mahsulotni olishga qaratilgan, qayta baholashga yordam beradi. Bu moliyaviy siyosatning asosidir.
Soliq siyosati Markaziy bankning pul-kredit siyosati bilan bog'liq bo'lib, soliq stavkasini va davlat xarajatlari hajmini o'zgartirish orqali iqtisodiyotni tartibga soladi.
Fiskal siyosatdagi o'zgarishlar daromadlar va resurslarning qayta taqsimlanishi, iqtisodiy faollik darajasining o'zgarishi kabi o'zgarishlarga olib kelishi mumkin. Fiskal siyosat - bu davlat apparatini saqlash, mamlakat mudofaasi va noishlab chiqarish sohasining bir qismi uchun davlat xarajatlarini moliyalashtirish.
Pul-kredit siyosati - bu narx barqarorligini, aholini toʻliq bandligini va real ishlab chiqarish hajmining oʻsishini taʼminlash maqsadida muomaladagi pul miqdoriga taʼsir koʻrsatadigan davlat siyosati.
Makroiqtisodiy jarayonlarga (inflyatsiya, iqtisodiy o'sish, ishsizlik) ta'siri pul-kredit tartibga solish orqali amalga oshiriladi.
iqtisodiy siyosatining ajralmas qismidir . Davlat iqtisodiy siyosati har bir blokdagi muammolarni hal etish chora-tadbirlarini o'z ichiga olishi kerak. Markaziy bank o'z vazifasini bajaradi - pul-kredit siyosati, uni amalga oshirish uchun javobgardir.
Ish haqi-narx siyosati, masalan, inflyatsiyaga qarshi kurashish uchun ish haqi va narxlarni muzlatish orqali aholi daromadlarini cheklashni o'z ichiga oladi.
Tashqi iqtisodiy siyosat mamlakat ichidagi iqtisodiy o'sishni tezlashtirish yoki sekinlashtirish uchun qo'llaniladigan asosiy makroiqtisodiy vositalardan biridir.
Tashqi iqtisodiy siyosat - eksport, import, bojxona to'lovlari, tariflar, cheklovlar, xorijiy kapitalni jalb qilish, chet elga kapital chiqarish, tashqi kreditlar, boshqa mamlakatlarga iqtisodiy yordam ko'rsatish, qo'shma iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish sohasidagi siyosat.
Keynschilik — iqtisodiyot nazariyasidagi yetakchi yoʻnalishlardan biri, jamiyat hayotida bir qator makroiqtisodiy hodisalarning oʻzaro taʼsir koʻrsatishini tahlil qilish asosida bozor xoʻjaligi faoliyati mexanizmlarini sharhlaydi va davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi amaliyotini asoslab beradi. 20-asrning 30-y.larida paydo boʻldi. Asoschisi ingliz iqtisodchisi J.M.Keyns. K.ning asosiy tamoyillari uning "Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi" (1936) asarida bayon etilgan.
20-asrning boshlariga kelib iqtisodiyotning beqarorligini bartaraf etish, chuqur iktisodiy tangliklardan chiqish yoʻllarini izlash tarzida maydonga keldi. Bu davrga kelib klassik siyosiy iqtisod maktablari va ulardan keyingi iqtisodchilarning bozorning toʻla samaradorligi va oʻz-oʻzini tartibga solish gʻoyalari amalda toʻla oʻz tasdigʻini topmadi. K.ning asosiy gʻoyasi — bozor iqtisodiy munosabatlari tizimi nomukammal, shu sababli maksimal darajada bandlikni va iqtisodiy oʻsishni faqat davlatning iqtisodiyotga aralashuvi taʼminlay oladi. Keyns bozor iqtisodiyotidagi inqiroz va tangliklarning asosiy sababini shaxsiy isteʼmol buyumlari va i.ch. maqsadlaridagi mahsulotlarga "samarali talab" (tadbirkorlarning eng yuqori foyda olinishini taʼminlaydigan talab)ning yetarli hajmda boʻlmasligida koʻradi va umumiy talab hajmini oshirish zarurligini koʻrsatadi. "Samarali talab" 2 omillar guruhiga — isteʼmol tovarlari bozori va i.ch. vositalari bozoriga bogʻliq. Isteʼmol talabi hajmi "isteʼmolga moyillik" va "asosiy ruhiyat qonuni" bilan aniqlanadi. Bu qonunga koʻra, jamiyatning ruhiyati shundayki, umumiy real daromad ortishi bilan umumiy isteʼmol ortadi, ammo bu oʻsish daromadlar oʻsishidan past boʻlgani sababli iqtisodiy oʻsishga yordam beradigan jamgʻarmalar hosil boʻladi.
Keyns oʻzining "bandlik nazariyasi" asosida iqtisodiyotni tartibga solish tamoyillarini ilgari surdi va davlatning inqirozga qarshi iqtisodiy siyosati dasturini ishlab chikdi. Muvozanat holatida aholining ish bilan taʼminlanishi, bandlik darajasi umumiy taklif, isteʼmolga moyillik va investitsiya hajmiga bogʻliq. Bandlik darajasi isteʼmolga moyillik ortgan sharoitlarda, investitsiyalar hajmi koʻpayganda ham roʻy beradi, isteʼmol tovarlari va i.ch. vositalariga talabning ortishi taklifning oʻsishiga olib keladi, oʻz navbatida, oʻsib boruvchi taklif yanada bandlik ortishini taʼminlaydi. Mehnat taklifi unga boʻlgan talabdan oshib ketsa ishsizlik kelib chiqadi. Uning fikricha, ishsizlikning boʻlishi bozor iqtisodiy tizimining oʻzida mavjud. Ishsizlik tufayli nisbatan ortiqcha ish kuchining bir qismi ishsizlar qatoriga siqib chiqariladi va tizimda yana muvozanat tiklanadi. Bunday sharoitda davlat isteʼmol va investitsion tovarlar haridori sifatida iqtisodiyotdagi umumiy talabga taʼsir etishi mumkin. Fiskal yoki kredit-pul siyosati, ayniqsa, soliq tizimi orqali umumiy talabni oshirish mumkin. Demak, Keyns nazariyasiga koʻra, toʻla boʻlmagan bandlik sharoitida ham umumiy muvozanat saqlanishi mumkin.
Keyns investitsiyata katta ahamiyat beradi. Uning fikricha, investitsiyalar i.ch. isteʼmolini kengaytirish, izdan chiqqan umummilliy proporsiyalarni tiklash vositasidir. Investitsiyalar qiymati bilan milliy daromad oʻrtasidagi miqdoriy bogʻliqlik multiplikator tamoyilini qoʻllash asosida aniqlanadi (qarang Multiplikator nazariyasi). Shunga koʻra, investitsiyalarning har qanday oʻsishi isteʼmolning katta solishtirma hissasi va oʻsish surʼatlariga qaraganda daromad, bandlik va i.ch. ning koʻproq darajada yanada proporsional oʻsishini taʼminlaydi. Shu sababli investitsiyalarda mujassam boʻlgan talab iqtisodiy taraqqiyotni davlat harajatlarini kengaytirish, shuningdek, taqchilli byudjetdan moliyalash yoʻli bilan tartibga solish va ragʻbatlantirishning asosiy obʼyekti tarzida eʼtirof etiladi.
Davlat tomonidan iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishning samaradorligi investitsiyalar uchun mablagʻlar topish, imkoni boricha aholini ish bilan toʻla band qilish va foiz normasini qatʼiy belgilashga bogʻliq boʻladi. Foiz stavkalari qanchalik past boʻlsa, investitsiyalarga ragʻbat shunchalik koʻpayadi, investitsion talab oshadi, bandlik oʻsadi, ishsizlik kamayib boradi. I.ch. omillari (kapital, mehnat, yer) qanchalik toʻla jalb etilsa, amalda oʻsib boruvchi narxlar yuzaga keladi (pulning miqdoriy nazariyasi). Resurslar toʻliq foydalanilmagan paytda ham narxlarning moʻʼtadilligi saqlanishi mumkin. Keyns nazariyasi boʻyicha pul massasini 2 marta oshirish narxlarning 2 marta oshuviga olib kelmaydi. 3—6% ishsizlik norma deb qaraladi va "toʻla bandlik" sifatida talqin etiladi.
Keyns gʻoyalari oʻz davrida, Ikkinchi jahon urushi va undan keyingi yillari katta taʼsirga ega boʻldi, ammo bir qancha oʻzgarishlarga uchradi. Ayniqsa, urush bilan bogʻliq militaristik siyosat davlatning iqtisodiyotda faol ishtirokini talab etdi, urushdan keyingi tiklanish yillari ham bu gʻoyalar ustun boʻldi (Germaniya, Italiya, Ispaniya).
20-asrning 70-y.larida sanoati rivojlangan mamlakatlar taraqqiyotida ijtimoiy yoʻnaltirilganlik kuchaydi (davlat mulki ortib bordi), davlat byudjet qarzlari koʻpaydi, ishsizlik qam oʻsdi, inflyasiya kuchli boʻldi, chuqur iqtisodiy tangliklar yuz berishi davom etdi, iqtisodiy sikllarning takrorlanish davri qisqardi, ana shunday sharoitda liberal (neoliberal) goyalar ustunlikni egallay boshladi. AQShda reygonomika, Buyuk Britaniyada tetcherizm davlatning iqtisodiyotga aralashuvini minimallashtirdi va iqtisodiy ahvol yaxshilandi. K. gʻoyalari neokeynschilik vakillari asarlarida yanada rivojlantirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |