Iqtisodiyoti


 Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining o‘ziga xos xususiyatlari



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/263
Sana01.07.2022
Hajmi3,38 Mb.
#726668
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   263
Bog'liq
Q.x.iqtisodiyoti darslik Nurmatov

 
2. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining o‘ziga xos xususiyatlari. 
“Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” fanini o‘rganishda qishloq xo‘jaligi
tarmog‘ining o‘ziga xos xususiyatlarini ham e’tiborga olish lozim. 
Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining quyidagi o‘ziga xos xususiyatlari 
mavjud: 
a) qishloq xo‘jaligida tabiiy omillarning ta’siri kuchli. Tarmoqda 
ishlab chiqarish jarayoniga harorat, yog‘ingarchilik, shamol va boshqa 
tabiiy omillar o‘z ta’sirini o‘tkazadi. “Trademap” ma’lumotlariga ko‘ra, 
2020-yilda O‘zbekistondan o‘rik eksporti rekord darajadagi 74,5 ming 
tonnani tashkil etgan va o‘rik eksporti hajmi bo‘yicha jahonda ikkinchi 
o‘rinni egallagan. Birinchi o‘rin Ispaniyaga tegishli bo‘lib, ushbu 
mamlakat 2020-yilda tashqi bozorga 96 ming tonna o‘rik eksport qilgan. 
EastFruit tahlillariga ko‘ra, 2021-yilda fevral oyi oxiri va mart oyi 
o‘rtalarida respublika hududlariga to‘satdan kirib kelgan sovuq havo 
oqimi natijasida o‘rik eksporti bo‘yicha jahon miqyosida yetakchilardan 
biri bo‘lmish O‘zbekiston uning importchisiga aylandi. Noqulay ob-
havo ta’sirida kam yetishtirilganligi sababli ichki bozorda o‘rik narxi 
yuqori ekanligi va qo‘shni Tojikistonda nisbatan arzonligi sababli, 
qo‘shni mamlakatdan ushbu meva import qilindi. Ushbu misoldan 


10 
ko‘rish mumkinki, qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida mahsulot yetishtirish 
jarayoniga tabiiy-iqlim sharoitlari bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
b) qishloq xo‘jaligida yer asosiy ishlab chiqarish vositasi 
hisoblanadi. Boshqa tarmoqlarga nisbatan qishloq xo‘jaligi ishlab 
chiqarishida yerning ahamiyati juda katta, chunki mazkur tarmoqda 
ishlab chiqarish jarayoni bevosita yerda amalga oshadi. Yerga urug‘ 
sepiladi, ko’chat ekiladi va dehqonchilik mahsulotlari yetishtiriladi. 
Chorvachilikda ham yerning ahamiyati katta, ya’ni chorva mollari 
yaylovlarda boqiladi, yerda yetishtirilgan chorva ozuqasi mahsulotlari 
bilan oziqlantiriladi. Yerdan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari 
mavjud bo‘lib, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi jarayonida ularga 
e’tibor berish talab etiladi; 
d) qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida ishlab chiqarish mavsumiy
xususiyatga ega. Mahsulot yetishtirishda o‘simliklar va chorva mollari 
ma’lum vegetatsion davrning o‘tishini taqozo etadi. Bu holat tarmoqda 
xarajatlar va faoliyat natijasida olinadigan daromadlar muddati 
o‘rtasidagi farqning katta bo‘lishiga olib keladi. Masalan, paxta 
yetishtirishda ishlab chiqarish jarayoni erta bahorda boshlanib, kuzda 
nihoyasiga yetadi. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida faoliyat yurituvchi 
tadbirkor o‘zlari yetishtirayotgan mahsulot tayyor bo‘lgunga qadar uzoq 
muddat davomida faqat xarajat qilishi talab etiladi. Bundan tashqari, 
ishlab chiqarishning mavsumiyligi qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida mavjud 
resurslardan yil davomida samarali foydalanishni tashkil etishni taqozo 
etadi. Qish oylarida mehnat resurslarini ish bilan ta’minlash uchun 
tarmoqda tadbirkorlikning boshqa shakllarini ham rivojlantirish talab 
etiladi; 
e) ishlab chiqarish jarayonida tirik organizmlar ham mehnat 
vositalari sifatida qatnashadi. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida mehnat 
qilayotgan mutaxassislar o‘simlik va hayvonlarning biologik hamda 
zoologik xususiyatlarini ham bilishi, ishlab chiqarish jarayonida ularni 
hisobga olishi talab qilinadi. Qishloq xo‘jaligida sarflanayotgan 
mehnatning samarasi ko‘p jihatdan o‘simlik va chorva mollarining 
biologik imkoniyatlariga bog‘liq;
f) qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish juda keng maydonlarda amalga
oshiriladi. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi ishlab 
chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi yerdan foydalanuvchilar ixtiyoridagi 
yer maydoni 20761,6 ming gektar yer bo’lib, 4210,1 ming gektar 
sug’oriladigan yerlarda dehqonchilik qilinadi. Bitta fermer xo’jaligi 
o’nlab gektar yer maydonida o’z faoliyatini tashkil etadi. Bu esa o‘z 


11 
navbatida ishlab chiqarishni tashkil etishda ma’lum qo’shimcha 
xarajatlar va boshqa shu kabi talablarni keltirib chiqaradi; 
g) qishloq xo‘jaligida yetishtirilgan mahsulotning bir qismi 
tarmoqning o‘zida urug‘lik, yem-xashak, oziq-ovqat va boshqa 
maqsadlarda ishlatiladi; 
h) qishloq xo‘jalik mahsulotlarining ayrim turlarini uzoq muddat 
saqlash imkoniyatlari cheklangan va tashish uchun noqulaydir. Bu 
muammo qishloq xo‘jalik mahsulotlarining deyarli bir vaqtda pishib 
yetilishi oqibatida yanada chuqurlashadi. Bu o‘z navbatida yetishtirilgan 
mahsulotni nobud qilmaslik uchun tayyorlovchi, saqlovchi va qayta 
ishlovchilarning bir me’yorda ishlashini, ma’lum davrda katta 
quvvatlarning bo‘lishini talab qiladi. Yilning qolgan davrlarida esa bu 
quvvatlarning nisbatan bo‘sh qolishi kuzatiladi. 
Bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiy tizimga o‘tish sharoitida 
davlatning ko‘magida qishloq xo‘jaligida talabga javob beradigan, 
samarali huquqiy, tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar tizimi 
yaratilmoqda, ya’ni mulkchilikning turli shakllari barpo etilmoqda. 
Natijada erkin mulkiy munosabat vujudga kelmoqda, tadbirkorlikning 
turli shakllariga keng yo‘l ochib berish va ularni rivojlantirish yo‘lidan 
borilmoqda. Bundan tashqari yer-suv islohotlari amalga oshirilmoqda, 
tarmoqning cheklangan ishlab chiqarish resurslari (moddiy, kapital va 
mehnat)dan samarali foydalanish, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni 
sotish 
jarayonini 
takomillashtirish, 
foyda 
hajmini 
oshirish, 
investitsiyalarni keng jalb etish, ulardan samarali foydalanish, tarmoq 
ishlab chiqarishini maqsadga muvofiq joylashtirish, ixtisoslashtirish 
hamda agrosanoat integratsiyasini rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan 
iqtisodiy munosabatlar tizimi yaratilib, ular takomillashtirilmoqda va 
rivojlantirilmoqda. Yuqorida ta’kidlangan iqtisodiy munosabatlar 
tizimini yaratishda xalqimiz hamda qishloq xo‘jaligining o‘ziga xos 
xususiyatlarini e’tiborga olgan holda tabiiy va iqtisodiy qonunlar, 
iqtisodiy kategoriyalar talablaridan oqilona foydalanish taqozo etiladi.

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish