Molekulyar struktura. Ma’muriy buyruqbozlik iyerarxiyasining tugashi. Alohida olingan xodimlar va brigadalar erkin harakatlanish va moddiy boyliklarni yaratish imkoniga ega bo’ladilar. Lego konstruktoriga o’xshash ko’p marta va ko’p funksiyalarni bajaruvchi komponentalar yaratilib, ulardan amalda foydalanish mumkin.
Integratsiya. Tarmoqlararo hamkorlik. Yangi turdagi korxona – tarmoq elementi. Xizmat ko’rsatishning va ishlab chiqarishning yagona tarmog’ini tashkil etuvchi, mustaqil ravishda faoliyat yuritadigan modulli korxonalar paydo bo’ladi. Moddiy boyliklarni yaratish, savdo, ijtimoiy hayot umumiy foydalaniladigan global axborot infrastrukturasiga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |