Ona zamin tabiatan
cheklangan, uning maydonini inson kengaytira
olmaydi. Chunki u tabiat mahsuli hisoblanadi. Boshqa asosiy vositalarni,
masalan traktorlarni, mashinalarni talabni qondirish maqsadida ko‘plab
ishlab chiqarish mumkin;
d) yer – qishloq xo‘jaligining abadiy ishlab chiqarish vositasidir.
Respublika hududida mavjud bo‘lgan yerlardan qishloq xo‘jalik
78
mahsulotlari yetishtirishda bizdan oldingi avlodlar foydalangan, hozirgi
davrda biz foydalanmoqdamiz, kelajakda esa avlodlarimiz foydalanadi.
Jamiyat rivojlanishi natijasida ayrim ishlab chiqarish vositalari
takomillashtirilishi natijasida o‘z o‘rnini boshqasiga bo‘shatib beradi.
Masalan, bir paytlar yerni shudgorlashda qoramollar va omochdan
foydalanilgan bo‘lsa, keyinchalik fan-texnika taraqqiyoti natijasida
qudratli traktorlar va pluglar ularning o‘rnini egalladi. Lekin yer qishloq
xo‘jaligida ishlab chiqarish vositasi sifatida abadiy qolaveradi, chunki
uni boshqa vosita bilan almashtirib bo‘lmaydi;
e) yerni qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish maqsadida bir
joydan ikkinchi joyga ko‘chirib bo‘lmasligi. Yerdan joylashgan o‘rnida
oqilona foydalanish mumkin. Lekin ishlab chiqarish vositalari bo‘lgan
mashina va traktorlarni talab etilgan joyga olib borib, turli xildagi
ishlarni amalga oshirish, bino-inshootlarni ham talab etilgan joyga
qurish mumkin;
f) yerning yuqori qatlami hisoblangan tuproq unumdorligining
mavjudligi. Asrlar davomida tashqi ta’sirlar, ya’ni quyosh nuri,
yog‘ingarchilik, chirindilar tushishi va boshqalar ta’sirida yerning tabiiy
unumdorligi shakllanadi. Tuproqning tabiiy unumdorligi - tabiat
mahsulidir. U tabiatning ta’siri natijasida uzoq yillar mobaynida
shakllanadi. Uning holati quyosh nuri hamda yog‘ingarchilik miqdoriga,
shamol va suvlarning ta’siriga bog‘liqdir. Sayyoramizdagi yerlarning
tabiiy unumdorlik darajasi turlicha bo‘ladi. Agar tuproqqa vaqtida ishlov
berilsa, o‘g‘itlansa, uning unumdorlik darajasi ortib borish xususiyatiga
ega. Lekin boshqa asosiy vositalar ishlab chiqarish jarayonida
qatnashishi oqibatida jismoniy jihatdan eskiradi. Ular vaqt o‘tishi bilan
fan-texnika taraqqiyoti natijasida ma’naviy jihatdan ham eskiradi. Lekin
yerdan oqilona, samarali foydlanilsa, u yaroqsiz holga kelmaydi,
unumdorligi oshib borishi mumkin. Ammo bu, uning unumdorligi
cheksiz oshib borishini anglatmaydi. Shunday ekan, yerning
unumdorligidan tadbirkorlik bilan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
1998-yil 30-aprelda qabul qilingan Yer Kodeksining 8-moddasiga
ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida yer fondi yerlardan foydalanishning
belgilangan asosiy maqsadiga ko‘ra quyidagi toifalarga bo‘linadi:
79
1) qishloq хo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar - qishloq хo‘jaligi
ehtiyojlari uchun berilgan yoki ana shu maqsadga mo‘ljallangan yerlar.
Qishloq
хo‘jaligiga
mo‘ljallangan
yerlar
sug‘oriladigan
va
sug‘orilmaydigan (lalmikor) yerlar, haydaladigan yerlar, pichanzorlar,
yaylovlar, ko‘p yillik mevali dov-daraхtlar va tokzorlar egallagan
yerlarga bo‘linadi;
2) aholi punktlarining (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi
punktlarining) yerlari - shaharlar va posyolkalar, shuningdek qishloq
aholi punktlari chegarasi doirasidagi yerlar;
3) sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga
mo‘ljallangan yerlar - ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalanish uchun
yuridik shaхslarga berilgan yerlar;
4) tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya
maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar - alohida muhofaza etiladigan tabiiy
hududlar egallagan, tabiiy davolash omillariga ega bo‘lgan yerlar,
shuningdek ommaviy dam olish va turizm uchun foydalaniladigan
yerlar;
5) tariхiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar - tariхiy-madaniy
yodgorliklar joylashgan yerlar;
6) o‘rmon fondi yerlari - o‘rmon bilan qoplangan, shuningdek
o‘rmon bilan qoplanmagan bo‘lsa ham, o‘rmon хo‘jaligi ehtiyojlari
uchun berilgan yerlar;
7) suv fondi yerlari - suv obyektlari, suv хo‘jaligi inshootlari
egallagan yerlar va suv obyektlarining qirg‘oqlari bo‘ylab ajratilgan
mintaqadagi yerlar;
8) zahira yerlar.
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy chegarasidagi yer
maydoni 44896,9 ming gektarni tashkil qiladi. 2020-yil 1-yanvar
holatiga qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchilar
ixtiyoridagi yer maydoni 20761,6 ming gektarni tashkil etgan (4.1-
jadval).
80
4.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |