Pilla ishlab chiqarish, tonna
2016
2017
2018
2019
O‘zbekiston Respublikasi
26355,6
12480,3
17912,3
21374,1
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
852,6
346,8
607,0
684,6
Andijon
3303,4
2110,1
2450,6
3059,8
Buxoro
3099,7
1855,2
1659,7
2043,4
Jizzax
641,5
400,0
596,4
641,7
Qashqadaryo
3082,1
1068,5
1812,7
2184,7
Navoiy
1007,9
653,8
801,3
969,8
Namangan
2827,2
601,8
1498,5
1636,0
Samarqand
2829,8
1984,2
2241,1
2942,8
Surxondaryo
1552,7
1131,3
1515,9
1627,0
Sirdaryo
616,0
132,9
400,9
483,1
Toshkent
1641,4
532,9
1166,8
1170,1
Farg‘ona
2722,9
858,7
1655,1
2055,8
Xorazm
2178,4
804,1
1506,3
1875,3
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari
505
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, mamlakatimizda 2016-
yilda 26355,6 tonna pilla ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2019-yilga kelib
ushbu ko‘rsatkich 21374,1 tonnani tashkil etgan. Bundan ko‘rinadiki,
mamlakatimizda pilla ishlab chiqarish hajmi 2019-yilda 2016-yilga
nisbatan kamaygan. Ayniqsa 2017-yilda pilla ishlab chiqarish hajmi
keskin
kamayganligini
ko‘rishimiz
mumkin.
So‘nggi
vaqtda
mamlakatimizda
pillachilikni
rivojlantirishga
alohida
e’tibor
berilmoqda. Pillani ishlab chiqarishni zamonaviy usullarda tashkil etish
bilan bir qatorda, pillani qayta ishlovchi korxonalar faoliyatini tashkil
etish va ularning faoliyatini rivojlantirishga ham alohida e’tibor
qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-martdagi
“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ-2856-sonli qaroriga ko‘ra, 2023-yil 1-yanvargacha uy
sharoitida tirik pilla yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi (kasanachi)lar –
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lashdan hamda
pilla yetishtiruvchi tashkilotlar – pilla yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi
kasanachilar va boshqa ishchi-pillakorlar mehnatiga haq to‘lashga
yo‘naltirilgan mablag‘lar bo‘yicha yagona ijtimoiy to‘lovni to‘lashdan
ozod etilgan.
Chorvachilikning
yana
bir
yo‘nalishi
– quyonchilikdir.
Mutaxassislar quyon go‘shtini, avvalo, parhezbop, inson salomatligi
uchun foydali, deya ta’kidlashadi. Shu bois ham u xaridorgir va jahon
bozorida bu turdagi go‘shtga talab o‘sib borayotgani mazkur omil bilan
bog‘liq. Xalqaro standartga ko‘ra, bir kishi yil davomida 90 kilogramm
go‘sht iste’mol qilsa, shuning 5 foizini quyon go‘shti tashkil etishi
lozim. O‘z navbatida mazkur tarmoq yaxshigina daromad manbai ham
hisoblanadi. Chunki bitta ona quyon tabiiy uy sharoitida yiliga besh
marta, har safar kamida besh-oltitadan bolalaydi. Yana bir jihati, yil
boshida tug‘ilgan quyonlar yil oxiriga kelib, o‘zlari ham bolalaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 17-
dekabrdagi “Qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlantirish to‘g‘risida”gi
majlis
bayoniga
muvofiq,
mamlakatimizda
quyonchilikni
rivojlantirishga “Mikrokreditbank” ATB mas’ul etib biriktirilgan. Bank
506
tomonidan o‘tgan vaqt mobaynida mazkur yo‘nalishda ko‘plab loyihalar
amalga oshirildi, tashabbuskor tadbirkorlar g‘oyalari qo‘llab-quvvatlandi
va jarayon hozir ham izchil davom ettirilmoqda. “Mikrokreditbank”
ATB o‘tgan davrda jami 1751 ta jismoniy va yuridik shaxsga
quyonchilik bilan shug‘ullanishlari uchun 106 milliard so‘m miqdorida
kredit ajratdi. Shundan 80,4 milliard so‘mi moliyaviy qo‘llab-quvvatlash
uchun yo‘naltirilgan bo‘lsa, 25,7 milliard so‘mi aholiga o‘z xonadonida
quyon boqish uchun taqdim etildi. Respublika bo‘yicha 190 ta
quyonchilikka ixtisoslashtirilgan agrofirma faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Qolaversa, aholini quyonchilik sohasidagi loyihalarga jalb etish orqali
ularning bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirishga alohida e’tibor
qaratilmoqda.
Keyingi yillarda mamlakatimizda baliqchilikka ham alohida e’tibor
berilmoqda. Baliqchilikning rivojlanishi oziq-ovqat xavfsizligini
mustahkamlashi barobarida, aholini baliq tarkibidagi yuqori sifatli
oqsillar bilan ta’minlash imkonini beradi. Ayniqsa, baliq tarkibidagi
kalsiy moddasi bolalarning sog‘lom bo‘lib o‘sishida muhim ahamiyatga
ega. Tahlillarga ko‘ra, O‘zbekiston uchun baliqni iste’mol qilishning
minimal me’yor miqdori bir yilda bir kishi uchun 12 kilogrammni
tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich dunyo miqyosida 1 kishi uchun 16,6
kilogrammdir.
Baliqchilikni rivojlantirish bo‘yicha maxsus dastur va me’yoriy
hujjatlar qabul qilinib, baliq yetishtirishga ixtisoslashgan fermer
xo‘jaliklari tashkil
etilmoqda. 2018-yil
6-aprelda
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
“Baliqchilik
tarmog‘ini
jadal
rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3657-
sonli qarori qabul qilingan bo‘lib, unga ko‘ra Toshkent viloyati Quyi
Chirchiq tumani hududida “Baliq ishlab chiqaruvchi” erkin iqtisodiy
zonasi tashkil etilgan. Ushbu erkin iqtisodiy zonasining asosiy
vazifalaridan vazifalari sifatida quyidagilar belgilab berilgan:
•
baliqchilik xo‘jaliklarini ta’minlash uchun baliqning yangi va
sinalgan turlarini iqlimlashtirish orqali naslli baliq chavoqlarini yaratish;
•
nasldor baliq lichinkalari yetishtiruvchi zamonaviy inkubatsion
sexlar faoliyatini tashkil etish;
507
•
baliq chavoqlarini ishlab chiqarish hajmini oshirish;
•
o‘z ehtiyoji va baliqchilik xo‘jaliklari uchun to‘la qiymatli va yuqori
oqsilli ozuqalarni ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy quvvatlarni
yaratish orqali ozuqa bazasini mustahkamlash;
•
innovatsion va zamonaviy intensiv texnologiyalarni keng joriy
qilish;
•
birinchi navbatda, aholi ehtiyojlarini qondirish, shuningdek,
keyinchalik eksport qilish uchun baliqlarni qayta ishlash hamda baliq
mahsulotlarini ishlab chiqarish va boshqalar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-noyabrdagi
“Baliqchilik sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4005-sonli qarori ham soha rivojida muhim
ahamiyat kasb etdi. Ushbu qarorda baliqchilikni intensiv rivojlantirish,
sun’iy havzalarda baliqchilikni innovatsion usullarda ko‘paytirish chora-
tadbirlari belgilab berilgan.
Ushbu qarorga ko‘ra:
- baliqchilik xo‘jaliklarini bosqichma-bosqich intensiv usulda baliq
yetishtirishga ixtisoslashtirish;
- “Ipoteka-bank” ATIB baliqchilik sohasini rivojlanatirishni uchun
taqdim etilgan loyihalarni kreditlashni amalga oshirishi nazarda tutilgan.
Qarorda baliqchilik loyihalari hajmi va uni amalga oshirish uchun
zarur bo‘lgan valyuta turidanqat’i nazar, tijorat banklari tomonidan
2019-2020-yillarda
ajratilayotgan
kredit
foizi
uchun
Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-
quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan kompensatsiya berishning
quyidagi tartibi o‘rnatilgan:
- aylanma mablag‘larni to‘ldirish ga (baliq chavoqlari, omixta yem,
mineral o‘g‘it va boshqalar) tijorat banki tomonidan o‘rnatilgan kredit
stavkasining 25 foizi miqdorida;
- naslli ona baliq va baliq uvildirig‘i, yopiq suv aylanma tizimi,
qafas qurilmalarida va boshqa intensiv usullarda baliq yetishtirishni
tashkil etish, baliq mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash, inkubatsiya
sexlari va reproduktorlarni tashkil etish, hovuzlar qurish va qayta
ta’mirlash, maxsus texnika va boshqa asosiy vositalarni xarid qilish
508
hamda barpo etish uchun tijorat banki tomonidan o‘rnatilgan kredit
stavkasining 50 foizi miqdorida.
Bundan tashqari, ushbu qarorga ko‘ra barcha dehqon bozorlarida
baliq sotishni tashkil etish uchun akvariumlar tashkil etildi.
Mamlakatimizda ovlangan baliq to‘g‘risidagi ma’lumotlar 21.18-
jadvalda keltirilgan.
21.18-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |