Innovatsion faoliyat sub’ektlari quyidagilardan iborat: - innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanadigan yuridik va jismoniy shaxslar;
- innovatsiyalarni amalga oshiruvchi turli mulkchilik shaklidagi innovatsion korxonalar;
- innovatsion faoliyat jarayonida amalga oshiriladigan intellektual mulk egalari: korxonalar loyihalari, qurilmalar, sanoat namunalari, texnologik jarayonlar, “nou-xau”, kashfiyot va ixtirolar mualliflari, dizaynerlar;
- innovatsiyalar amalga oshirishga kapital kirituvchi investorlar: banklar, fondlar, korporatsiyalar, lizing firmalari va h.k.;
- innovatsion jarayonga xizmat ko‘rsatadigan va uning infratuzilmasini ta’minlaydigan vositachilar: konsalting va injiniring firmalari, texnologik inkubatorlar, texnoparklar, texnopolislar, axborot markazlari va h.k.;
- innovatsion faoliyatni boshqarish, muvofiqlashtirish va tartibga solishda ishtirok etadigan davlat organlari va mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |