“Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar”
--
algebraik ifodalarni qayta ishlash, matnni tarjima qilish, sun‘iy idrok sohasidagi
masalalarni yechishga qaratilgan.
1965-yilda Kiyevdagi Kibernetika institutida akademik V.M.Glushkov
boshchiligida Almir ishlab chiqildi. U Algol tiliga o‗xshash bo‗lib, faqatgina kirill
alifbosidan foydalangan.
1971-1972-yillarda Alan Kolmari tomonidan Prolog (Programming in
Logic) tili taklif etildi. Ushbu til sun‘iy idrok tizimlarini yaratishga qaratilgan.
Ushbu til orqali kompyuter «fikrlashtirish» qobiliyatini yaratish mumkin bo‗ladi.
1965-yilda Djon Kemeni va Tomas Kurtz tomonlaridan BASIC (Beginner‘s
All-purpose Symbolic Instruction Code ) tili ishlab chiqildi. Shu yerda ta‘kidlash
lozimkim, 1975 yilda Pol Allen va Bill Geyts Altair 8800 mikrokompyuteri uchun
ilk bor Basic tili dasturini kiritishgan, keyinchalik ular mashxur Microsoft
kompaniyasini yaratishdi.
1969-yilda N.Virt tomonidan Pascal tili yaratildi. Ba‘zi bir adabiyotlarda
uning kelib chiqishini Paskal olimiga bag‗ishlangan deyilgan bo‗lsa, boshqalarida
―Philips Automatic Sequence CALculator‖ so‗zlaridan kelib chiqqan deb yozilgan.
U yuqori darajadagi algoritmik til hisoblanib quyidagilarga ega:
1. Dasturlashtirish konsepsiyasini va tarkibini tizimli va aniq ifodalaydi;
2. Dastur tuzishni tizimli olib borish imkonini beradi.
3. Dastur tuzish uchun boy termin, tarkiblanish sxemalariga ega.
4. Hosil bo‗lgan xatoliklarni tahlil qilish tizimiga ega bo‗lib, u
dasturlashtirishni ma‘lum darajada o‗rgatishni tashkil eta oladi.
1975-1980-yillarda J.Ishbia boshchiligida Ada tili yaratildi. Eng qiziqarlisi, ushbu
til bevosita Pentagon tomonidan buyurilgan bo‗lib, harbiy obyektlarning bort
tizimlarini boshqarish uchun ishlab chiqilgan.
Ada tili obyektga yo‗naltirilgan dasturlash tillariga mansub bo‗lib, bevosita Pascal
tiliga o‗xshash hisoblanadi.
1979-yilda N.Virt tomonidan Modula-2 tili yaratildi. Unda ham Pascal tiliga
o‗xshashlik va modullik tamoyilligi mavjud.
1987-yilda N.Virt Oberon tilini yaratdi. Unda ko‗p yaxshi jihatlarni
umumlashtiruvchi til sifatida qarash kerak, shu o‗rinda kombinatsiyalashgan tiplar,
obyektga yo‗naltirilgan dasturlash. Bundan tashqari translyatsiya jarayonida dastur
kodlarini qat‘iyatlik bilan nazorat qilish imkoni mavjud.
1972-yilda D.Ritchi va B.Karnigan ―C‖ dasturlash tilini yaratishdi. Keyinchalik
1979-yilda Bern Stroustrop C tiliga klass tushunchasini kiritdi va 1983-yilda C++
tilini ishlab chiqdi.
Hozirgi kunda bir necha ming dasturlash tillari mavjud. Ulardan keng tarqalgani
loyihalovchi dasturlash tillari – Visual dasturlash tizimlari, bularga Visual Basic,
Delphi, C++ Buelder, Visual C++ tillarini misol qilib aytish mumkin. Ilk bor 1991-
1993-yillarda Microsoft firmasida Visual Basic yaratildi. 1995-yilda Borland
firmasi Delphi tilini ishlab chiqdi, Microsoft esa Visual C++ tilini yaratdi.
Internetning rivojlanishi quyidagi tillarning yaratilishi bilan bog‗liq bo‗ldi.
1987-yilda Larry Wall PERL (Practical Extraction and Report Language) – tilini
yaratdi. Undan ma‘lumotlarni fayllardan o‗qib olish va hisobotlarni tuzishda
foydalanish mumkin. U orqali katta hajmdagi matnlar va fayllar qayta ishlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |