- O‘zbekiston telekommunikatsiya tizimining 28 ta yo‘nalish bo‘yicha dunyoning 180 ta mamlakatiga chiqadigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqaro kanallari mavjud. Bularda optik tolali va sun’iy yo‘ldoshli tizimlardan foydalanilmoqda. Ushbu kanallarning 83 foizdan ziyodi raqamlidir, butun tarmoq nafaqat hozirgi paytda, balki keyinchalik ham hozirgidan ko‘proq axborot o‘tkazish quvvatiga ega. Respublikaning barcha viloyat markazlarida elektron kommutatsiya vositalari mavjud. Respublikada ulkan muammo yechildi – raqamli magistral tarmoq yuzaga keltirildi, shu jumladan, optik tolali kabellar, raqamli radioreleli aloqa tarmoqlari qo‘llanildi. Aytib o‘tilgan zamonaviy uzatish tarmog‘i 70 foiz hajmda ishlab turibdi, respublikada esa ayni paytda yangi, aylanma va zaxira aloqa tarmoqlari yaratilmoqda. Ichki hududiy va stansiyalararo tarmoqlarda tobora ko‘proq optik tolali kabellardan foydalanilmoqda. Abonentlarning tarmoqqa ulanishi yengillashib bormoqda, shu jumladan, intellektual xizmatlar va simsiz aloqa texnika vositalarini joriy etish hisobiga qulayliklar yaratilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |