Iqtisodiyoti



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/263
Sana01.07.2022
Hajmi3,38 Mb.
#726668
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   263
Bog'liq
Q.x.iqtisodiyoti darslik Nurmatov

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
9.1-rasm. Qishloq xo‘jaligida asosiy fondlarning 
turkumlanishi. 
Sog‘liqni saqlash va 
sport 
muassasalarining 
asosiy fondlari 
Qishloq xo‘jalik ishlab 
chiqarishiga taalluqli 
Qishloq xo‘jaligi yerlari 
Binolar va inshootlar
Traktorlar 
va 
boshqa 
qishloq 
xo’jaligi 
tenikalari 
Mashina va mexanizmlar
Transport vositalari
Ko‘p yillik mevali 
daraxtlar 
Ishchi va mahsuldor 
hayvonlar 
Ishlab chiqarish va 
xo’jalik inventarlari 
Yerning sifatini 
yaxshilashga qilingan 
xarajatlar 
Asbob-uskunalar va 
boshqalar
Qishloq xo‘jalik ishlab 
chiqarishiga taalluqli 
bo‘lmagan 
Sanoat tarmog‘ining 
asosiy fondlari
Qurilish 
tashkilotlarining
asosiy fondlari
Savdo tashkilotlari-
ning asosiy fondlari 
Asosiy fondlar 
Ishlab chiqarish asosiy fondlari 
Noishlab chiqarish 
asosiy fondlari 
Kommunal 
xo‘jaligining asosiy 
fondlari 
Madaniy, maishiy 
xizmat ko‘rsatuvchi 
muassasalarning 
asosiy fondlari
Ta’lim 
muassasalarining 
asosiy fondlari
Umumiy ovqatlanish 
muassasalarining 
asosiy fondlari 


231 
Asosiy fondlar ishlab chiqarishning pirovard natijalariga bir xilda 
ta’sir etmaydi. Shuning uchun ular aktiv va passiv fondlarga ajratiladi. 
Aktiv fondlarga ishlab chiqarish jarayonida faol qatnashadigan 
traktorlar, kombaynlar, avtomobillar, qishloq xo‘jaligi texnikalari, 
transport vositalari, mahsulotlarni realizatsiya qilishda ishtirok etadigan 
vositalar va boshqalar kiradi. Passiv fondlarga esa qishloq xo‘jaligi 
ishlab chiqarishida bevosita qatnashmaydigan binolar, inshootlar, 
melioratsiya obyektlari kiradi. Barcha asosiy vositalardan yil davomida 
to‘liq foydalanishga harakat qilish kerak. 
Qishloq xo‘jalik korxonasidagi asosiy fondlarning tarkibi o‘zining 
moddiy хarakteriga va ishlab chiqarish jarayonida bajaradigan 
vazifasiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 
a) qishloq хo‘jaligi ishlab chiqarishi asosiy fondlari (binolar, 
inshootlar, traktorlar, uzatuvchi moslamalar, mashina va mexanizmlar, 
mahsuldor hayvonlar, ko‘p yillik mevali daraхtlar va boshqalar);
b) qishloq
хo‘jaligi ishlab chiqarishiga bog‘liq bo‘lmagan asosiy 
fondlar (sanoat ishlab chiqarishi vositalari, qurilish tashkiloti vositalari 
va boshqalar); 
d) noishlab chiqarish asosiy fondlari (uy-joy kommunal xo‘jaligi, 
maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchalari, tibbiyot muassasalari, ta’lim 
muassasalari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, klublar, istirohat 
bog‘lari, savdo va umumiy ovqatlanish shaxobchalari, boshqa shu 
kabilarning vositalari).
Asosiy vositalardan yillar davomida foydalanilishi natijasida 
jismoniy jihatdan eskiradi. Fan-texnika taraqqiyoti natijasida yangi, 
zamonaviy texnikalarning yaratilishi, takomillashtirilishi tufayli ular 
ma’naviy jihatdan ham eskiradi. Bu esa ularning holatini foydalanish 
uchun yaroqli holatda saqlab turish va yangilab borishni talab etadi. 
Asosiy fondlar amortizatsiyasi – asosiy fondlar balans qiymatining 
qismlarga bo‘lingan holda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va 
ko‘rsatilayotgan xizmatlar tannarxiga yillar davomida o‘tkazib borilishi 
hisobiga qoldiq qiymatining kamayib borishidir. Shu yo‘l bilan sotib 
olingan yoki qurilgan asosiy vosita qiymati asta-sekin qoplanadi. Agar 
asosiy vosita sotib olingan yoki qurilgan yilning o‘zida ishlab 


232 
chiqarilgan mahsulotlar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar tannarxiga 
kiritiladigan bo‘lsa, mahsulot yoki xizmat tannarxi keskin oshib 
ketishiga olib keladi.
Asosiy vositalarning amortizatsiya summasi ularning amaldagi 
amortizatsiya me’yorlari yordamida aniqlanadi. Asosiy vositalarning 
amortizatsiya summasi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
xAm
Abq
As
100
=
Bunda:
As
– asosiy vositaning amortizatsiya summasi (ming 
so‘m); 
Abq
– asosiy vositaning balans qiymati (ming so‘m); 
Am
– asosiy vositaning amortizatsiya me’yori, foizda.
Asosiy vositalarning amortizatsiya me’yori berilmaganda asosiy 
vositaning balans qiymatini uning xizmat qilish muddatiga taqsimlash 
natijasida amortizatsiya summasi aniqlanadi. Xo‘jalikda asosiy vositalar 
kapital ta’mirlangan bo‘lsa, ushbu summa ularning balans qiymatiga 
qo‘shiladi. 
Amortizatsiya 
summasi 
yetishtirilayotgan 
mahsulotlar, 
ko‘rsatilayotgan 
xizmatlarning 
tannarxiga 
belgilangan 
tartibda 
o‘tkaziladi. Qishloq xo‘jaligi korxonasidagi asosiy vositalar uchun 
hisoblangan amortizatsiya summalari yig‘ilib amortizatsiya fondini 
tashkil etadi va u mavjud asosiy fondlarni ta’mirlash, ishga yaroqli 
holatda saqlab turish va yangilarini sotib olish maqsadlarida ishlatiladi. 
Amortizatsiya fondi mablag‘larini belgilangan maqsadlar uchun 
sarflash, uning boshqa maqsadlarga sarflanishiga yo‘l qo‘maslik lozim. 
O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 306-moddasiga ko‘ra 
yer uchastkalari va tabiatdan foydalanishga doir boshqa obyektlar (suv, 
yer osti boyliklari va boshqa tabiiy resurslar); mahsuldor chorva mollari; 
qiymati ilgari to‘liq xarajatlar jumlasiga kiritilgan mol-mulklar 
amortizatsiya qilinadigan aktivlar deb e’tirof etilmaydi va amortizatsiya 
qilinmaydi.
Bundab tashqari O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 306-
moddasida amortizatsiyaning cheklangan normalari keltirilgan bo‘lib, u 
quyidagi 9.1-jadvalda keltirilgan. 


233 
9.1-jadval. 

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish