Iqtisodiyoti


Suvdan foydalanish holati va samaradorligini tavsiflovchi



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/263
Sana01.07.2022
Hajmi3,38 Mb.
#726668
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   263
Bog'liq
Q.x.iqtisodiyoti darslik Nurmatov

3. Suvdan foydalanish holati va samaradorligini tavsiflovchi 
ko‘rsatkichlar, ularni aniqlash tartibi. 
Suvning qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidagi ahamiyatini 
inobatga olib, ulardan foydalanishning holati va samaradorligi ustidan 
nazorat qilib borish zarur. Bunda quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalanish 
mumkin: 
a)
 
suvdan foydalanish koeffitsiyenti. Ushbu ko‘rsatkich haqiqatda 
sug‘orilgan maydonni shu suv bilan sug‘orilishi mumkin bo‘lgan 
maydonga taqsimlash natijasida aniqlanadi. Buning uchun quyidagi 
tenglikdan foydalanish mumkin: 
SMM
SM
SFK
=
Bunda: 
SFK
- suvdan foydalanish koeffitsiyenti yoki foizi; 
SM
- haqiqatda sug‘orilgan maydon, ga; 
SMM
- sug‘orilishi mumkin bo‘lgan maydon,ga. 
Buni aniqlash natijasida suvdan foydalanish darajasi belgilanadi. 
Bu ko‘rsatkichni aniqlashda ekinlarga suv berish me’yoriga alohida 
e’tibor berish maqsadga muvofiqdir. Chunki unga rioya qilinsa, albatta, 
suvdan foydalanish darajasi yuqori bo‘ladi. Demak, uning darajasi, ya’ni 


130 
koeffitsiyenti 1 ga yoki 100 foizga imkon qadar yaqin bo‘lishi kerak. 
Agarda past yoki yuqori bo‘lsa, unda ekin maydonlari sifatli 
sug‘orilmagan bo‘ladi. 
b) suvdan foydalanish samaradorligi. Bu ko‘rsatkich yordamida 
har 1 m

suv evaziga olingan yalpi mahsulot miqdori, qiymati, daromad 
va sof foyda summasi quyidagi tengliklar yordamida aniqlanadi: 
FSM
SF
FSM
YD
FSM
YMQ
FSM
YH
SFS
;
;
;
=
Bunda: 
SFS
- suvdan foydalanish samaradorligi;
FSM
- foydalanilgan suv miqdori, m
3
Bu natural hamda qiymat ko‘rinishida aniqlanadi. Bunda 1 m

suvdan 
foydalanish 
natijasida 
qancha 
miqdorda 
mahsulotlar 
yetishtirilganligi hamda necha so‘mlik yalpi mahsulot va yalpi daromad, 
sof foyda olinganligi aniqlanadi. 
d) sug‘orish tizimidan foydalanish koeffitsiyenti.
 
Uning darajasini 
aniqlash uchun shu tizimning oxirida ekinlarni sug‘orish maqsadida 
berilgan suv miqdorini shu tizim boshida olingan suv miqdoriga 
taqsimlash zarur. Bunda quyidagi tenglikdan foydalanish mumkin: 
TBS
TOS
STfk
=
Bunda: 
STfk
- sug‘orish tizimidan foydalanish koeffitsiyenti; 
TOS
- sug‘orish tizimining oxirida ekinlarga berilgan suv 
miqdori; 
TBS
- sug‘orish tizimining boshida olingan suv miqdori. 
Bu ko‘rsatkich sug‘orish tizimining holatini ham ifodalaydi va 
uning darajasi yoki koeffitsiyenti 1 ga intilishi kerak. Chunki sug‘orish 
tizimining boshida olingan suv ekin maydonlariga to‘liq yetkazilishi 
lozim. Agar uning darajasi past bo‘lsa, demak, suvning ma’lum miqdori 
tizim davomida yerga singib ketgan yoki samarasiz foydalanilgan 
bo‘lishi mumkin. Keyingi yillarda qishloq xo‘jaligida foydalanilayotgan 
xo‘jaliklararo sug‘orish kanallarining eskirganligi hamda ayrim 
xo‘jaliklarda ariqlarning o‘z vaqtida va sifatli tozalanmasligi sababli 
ularda suv resursining bir qismi behuda yerga singib ketmoqda. Bu esa 
suv resursidan samarasiz foydalanishga va yerlarning meliorativ holati 
yomonlashishiga olib kelmoqda. Sug‘orish tizimlarining holati suv 
resursidan foydalanish samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Suv iste’molchilari uyushmalari va fermer xo‘jaliklarining 77 foiz 
sug‘orish tarmog‘i tuproq o‘zanli bo‘lib, 44 foiz tarmoq ta’mirlash va 
tiklashga, 10 foiz tarmoq esa rekonstruksiya qilishga muhtoj. Mavjud 


131 
lotok tarmoqlarining asosiy qismi 30 yildan ziyod xizmat ko‘rsatib 
ularni o‘z vaqtida ta’mirlash ishlari amalga oshirilmaganligi, 
shuningdek, xizmat muddatlarini o‘tib ketganligi natijasida ularning 70 
foizi rekonstruksiya qilish va almashtirishni talab qiladi. Suv 
iste’molchilarining suv olish joylari esa aksariyat holda suvni boshqarish 
va hisobga olish vositalari bilan jihozlanmagan. 
Natijada irrigatsiya tizimi va sug‘orish tarmoqlarining foydali ish 
koeffitsiyenti o‘rtacha 0,63, bir qator hududlarda esa undan ham past 
bo‘lib, asosiy manbalardan olinadigan suvning 35-40 foizi sug‘orish 
tarmoqlarida yo‘qotilmoqda. 
Demak, mamlakatimiz miqyosida 37 foiz suv sug‘orish tizimlarida 
isrof bo‘lmoqda, ularning asosiy qismi yerga singib ketadi. Agar 
xo‘jaliklar 
ichidagi 
sug‘orish 
tarmoqlarining 
o‘zanlarini suv 
o‘tkazmaydigan material bilan qoplashga erishilsa, ularning foydali 
ta’sir koeffitsiyentini 0,85 gacha yetkazish mumkin bo‘ladi. Bu ancha 
suvni tejashga imkon beradi. Ushbu tejalgan suvlardan foydalanish 
orqali sug‘oriladigan yerlar maydonini ko‘paytirish imkoni vujudga 
keladi. Shu sababli sug‘orish tizimini doimiy ravishda takomillashtirib 
borish lozim.

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish