“Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar”
--
Dastavval EHMda echilishi kerak boʻlgan masala qoʻyiladi. Bu ish iqtisodiyot
yoki istalgan soxaning malakali va katta tajribaga ega boʻlgan mutaxassisi
tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu bosqichda iqtisodiy masalaning echilishi
uchun kerak boʻlgan boshlangʻich ma‘lumotlarning tarkibi va xarakteri aniqlanadi,
ya‘ni, kirish va chiqish ma‘lumot massivlarining koʻrinishi, rekvizitlari, tuzilishi,
tarkibi, xajmi, ularning kim tomonidan va qachon taqdim etilishi, kompyuter
ma‘lumot tashuvchilariga koʻchirilish tartibi oʻrganilib, yozma ravishda
hujjatlashtiriladi. Undan soʻng iqtisodiy masalani echishning umumiy yoʻli
tanlanadi ya‘ni, qanday ketma-ket operatsiyalar tarkibi umuman masalaning
echilishiga olib kelishi aniqlanadi. Masala echilish aniq boʻlgan va tushunarli
kichiq masalalarga ajratiladi, ularni echish ketma-ketligi aniqlanadi va hokazo. Bu
bosqich juda ham mas‘uliyatli va koʻp mehnat hamda bilim talab qiladigan bosqich
boʻlib, koʻpincha bir necha haftadan bir necha oygacha vaqt talab qilishi mumkin.
Agarda bu bosqichda kerakli ma‘lumotlarning tarkibi, ularning tuzilishi,
iqtisodiy jixatdan ifodalanishi aniqlansa va koʻrsatkichlar orasidagi
bogʻlanishlarning aniq ifodalanishi amalga oshirilsa, iqtisodiy masala qoʻyilgan
hisoblanadi.
Masala qoʻyilish jarayonini amalga oshirishda quyidagilarga e‘tibor berish
maqsadga muvofiq:
1. Iqtisodiy masalani kompyuterda echishda koʻzda tutilgan maqsad nima va
u qanday qilib amalga oshirilishi moʻljallanilayapti;
2. Ushbu masalani echishdan olinadigan iqtisodiy samara nimalardan iborat
(moddiy, ma‘naviy yoki boshqa turdagi) va unga qanday qilib erishiladi;
3. Masalani echish uchun ishlatiladigan kirish ma‘lumotlari nimalardan iborat
va ular qanday qilib kompyuter ma‘lumot tashuvchilariga oʻtkaziladi;
4. Masalaning echilishi natijasida xosil boʻladigan natijaviy ma‘lumotlar
nimalardan iborat va ular qanday koʻrinishda ifoda etilishi rejalashtirilgan;
5. Masala qoʻyilishida ishlatiladigan iqtisodiy terminlar tushunarlimi va ular
ushbu masalani echishda qanday talqin qilingan;
6. Kirish va chiqish informatsion massivlari etarlimi yoki ularning
ortiqchalari ham bormi;
7. Agarda masalani echish uchun ma‘lumotlar etmasa, ularni qanday qilib va
qaerdan topish yoki olish mumkin;
8. Kirish va chiqish ma‘lumotlarining aniqligi qanday usullar bilan nazorat
qilinadi va bu bilan bogʻliq hujjatlardagi noaniqligini qanday qilib aniqlash va
tuzatish mumkin;
9. Qanday echim eng yaxshi yoki optimal echim deb hisoblanilishi kerak va
uni qanday qilib aniqlagan maqsadga muvofiq;
Bulardan tashqari ushbu bosqichda xar bir iqtisodiy masala uchun uning
mohiyatiga va uni kompyuterda echishdan qoʻyilgan maqsadga koʻra yana bir
qancha muammolarni ham xal qilib olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |