Fanning vazifalari - talabalarni axborot texnologiyalarining texnik va dasturiy ta’minoti, operatsion tizimlar, iqtisodiyot sohasiga oid matnli va jadvalli axborotlarni qayta ishlovchi axborot texnologiyalari imkoniyatlari, ma’lumotlar bazalari, ularni boshqarish tizimlari, kompyuter tarmoqlari, ularning tashkil etuvchilari, lokal tarmoq va Internet tarmog’ini tashkil etish tamoyillari, axborot texnologiyalarini tashkil etuvchi komponetalar, axborot tizimlari va ularning tasnifi, soliq tizimining axborot texnologilari, davlat boshqaruvida elektron hukumat tizimi va elektron davlat xizmatlarini ko’rsatish texnologiyalari, elektron tijoratga oid bilimlar, malakalar va ko’nikmalar shakllantirish.
Fanni o’zlashtirish matematika, informatika fanlari dasturlari, shuningdek bakalavriatning turdosh fanlari dasturlari bo’yicha olingan bilimlarga asoslanib, iqtisodiy masalalarni hisoblash texnikasi vositalari yordamida yechishning amaliy ko’nikmalarini rivojlantirish imkonini yaratadi.
“Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari” fanini o’rganish jarayoyonida olingan nazariy bilimlar, malaka va ko’nikmalar talabalarning quyidagilar uchun foydalanalidai:
o’quv jarayonidagi boshqa fanlrarni o’zlashtirishda;
kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlarini tayyorlashda hamda ilmiy tadqiqot ishlarini bajarishda;
kelgusida kasbiy faoliyat bilan bog’liq axborotlarni to’plash, saqlash, qayta ishlash va uzatishni talab etadigan iqtisodiy masalalarni yechishda;
iqtisodiyot mutaxassisliklari bo’yicha magistratura va mustaqil ilmiy izlanuvchilik faoliyatida.
Fan bo’yicha talabalar:
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llashga asoslangan zamonaviy axbotot texnologiyalarini o’zlashtirishlari;
axborotlarni kompyuter asosida qayta ishlash, moliyaviy-iqtisodiy va boshqaruv masalalarini alohida olingan kompyuterda va local hamda global kompyuter tamoqlaridan foydalangan holda yechish bo’yicha ishonchli va mustahkam ko’nikmaga ega bo’lishlari zarur.
“Iqtisodiytda axborot texnologiyalari” fanining predmeti axborotlarni to’plash, jamlash, uzatish, qayta ishlash, saqlash, tahlil qilish, axborot texnologiyalaridan foydalanish jarayonlarida shakllanib boradigan axborot munosabatlaridan iborat.
“Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari” fani mazmunini o’zlashtirishi natijasida talaba quyidagi umummadaniy va kasbiy kompetensiyalarga (mahorat) ega bo’lishi zarur (5230800 – “Soliqlar va soliqqa tortish” yo’nalishi bo’yicha bakalavr tayyorlashning Davlat ta’lim standartlariga muvofiq). Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar qo’yiladi. Talaba:
zamonaviy texnik vositalar, operatsion tizimlar va instrumental vositalaridan foydalanish usullari, matnli va jadval axborotlarini qayta ishlash dasturlari, ma’lumotlar bazasi, hisoblash jarayonlarini avtomatlashtirish tamoyillari va uslublari;
ma’lumotlar bazasi haqida tushuncha va unga qo’yiladigan talablar;
avtomatlashtirilgan ish joylari va ularning faoliyat ko’rsatish tamoyillari;
soliq tizimi axborot texnologiyalari va ularda qo’llanilayotgan dasturiy mahsulotlar;
elektron hukumat tizimi va uning ahamiyati;
elektron tijorat va uning asosiy biznes modellari;
AKTning rivojlanish tendensiyalari, rivojlanish yo’nalishlari va ularning tasnifi haqida tasavvurga ega bo’lishi;
ma’lumot, axborot, bilim tushunchalari;
axborotlarni to’plash, yig’ish, qayta ishlash, taqdim etish jarayonlari;
axborotlashtirish va uning oqibatlari;
jamiyatni axborotlashtirish, axborotlashgan jamiyat va undagi zamonaviy axborotlashtirish jarayonlari;
O’zbekiston Respublikasida axborotlashtirish jarayonlari;
O’zbekiston Respublikasida axborotlashtirish, kompyuterlashtirish va zamonaviy axborot texnologiyalarini iqgisodiyotga tatbiq etishga oid qabul qilingan huquqiy-me’yoriy hujjatlar;
axborot texnologiyalari va avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari;
boshqaruvda axborot texnologiyalarining qo’llanilishi;
axborot texnologiyalarining infrastrukturasi, texnik asoslari, dasturiy ta’minot, operatsion tizimlar, amaliy dasturlari; lokal hisoblash tarmoqlari va Internet tarmog’ining imkoniyatlari va xizmatlari to’g’risida bilishi va ulardan foydalana olishi;
iqtisodiyot axborot texnologiyalarining texnik asoslari, dasturiy ta’minotidan, lokal hnsoblaish tarmoqlari va Internet tarmog’i funksional imkoniyatlaridan foydalana olish;
ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlaridan foydalanib, iqtisodiy masalalar uchun ma’lumotlar bazasini tashkil etish va ulardan foydalanish;
axborot texnologiyalaridan foydalanish;
kompyuter tarmoqlarida axborotlar ayirboshlash ko’nikmalariga ega bo’lishi;
iqtisodiyot sohasidagi matnli hujjatlarni va elektron jadvallarni qayta ishlash axborot texnologiyalaridan, ma’lumotlar bazalari va banklaridan foydalanish;
Internet va lokal tarmoqlarida samarali ishlay olish;
elektron hukumat, soliq tizimi axborot texnologiyalari va unda qo’llanilayotgan dasturiy mahsulotlardan foydalanish malakalariga ega bo’lishi kerak.
2. AXBOROTLASHGAN JAMIYAT VA UNING ALOMATLARI
Hozirgi zamonaviy sivilizatsiya taraqqiyoti bosqichi – axborotlashgan jamiyatga o’tish bosqichidir. Axborotlashgan jamiyat tushunchasi 1960-yillarning ikkinchi yarmida postindustrial jamiyat konsepsiyasini takomillashtirish doirasida paydo bo’ldi. Hozirgi ko’pchilik rivojlangan davlatlarga xos bo’lgan postindustrial jamiyat iqtisodyotida tovarlar ishlab chiqarishga qaraganda xizmatlar ko’rsatishga urg’u berilmoqda. Axborotlashgan jamiyat axborot va bilimlar roli o‘sishi, axborot kommunikatsiya, axborot mahsuloti va xizmatlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi ortishi, insonlarning axborot orqali samarali aloqada o‘zaro ishlashini ta’minlovchi global axborot makonining yaratilishi, ularning jahon axborot resurslaridan foydalanishi hamda axborot mahsulotlari va xizmatlariga bo‘lgan ijtimoiy hamda shaxsiy ehtiyojlarini qondirishni ta’minlash darajasi bilan tavsiflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |