“Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar” --
Tilning sintaksis qoidalari C tiliga o‗xshash . Ushbu tilda web-serverlar bilan
muloqotga kirish va HTML shakllaridan ma‘lumotlarni o‗qib olish mumkin
bo‗ladi.
1991-yilda ―Sun Microsystem‖ firmasi tomonidan Java tili yaratildi. Ushbu tilni
D.Gosling, P.Noton, K.Vort, E.Frenk, M.Sheridanlar ishlab chiqqanlar va uni
OAK deb nomlashgan. Asosiy maqsad – har xil platformalarda ishlaydigan
dasturlash tili yaratish bo‗lgan. Java tilida istalgan masalalarni yechimini aniqlash
mumkin, undan tashqari u veb-sahifalarning imkoniyatlarini kengaytirish imkoniga
ega. Java tilida tuzilgan dastur kompyuter arxitekturasiga bog‗liq emas, bunga esa
Java dasturi maxsus mustaqil bayt-kodga translyatsiya qilinadi. Java tilida
kompyuter viruslaridan va ruxsatsiz kirishlardan himoya mavjud.
Keyinchalik Netscape firmasi LiveScript tilini ishlab chiqdi. U orqali HTML
fayllariga oddiy dasturlarni kiritish mumkin bo‗lgan. Sun firmasining ruxsati bilan
ushbu til JavaScript deb nomlandi.
HTML (Hyper-Text Markup Language) – web-sahifalarni yaratish uchun
qo‗llaniladigan til. Ushbu tilda matn, grafika, jadvallar va boshqa obyektlarni
joylashtirish teglar orqali amalga oshiriladi. Bu faylni ochish uchun esa maxsus
brauzerlar ishlab chiqilgan. Uning faqatgina HTML 2.0 versiyasi standart sifatida
1995-yilda qabul qilindi.
Jeneva SERN (CERN) da ishlovchi fizik Tim Bernes Li 1990 yil
gipermatnli loyihani taklif etdi. Bu loyiha fizik olimlarga Internet orqali tadqiqot
natijalarini o‗zaro almashish imkonini berar edi. Shunday qilib Xalqaro axborot
tarmog‗i – World Wide Web (WWW) ga poydevor bo‗ldi.
Ushbu kashfiyot Dunyo olimlari tomonidan maxsus Mingyillik sovriniga
The Millennium Technology Prize tavsiya etildi. Ushbu sovrin (The Millennium
Technology Prize) – Finlyandiya tomonidan joriy etilgan eng yirik xalqaro sovrin
bo‗lib, odamlarni xayotini o‗zgartirishga qaratilgan eng yirik texnologik
kashfiyotlar uchun taqdim etiladi. Sovrindorlar tanlovi har 2 yilda o‗tkaziladi. Ilk
bor ushbu sovrin 2004-yili Tim Berners-Liga berildi.
1991-yilda Gollandiyalik Guido van Rossum tomonidan ―Python‖ tili
yaratildi.
Unda
dasturlash
texnologiyalarining
barcha
imkoniyatlari
mujassamlashtirilgan: tarkiblangan, obyektga yo‗naltilgan, funktsional, imperativ
va aspektli yo‗naltilgan .
1994-yilda Daniyalik Rasmus Lerdorf tomonidan PHP (Personal Home
Page) tili yaratildi. Unda dinamik veb-sahifalarni yaratish imkoniyatlari mavjud
bo‗lib, hozirgi kunda keng qo‗llaniladigan tillardan biridir.
SQL (Structured Query Language)– protsedurasiz yuqori darajali dasturlash tili,
shu bilan u boshqa algoritmik tillardan farqlanadi. U relyatsion ma‘lumotlar
bazasida ma‘lumotlarni yaratish, qayta ishlash va boshqarish uchun ishlab
chiqilgan. Ushbu tilni ishlab chiqish 1970-yillarda IBM firmasida boshlangan va
SEQUEL (Structured English QUEry Language ) tili yaratilgan. 1986-yilda ANSI
standarti tomonidan SQL deb qayd qilingan.
2000-yilda Microsoft firmasida Anders Xeylsberg tomonidan C# (Si sharp) ishlab
chiqildi. Unda .NET Framework muhitida ishlash imkoni va shu bois boshqa
tillarga muammosiz ko‗chirilishi mumkin bo‗ladi.