Iqtisodiyoti


 “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” fanining tadqiqot usullari



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/263
Sana01.07.2022
Hajmi3,38 Mb.
#726668
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   263
Bog'liq
Q.x.iqtisodiyoti darslik Nurmatov

4. “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” fanining tadqiqot usullari. 
“Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” fani o‘z predmetini o‘rganishda 
quyidagi usullardan foydalanadi: 
a) ilmiy abstraksiya usuli. Ushbu usulda o‘rganilayotgan 
jarayonning asl mohiyatiga e’tibor qaratilib, tahlil vaqtida chalg‘itishi 
mumkin bo‘lgan ikkinchi darajali omillar, voqea-hodisalar nazardan 


13 
chetlashtiriladi. Masalan, qishloq xo‘jalik mahsulotlariga nisbatan talab 
qonuni o‘rganilayotgan vaqtda faqatgina talab va baho o‘rtasidagi o‘zaro 
bog‘liqlik tahlil qilinib, boshqa omillar – raqobat, davlatning baho 
siyosati, bozorning to‘yinganlik darajasi va boshqalar e’tiborga 
olinmaydi.
b) induksiya va deduksiya usullari. Bu bir-biriga qarama-qarshi 
bo‘lgan, ammo o‘zaro bog‘liqlikdagi fikrlash usullaridir. Fikrning 
xususiy faktlardan umumiy faktlarga tomon harakati induksiya, 
aksincha, umumiy faktlardan xususiy faktlarga qarab harakatlanishi 
deduksiya deb ataladi. Induksiya va deduksiya usullarida turli 
gipotezalar ilgari suriladi. Gipoteza – biror-bir voqea-hodisaning ilmiy 
nazariya bo‘la olishi uchun uni tajribada sinab ko‘rish va nazariy 
jihatdan asoslab berish uchun beriladigan ilmiy taklifdir.
d) taqqoslama tahlil usuli. Bu ko‘zlangan maqsadga erishish 
maqsadida xususiy va umumiy ko‘rsatkichlarni taqqoslash orqali tahlil 
qilish usulidir. 
e) eksperiment usuli. Bu o‘rganilayotgan voqea-hodisaga omillar 
ta’sirini, uning rivojlanish qonuniyatlarini bilish uchun turli tajribalar 
o‘tkazish usulidir. Qishloq xo‘jaligida mehnatga haq to‘lash, xo‘jalik 
hisobi, ijara pudrati va boshqalarda eksperimentlar o‘tkaziladi. 
f) hisob-konstruktiv usul. Bu usul qishloq xo‘jaligiga oid biror 
muammoni kelajakda hal etishning ilmiy asoslangan yo‘llarini aniqlab 
beradi. Ushbu usul ASM tarmoqlarini rivojlantirish dasturlarini ishlab 
chiqishda keng qo‘llaniladi.
g) monografik usul. O‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha umumiy 
xulosalar chiqarish maqsadida mazkur yo‘nalishdagi ilg‘or mintaqalar 
va xo‘jaliklar faoliyatini chuqur o‘rganish va taqqoslash mazkur 
usulning mohiyatidir. 
h) iqtisodiy-matematik usul. Mazkur usul o‘z ichiga matematik 
statistika, ishlab chiqarish funksiyalari va iqtisodiy-matematik 
modellashtirishni oladi hamda bir qancha omillar ta’sir etuvchi 
murakkab iqtisodiy jarayonlarni o‘rganishda qo‘llaniladi. Ma’lum ishlab 
chiqarish omillari mavjud bo‘lganda biror natijaga erishish uchun turli 
muqobil variantlarni o‘zaro taqqoslab, ular orasidan eng ma’qulini 


14 
tanlab olishda iqtisodiy-matematik usullarning ahamiyati kattadir. 
Bunda kompyuter texnologiyalaridan ham keng foydalaniladi.
“Qishloq 
xo‘jaligi 
iqtisodiyoti” 
fani 
tarmoqda 
amalga 
oshirilayotgan tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy munosabatlar majmuasining 
nazariy asoslarini, yo‘nalishlarini, samaradorligini mavjud tadqiqot 
usullari yordamida o‘rgatish orqali talabalarda tarmoq iqtisodiyoti 
bo‘yicha iqtisodiy mushohada qilish, uni rivojlantirishga oid 
muammolarni qo‘yish va uni hal etish, samaradorligini oshirish 
yo‘nalishlarini belgilab berish qobiliyatini shakllantirib, bozor 
munosabatlari 
talablariga 
javob 
bera 
oladigan 
mutaxassislar 
tayyorlashga ko‘maklashadi. 
“Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” fanini o‘rganishda barcha iqtisodiy 
fanlar, shu jumladan “Iqtisodiyot nazariyasi”, “Makroiqtisodiyot”,
“Mikroiqtisodiyot”, “Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi”, “Statistika”, 
“Marketing”, “Menejment”, “Iqtisodiy tahlil” kabi fanlardan olingan 
nazariy va amaliy bilimlarga asoslanish maqsadga muvofiqdir. Masalan, 
iqtisodiy qonunlar, kategoriyalar, ularning har birining mazmunini, amal 
qilish mexanizmini o‘zlashtirmasdan qishloq xo‘jaligidagi iqtisodiy 
munosabatlar tizimini to‘g‘ri va samarali amalga oshirish, mehnatni 
tejash va uning unumdorligi rivojlantirilishini belgilash qiyin. 
“Mikroiqtisodiyot” fanidan talab va taklif kabi iqtisodiy qonunlarning 
korxonalarda amal qilishini o‘rganmasdan qishloq xo‘jaligida qanday 
mahsulotni, qayerda, qancha miqdorda yetishtirish zarurligini to‘g‘ri 
belgilab bo‘lmaydi.

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish