“Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar”
--
Iqtisodiy masalalarni kompyuterda echishga tayyorlash uchun avvalo qaysi
ishlarni bajarish kerak? Bu bajarilishi kerak boʻlgan ishlarni rejalashtirishda
qanday bosqichlardan oʻtish maqsadga muvofiq boʻladi?
Masalani informatsion texnologiyalar talabi asosida avtomatlashtirilgan
koʻrinishga oʻtkazib echishning bir qancha bosqichlari mavjud. Shuning uchun
ham har qanday boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimsida (BAS) iqtisodiy
masalalar echishni amalga oshirish bosqichma-bosqich qilib amalga oshiriladi.
Odatda 3 ta asosiy bosqich mavjud: bular loyixa oldi bosqichi, asosiy bosqich,
ya‘ni ishchi hamda texnik loyixalarni bajarish va nihoyat, amaliyotga tadbiq etish
bosqichlaridir.
1. LOYIXA OLDI bosqichi oʻz navbatida avtomatlashtirilgan ob‘ektning
axborotlar tizimsini oʻrganish, texnik-iqtisodiy jihatdan asoslanib berishni va
yaratilayotgan BASning amalga oshiradigan texnik vazifalarini ishlab chiqish
jarayonlarini qamrab oladi.
2. ASOSIY BOSQICh BASning texnik hamda ishchi loyihalarini
yaratishdan, ularni amaliy sinovlardan oʻtkazishdan iboratdir.
3. AMALIY TADBIQ ETISh BOSQIChI yaratilgan BASning aniq axborotlar
asosida ishlab chiqilgan masalalar dasturlarini buyurtmachilar ishtirokida sinovdan
oʻtkazishdir. Demak, bunda asosiy maqsad butun BAS-ni tajriba oʻtkazib,
ekspluatatsiya qilish va uning xaqiqiy samaradorlik darajasini aniqlashdir.
Masalani EHMda echishga tayyorlashning asosiy bosqichlarida yoki u
yoki bu
masalani EHMda echishda tegishli axborotlar dastur yordamida arifmetik va
mantiqiy qayta ishlanadi. Lekin masalani EHMda bevosita echishdan oldin,
odatda, bir qancha bosqichlardan iborat boʻlgan tegishli tayyorgarlik ishlari amalga
oshiriladi. Bu ish ancha mashaqqatliroqdir va shuning uchun ham katta mexnat
talab qiladi. Bunda odatda quyidagi bosqichlar ajralib turadi:
1) masalaning qoʻyilishi va ushbu masalani kompyuterda echishdan qoʻyilgan
pirovard maqsadning aniqlanilishi;
2) masalani matematik jixatdan ifodalash yoki uning tegishli koʻrinishdagi
matematik modelini tuzish;
3) masalaning kompyuter dasturviy-texnik vositalari yordamida amalga
oshirilishi mumkin boʻlgan eng qulay echish usulini tanlash;
4) masalani echishning tanlangan matematik yoki boshqa bir usul asosida
echilish algoritmini ishlab chiqish;
5) tuzilgan algoritm asosida va tanlangan dasturlash tili yordamida
masalaning
dasturini (dastursini) tuzish;
6) masala echilishi uchun zarur boʻlgan ma‘lumotlar massivini tayyorlash va
ularning tarkibini aniqlash;
7) dasturni kompyuter hotirasiga kiritish va
uni sozlashni amalga oshirish;
8) masalani bevosita EHMda echish va olingan natijalarni
tahlil qilish, dasturdan foydalanish uchun koʻrsatmalar yozish.
Iqtisodiy masalalarni kompyuterda echishga tayyorlash bosqichlarining
asosiy elementlariga tavsif.
1. Masalaning qoʻyilishi va
maqsadning aniqlanilishi