503
qorako‘lchilik” MChJga ham 120 gektar sug‘oriladigan yer ajratish
nazarda tutilgan bo‘lib, ushbu maydonning barchasiga arpa va jo‘xori
ekish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, qorako‘lchilik sohasida
naslchilik seleksiya ishlarini takomillashtirish,
jahon bozori nalablariga
mos bo‘lgan raqobatbardosh qorako‘l terisi ishlab chiqarish va uni qayta
ishlashni
moliyaviy
jihatdan
qo‘llab-quvvatlash
maqsadida
Qorako‘lchilikni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etildi.
Mazkur qarorda qorako‘lchilik mahsulotlarini qayta ishlashni
tashkil etuvchi korxonalar faoliyatini rivojlantirish ham nazarda tutilgan
bo‘lib, Qashqadaryo, Navoiy va Buxoro viloyatlarida loyiha qiymati 31
mlrd. so‘m bo‘lgan 3 ta korxona faoliyatini yo‘lga qo‘yish
rejalashtirilgan. Ushbu mablag‘larning 9 mlrd. so‘mi korxonalarning o‘z
mablag‘lari, 22 mlrd. so‘mi esa Qorako‘lchilikni rivojlantirish
jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Ushbu korxonalar yiliga 560 ming dona terini (shundan 350 ming dona
qorako‘l teri va 210 ming dona qo‘y terisi) qayta ishlash quvvatiga ega
bo‘lishi nazarda tutilgan.
Ushbu qarorga ko‘ra, 2019-2023-yillarda qorako‘lchilik xo‘jaliklariga
yetishtirib eksportga sotilgan har bir dona qoarko‘l terisi uchun
O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetidan 50 ming so‘mdan va har bir
dona qorako‘lcha terisi uchun 75 ming so‘mdan
subsidiyalar ajratilishi
belgilab qo‘yilgan.
2021-yil 9-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Qorako‘lchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4984-sonli qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2021-yil 1-martgacha qorako‘lchilik klasterlariga qishloq
xo‘jaligida foydalanilmayotgan sug‘oriladigan yerlarni foydalanishga
kiritish sharti bilan ozuqalar yetishtirish uchun yer maydonlari ajratilishi
nazarda tutilgan. Shunga ko‘ra, 2021-yil 15-fevralgacha 100 milliard
so‘m mablag‘lari “Turonbank” ATBga Markaziy bank asosiy stavkasida
ajratiladi. Mazkur mablag‘lar Respublika “Qorako‘lchilik”
uyushmasi
a’zolariga 3 yil muddatgacha, shu jumladan 1 yillik imtiyozli davr bilan
Markaziy bank asosiy stavkasiga 2 foizlik bank marjasini qo‘shish orqali
hisoblanadigan stavka bo‘yicha kredit sifatida taqdim etilishi ko‘rsatib
o‘tilgan. Qarorga ko‘ra, 2024-yil 1-yanvargacha Pillachilik va
qorako‘lchilikni
rivojlantirish
qo‘mitasining
doimiy
egaligidagi
yaylovlar hamda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan
504
Qo‘mitaga ijaraga berilgan yaylovlar uchun belgilangan yer solig‘i
stavkasi 50 foizga kamaytirlishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek,
nasldor
qo‘y va echkining, shu jumladan qorako‘l zotli qo‘ylarning xorijiy
davlatlardan import qilingan har bir embrioniga respublika budjeti
mablag‘lari hisobidan 400 ming so‘m
miqdorida subsidiya taqdim
etilishi belgilab qo‘yilgan. Bundan tashqari, 2021-yil 1-apreldan
Uyushma a’zolariga o‘zlari tomonidan import qilingan qo‘y bosh
sonining 50 foizidan oshmagan qismini tirik va xom go‘sht ko‘rinishida
eksport qilishga ruxsat etilgan.
2020-yil 2-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“O‘zbekiston Respublikasi pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish
qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4817-sonli
qarori
ham qabul qilindi.
21.17-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: