Iqtisodiyoti


Qishloq xo‘jaligida moddiy-texnika resurslaridan foydalanish



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/263
Sana01.07.2022
Hajmi3,38 Mb.
#726668
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   263
Bog'liq
Q.x.iqtisodiyoti darslik Nurmatov

3. Qishloq xo‘jaligida moddiy-texnika resurslaridan foydalanish 
samaradorligini oshirish yo‘llari. 
Qishloq xo‘jaligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash 
maqsadida kimyoviy vositalarni, jumladan, mineral o‘g‘itlarni sotib 
olishga alohida e’tibor berilmoqda. Chunki ular tuproq unumdorligini 
oshirib, ekinlar hosildorligi yuksalishini, yovvoyi o‘tlar hamda 
zararkunandalarni kamaytirib, mehnat va mablag‘ sarflari tejalishini, 
mahsulot sifati yaxshilanishini ta’minlaydi.
Korxonalar o‘zlariga kerak bo‘lgan moddiy-texnika resurslarini 
sotib olishlari, o‘zlari qurishlari hamda ta’mirlashlari mumkin. Masalan, 
bino-inshootlarni o‘zlari qurishlari yoki pudratchilar orqali qurishi, 
mashina, 
traktor, 
kombaynlarni 
o‘zlarida yoki ixtisoslashgan 
korxonalarda ta’mirlashlari mumkin. Yangi qishloq xo‘jalik texnikalari, 
kimyoviy vositalar, yoqilg‘i va ozuqalarni ishlab chiqaruvchi 
korxonalardan bevosita o‘zlari yoki birjalar, auksionlar orqali sotib 
olishlari mumkin. 
Qishloq xo‘jaligi korxonalari o‘z mablag‘lari hamda chetdan jalb 
etilgan sarmoyalar hisobidan moddiy-texnika resurslarining ba’zi 
turlarini qurishlari, ta’mirlashlari, sotib olishlari, ijaraga olishlari, 
ayrimlarini esa parvarish qilib, barpo etishlari mumkin.
Hozirgi vaqtda fermer xo‘jaliklarining moddiy-texnika resurslari 
bilan ta’minlanganlik darajasini oshirishda asosiy muammolardan biri – 
iqtisodiy 
imkoniyatlarning 
cheklanganligidir. 
Ko‘pgina 
fermer 
xo‘jaliklarining moliyaviy holati o‘zlari uchun zarur bo‘lgan barcha 
turdagi moddiy-texnika resurslarini xarid qilish imkoniyatini bermaydi. 
Shu sababli ularning moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlanganlik 
darajasi pastligicha qolmoqda. Buning natijasida ushbu xo‘jaliklarda 
ishlarning mexanizatsiyalanganlik darajasi va mehnat unumdorligi past 
bo‘lmoqda, agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilmasligi 
natijasida esa ishlab chiqarishning intensivlik darajasi yomonlashishiga 
olib kelmoqda. 
Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri – 
ishlab chiqarish davri bilan tayyor mahsulot olish davri bir-biriga mos 
kelmasligi natijasida mazkur tarmoqda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik 
shakllarining 
moddiy-texnika 
resurslarini 
shakllantirishda 
o‘z 


220 
mablag‘lari odatda yetmaydi. Chunki, qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida 
tayyor mahsulot olingunga qadar uzoq muddat faqat xarajatlar amalga 
oshirilishi lozim. Shu sababli tarmoqda moddiy-texnika resurslarini 
shakllantirishda chetdan jalb qilinadigan mablag‘lar muhim ahamiyatga 
ega. 
Mamlakatimizda 
qishloq 
xo‘jaligida 
faoliyat 
yuritayotgan 
tadbirkorlik 
subyektlariga 
o‘zlarining moddiy-texnika bazasini 
mustahkamlashiga ko‘maklashish bo‘yicha ishlar izchil amalga 
oshirilmoqda. Davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan ana shunday 
e’tibor va amaliy yordam tufayli qishloq xo‘jalik korxonalarining 
moddiy-texnika bazasi mustahkamlanib bormoqda. Fermer xo‘jaliklari 
uchun qishloq xo‘jalik texnikalarini lizing asosida olish shartlarining 
qulay ekanligi, hukumatimiz tomonidan lizing muddatining 7 yildan 10 
yilga uzaytirilganligi, boj to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berilganligi ham 
ularning moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlanganlik darajasining 
oshishiga olib kelmoqda.
2019-yil 
12-iyulda 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining 
“Qishloq 
xo‘jaligi 
mahsulotlari 
ishlab 
chiqaruvchilarning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 578-sonli qarori qabul qilingan. Ushbu 
qarorning 1-ilovasiga muvofiq “Qishloq xo‘jaligi texnikasini kredit va 
lizing shartlarida xarid qilishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash 
tartibi to‘g‘risida Nizom” tasdiqlangan. Mazkur Nizomga ko‘ra, 
subsidiya faqat lizing yoki kredit shartnomasi tuzilgan kunda ishlab 
chiqarilgan muddati ikki yildan oshmagan yangi qishloq xo‘jaligi 
texnikasi uchun ajratiladi.
Ushbu Nizomga ko‘ra, Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan 
qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi lizing tashkiloti yoki tijorat bankining 
qishloq xo‘jaligi korxonasiga qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing yoki 
kredit shartlarida xarid qilish shartnomasida belgilangan foiz va 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy foiz stavkasi 
o‘rtasidagi farq miqdorida, lekin 10 foizlik punktdan ko‘p bo‘lmagan 
miqdorda subsidiya ajratadi. Bunda qishloq xo‘jaligi korxonasi lizing 
tashkiloti yoki tijorat bankiga qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing yoki 
kredit shartlarida xarid qilish uchun ariza taqdim etadi. Lizing tashkiloti 
yoki tijorat banki 3 bank ish kunida qishloq xo‘jaligi korxonasi 
tomonidan qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing yoki kredit shartlarida 
xarid qilish uchun taqdim etilgan arizani ko‘rib chiqadi. Lizing tashkiloti 
yoki tijorat banki tomonidan ijobiy xulosa qabul qilinganda xulosa qabul 


221 
qilingandan keyin 1 bank ish kunida qishloq xo‘jaligi korxonasiga 
qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing yoki kredit shartlarida xarid qilish 
uchun lizing yoki kredit ajratadi. Lizing tashkiloti yoki tijorat banki 
hisobot davridan keyingi oyning 20-sanasiga qadar qishloq xo‘jaligi 
korxonasiga qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing yoki kredit shartlarida 
xarid qilish uchun ajratgan lizing yoki kredit foizining 10 foiz 
punktigacha qoplash uchun subsidiya ajratish yuzasidan Qishloq 
xo‘jaligini 
davlat 
tomonidan 
qo‘llab-quvvatlash 
jamg‘armasiga 
buyurtmanoma taqdim etadi. Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan 
qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi bosh bitimda belgilangan muddatda 
lizing tashkiloti yoki tijorat bankining qishloq xo‘jaligi korxonasiga 
qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing yoki kredit shartlarida xarid qilish 
uchun ajratgan lizing yoki kredit foizining 10 foiz punktigacha qoplash 
uchun subsidiya ajratadi. 
Hozirgi vaqtda qishloq xo‘jaligi texnikalarini lizing asosida olishda 
boshlang‘ich to‘lov 25 foiz, foiz stavkasi 16 foiz, va lizing muddati 5 yil 
etib 
belgilangan. 
Hukumatimiz 
tomonidan 
qishloq 
xo‘jaligi 
tarmog‘ining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida lizing 
boshlang’ich to’lovini 15 foizga, foiz stavkasini 7 foizga va lizing 
muddatini 7 yil etib belgilash rejalashtirilmoqda. 
Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun uning moddiy-texnika 
bazasini talab darajasida shakllantirish lozim. Bu masalaga bozor 
munosabatlari sharoitida har bir korxonaning o‘zi katta e’tibor berishi 
kerak. 
Qishloq xo‘jaligining mustahkam moddiy-texnika bazasini yaratish 
bilan birgalikda ulardan to‘liq va samarali foydalanishga erishish lozim. 
Demak, tarmoq korxonalarida ulardan foydalanilayotganlik darajasini 
aniqlash maqsadga muvofiq. Buning uchun yuqorida ta’kidlangan 
ko‘rsatkichlardan foydalanish mumkin. Lekin o‘tish davrining hozirgi 
bosqichida ulardan foydalanish talab darajasida emas. Chunki mashina, 
traktor, kombaynlarning ishga yaroqlilik holati yuqori darajada emas. 
Bunday holat mashina, traktor hamda kombaynlarning ishga 
yaroqliligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan butlovchi vositalar 
yetishmasligi, baholarining yuqoriligi, ularni sotib olish uchun esa 
qishloq xo‘jalik korxonalari moliyaviy resurslarining kamligi tufayli 
sodir bo‘lmoqda.
2010-yil holatiga mamlakatimizdagi chopiq traktorlarining 55 
foizdan ortig‘i va yer haydaydigan traktorlarning 46 foizi 15 yildan ortiq 
vaqt mobaynida ishlatilayotgan texnikalardir. Boshqacha aytganda, ular 


222 
belgilangan foydalanish muddatini allaqachon o‘tab bo‘lgan, quvvati, 
ish unumi va yoqilg‘i iste’mol qilish bo‘yicha zamonaviy standartlarga 
javob bermaydigan eski texnikalardir. 
2021-yil 1-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tarmog‘ida sog‘lom raqobat muhitini 
yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4969-sonli 
qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi 
tarmog‘ida faoliyat yurituvchi mahalliy qishloq xo‘jaligi texnikasini 
ishlab chiqaruvchilar: 

O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan ehtiyot qismlar va butlovchi 
buyumlarni import qilishda belgilangan tartibda shakllantiriladigan 
ro‘yxatlar bo‘yicha 2022-yil 1-yanvargacha bojxona to‘lovlaridan (QQS 
va bojxona yig‘imidan tashqari) ozod qilinadi; 

qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish va unga servis 
xizmatini ko‘rsatish uchun butlovchi buyumlar, xomashyo va 
materiallarni import qilishda tovarlar erkin muomalaga (importga) 
chiqarishning bojxona rejimiga joylashtirilgan sanadan boshlab QQSni 
270 kun kechiktirib to‘lashi mumkin. 
2020-yil 
8-iyulda 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tashkilotlari faoliyati 
samaradorligini oshirishga oid qarori qabul qilingan edi. Unga muvofiq, 
Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi, Agregat zavodi, Chirchiq 
qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi va “Texnolog” aksiyadorlik 
jamiyatlarining ustav kapitalidagi davlat ulushlari uch yil muddatga 
“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyatiga ishonchli boshqaruvga berilgan 
edi. Tarmoq korxonalarining rentabelligini oshirish, mahsulot sifatini 
yaxshilash va tannarxini pasaytirish vazifalari qo‘yilgan edi. O‘tgan 
davrda Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodidagi ishlab chiqarish 
maydonlari 68 foizga maqbullashtirilib, uskunalardan foydalanish 
samaradorligi oshirildi.Natijada mahsulot tannarxi 4 foizga pasaydi va 
qariyb 45 mlrd. so‘m iqtisod qilindi. Minsk traktor zavodi bilan 
hamkorlik o‘rnatildi. Bu sheriklik doirasida O‘zbekistonda har yili 3 
mingta traktor ishlab chiqarish ko‘zda tutilmoqda. Erishilgan natijalarga 
qaramasdan, tarmoqda mavjud quvvatlardan foydalanish darajasi 19 
foiz, mahalliylashtirish o‘rtacha 20 foiz ekanligi qoniqarli emas. 
Mahallliy texnikalar narxi import texnikalarga nisbatan 10-15 foiz 
qimmat. Shu bois, mamlakatimiz hukumati tomonidan qishloq xo‘jaligi 
mashinasozligi klasterini tashkil etish, quvvatlardan foydalanish va 
nahalliylashtirish darajasini ishirish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda. Rejaga 


223 
ko‘ra, Toshkent va Chirchiqdagi qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodlari, 
Agregat zavodi, “Texnolog” va “O‘zKlaas Agro” korxonalari sanoat 
klasteri usulida yagona maydonda joylashtiriladi. Natijada 1200 ta 
uskuna va jihoz, 28 turdagi texnika optimallashtirilib, ishlab chiqarish 
quvvatidan foydalanish 85 foizga, mahalliylashtirish 50 foizga 
yetkaziladi. Shu orqali ishlab chiqarish tannarxi 20 foizga pasayib, 
korxonalarning rentabellik darajasi 10 foizga oshishi kutilmoqda.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarining moddiy-texnika ta’minotini 
yaxshilashning asosiy yo‘nalishlari quyidagilar:

har bir qishloq xo‘jaligi mintaqasiga mos keladigan, iqtisodiy jihatdan 
samarali bo‘lgan texnikalar bilan kompleks mexanizatsiyalashtirishga 
asoslangan tizimni yaratish; 

ishlab chiqarishni avtomatlashtirish vositalaridan keng ko‘lamda 
foydalanish; 

qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida o‘g‘itlardan foydalanishni to‘g‘ri 
tashkil etish va ekologik jihatdan qulay bo‘lgan biologik vositalarga 
yondashish; 

hududda mavjud imkoniyatlardan kelib chiqqan holda bozor 
iqtisodiyoti talablariga mos keladigan qayta ishlash korxonalarini 
kengaytirish; 

ishlab chiqarish binolari va inshootlari qurishni keng ko‘lamda avj 
oldirish va qurilishni takomillashtirish; 

yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va qishloq xo‘jaligining suv 
bilan to‘liq ta’minlanishiga erishish hamda sug‘orishning ilg‘or 
texnologiyalarini qo‘llash; 

chorvachilikda mahsuldor zotli hayvonlar bilan ta’minlanganlik 
darajasini oshirish; 

qishloq xo‘jaligi ekinlarining kasalliklarga chidamli, yuqori hosilli, 
tezpishar urug‘ navlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish; 

xizmat 
ko‘rsatuvchi korxonalarning 
moddiy-texnika 
bazasini 
mustahkamlash. 

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish