- Bu sohaning rivoji mamlakat iqtisodiyoti boshqa tarmoqlarining rivojiga ham katta turtki bo‘ldi, AKTni rivojlantirish uchun tegishli infratuzilma yaratildi va katta miqdordagi chet el portfel investitsiyalari jalb etildi, 200 dan ortiq Xaytek kompaniyalar mamlakatda o‘z filiallarini ochdi, 40 foizdan ortiq mahsulotlarning nodavlat sektorida, maxsus hududlarda ishlab chiqarilishiga erishildi.
- Hindistonda soha rivojining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, mamlakatda dasturiy ta’minot industriyasi tashkil etishga alohida e’tibor berildi, natijada soha umumiy ishlab chiqarish hajmining 50 foizdan ziyodini dasturiy mahsulotlar tashkil etadi. Yana bir xususiyat – mamlakatda fundamental aniqfanlarning taraqqiy etganligidir. Bu hol rivojlangan davlatlarning sohaga oid markazlariga ko‘plab iqtidorli yoshlarni ishga va o‘qishga jo‘natishning imkonini berdi, shu sabab xorijda ishlaydigan malakali hind mutaxassislari soha daromadiga katta hissa qo‘shadilar
Do'stlaringiz bilan baham: |