Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari



Download 394,78 Kb.
bet3/21
Sana09.07.2021
Hajmi394,78 Kb.
#113586
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Ma'ruza №1
2 5310295039333632054, 2 5310295039333632054, 2 5310295039333632054, acos, Маъруза №1 t, № 12. Iqt masalalarni yechishda elektron jadvallardan foydalanish texnologiyasi, Ma'ruza №2, 2 5438623070090691353, Ikki olchamli massivlar, Pedagogik mahorat, Pedagogik qobiliyat, uning kasbiy faoliyatdagi roli. Shaxsning i, Amir Temur, ДҲН-Китоб. 2018- Сайдуллаев, 3-sinf Matematika
Axborotlashgan jamiyat — bu shunday jamiyatki, unda real iqtisodiyotning tarmoq va sohalarida ishlayotganlarning ko’pchiligi axborotlarni va ularning oliy shakli bo’lmish bilimlarni ishlab chiqish, qayta ishlash, saqlash va foydalanish bilan band bo’lgan kishilik jamiyatidir. Bunday jamiyatning harakatlatiruvchi kuchi moddiy mahsulot ishlab chiqarishdan farqli o’laroq axborot mahsulotini ishlab chiqarish bo’lmoqda. Moddiy mahsulot esa ko’p hollarda innovatsiya, dizayn va marketingga va uning bahosiga oid axborotlarga asoslangan holda ishlab chiqariladi.

Axborotlashgan jamiyatda nafaqat ishlab chiqarish balki hayot tarzi, qadr-qimmat va sifatni baholash tizimi o’zgaradi, moddiy boyliklarga nisbatan madaniy hordiq chiqarishga ko’proq e’tibor qaratiladi. Bunday jamiyatda axborot, telekommunikatsiya texnologiyalari va texnikasi asosiy texnologiyalar va texnika hisoblanadi, axborot muhiti esa ijtimoiy va ekologik muhitlar bilan birga insonning yangi yashash muhitiga aylanadi.

Axborotlashgan jamiyat sharoitida bilim haqiqatdan ham ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlantirishning hal qiluvchi omiliga aylanadi. Bilimdan foydalanib yangi bilimlarni ishlab chiqarish mumkin bo’ladi, sababi matematik usullardan foydalanagan holda bashoratlash natijasida tajribaga asoslanib, real voqelikni aks ettiruvchi yangi bilimlarni olish mumkin. Axborotlashgan jamiyatga o’tish davrida ixtiyoriy tashkiliy tizim o’z faoliyatida yuqori samaradorlikka erishish, innovatsion yangiliklarni joriy etish, raqobatda yutib chiqish uchun axborotdan maksimal holda to’liq va tezkor foydalanishga intiladi.

Axborotlashgan jamiyat alomatlariga quyidagilarni kiritish mumkin:



    • aholining 50% dan ko’prog’i axborot faoliyati bilan band va jamiyatda insonning boshqa faoliyati natijasida ishlab chiqilgan mahsulotlariga nisbatan axborotga ko’proq urg’u beriladi;

    • jamiyatni birlashtiruvchi, ijtimoiy boyliklarning eng asosiysi, ishlab chiqiladigan asosiy mahsulot va tovar – axborot sanaladi;

    • barcha faoliyat yo’nalishlarning (iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ishlab chiqarish, fan, ta’lim, ijod, madaniy va sh.k.) asosiy negizini axborot tashkil etadi;

    • axborot sof holda oldi-sotdi predmetiga aylanadi;

    • kerakli axborotdan jamiyatning barcha a’zolari uchun erkin foydalanishi osonligi, jamiyatning o‘z faoliyati uchun zarur bo‘lgan butun axborotni ishlab chiqarish hamda jamiyatning barcha a’zolarini ushbu axborotdan erkin foydalanish vositalari bilan ta’minlash qobiliyati, axborotlashgan jamiyat va axborot xavfsizligi ta’minlanadi;

    • intellektual mulk himoyalanadi;

    • axborot krizisi hal qilinadi, ya’ni axborot to’foni bilan axborot tanqisligi o’rtasidagi ziddiyatlar hal qilinadi;

    • axborot va kommunikatsiya texnologiyalari global miqyosda insoniyatning barcha ijtimoiy sohalardagi faoliyatini qamrab olib, sivilizatsiyaning axborot birligi shakllantiriladi va jamiyatni boshqarishda insonparvarlik tamoyiliga asoslaniladi;

    • axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda barcha davlat strukturalarining va davlatlarning o’zaro hamkorlik qilishlarini ta’minlash, davlat tomoniodan axborotlashgan jamiyatni yagona axborot muhiti doirasida boshqarish amalga oshiriladi.

Ijtimoiy tizimlar rivojlanishi postindustrial jamiyatning ko’pgina tadqiqotchilari tomonidan to’plangan mos bilimlarni tahlil qilish asosida o’rganilgan. Aholi bandligining ijtimoiy-iqtisodiy aspekti M.Poret tomonidan taklif etilgan diagrammada tasvirlangan (1.1-rasm). Unda 50 % lik bandlik darajasi ikki marta qayd qilinganligini ko’rish mumkin: birinchisi - ijtimoiy taraqqiyotning yangi bosqichi shakllanishida, ikkinchisi – taraqqiyotning keyingi bosqichida oldingi bosqichda aniqlangan ijtimoiy talablarning qondirilshi natijasida band bo’lganlarning kam sonda bo’lishi.


Download 394,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
guruh talabasi
nomidagi toshkent
O’zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
vazirligi muhammad
таълим вазирлиги
toshkent davlat
respublikasi axborot
O'zbekiston respublikasi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
махсус таълим
vazirligi toshkent
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
saqlash vazirligi
Toshkent davlat
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
vazirligi koronavirus
covid vaccination
koronavirus covid
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
haqida umumiy
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti