5-rasm. Noutbukning ko’rinishi
Biz tashqi oziqlanish manbasi bo’lmagan joylarda ham noutbukdan foydalanishimiz mumkin (masalan, poezd yoki samalyotda ketayotganda), chunki ular akkumulyator bilan ishlay oladi.
To’liq zaryadlangan batareya bilan noutbuk bir qancha soat davomida ishlay oladi.
Noutbuklar odatda, MS-DOS, MS Windows yoki Linux operasion tizimlari bilan ishlaydi. Qoidaga ko’ra, foydalanuvchilar ulardan matnlarga, elektron jadvallarga ishlov berish, ma’lumotlarni kiritish Internetni ko’rish, elektron pochta orqali xabarlarni olish, jo’natish, shuningdek, sayohatlari davomida taqdimot uchun materiallar tayyorlash uchun foydalanadilar. Odamlar, shuningdek, ulardan ko’pgina joylarda, ishxonalaridan uzoqda, ularni proeksion tizimning LCD ga (syuq kristalli displey) ulab, taqdimotlar o’tkazish uchun ham foydalanadilar.
Noutbukning ishlash imkoniyatlari, qoidaga ko’ra, oddiy PK (ShK) ga o’xshab, yaxshi, chunki ikkalasi ham Intel Pentium singari prosessorlardan foydalanadi. Shu bilan birga, noutbuklar uchun mikroprosessorlar ularning imkoniyatli quvvatlari unumdorligini dinamik tarzda boshqarish (tartibga solish) uchun mo’ljallangan, bu bilan quvvat maksimal darajada tejaladi. Aslida noutbukning dizayni uning har bir qurilmasi kam elektr quvvati talab qiladi, foydalanilmaganda esa to’xtab qoladi. Noutbuklar PK ga nimabatan xotira hajmi kichikroq bo’lgan qattiq diskka ega, uning umumiy og’irligi 2 kg atrofida. Noutbuk oddiy PK dan qimmatroq turadi (2-3 marta). PK (ShK) shaxsiy kompyuterlar ko’chirib yurilmaydigan, umumiy foydalanishga mo’ljallangandir. Ular me’yordagi ofis stoliga joylashadi, (bloknot va boshqa zarur narsalarga ham joy qoldrgan holda) bir odam tomonidan ishlatiladi (bir odamga mo’ljallangan). Amaliyotning ko’rsatishicha, foydalanuvchilar o’z xususiy hisoblash ehtiyojlari uchun PK dan foydalanadilar (masalan, kasbiy faoliyatida, shaxsiy ishlari uchun ta’lim, ko’ngil ochish v.b.). Shu tariqa, PK hozir jahon bo’ylab juda keng tarqalgan, ularni ofislarda, sinf xonalarida, kasalxonalar, do’konlar v.b.larda ko’rish mumkin.
Kompyuter bir necha chipga ega (prosessor chipi, RAM mikrosxemalar, ROM chiplar, kirish-chiqishga ishlov beruvchi chiplar v.b., ular tizimli yoki asosiy plata deb ataluvchi asosiy bosma plataga tartib bilan yig’ilgan.
Tizimlar bloki korobka (quti) shakliga ega, asosiy bosma plata (asosiy prosessor, xotira v.b.dan iborat bo’lgan), qattiq diskdagi jamlovchi (yig’uvchi) , elastik disklar diskovodi, CD/DVD-uzatma, qandaydir qo’shimcha karta (masalan, tarmoqqa oid kartalar, shuningdek, printer boshqaruv ruchkasi kabi periferriyali qurilmalarga ulanish uchun portlardan iborat bo’ladi.
PK (ShK)ning tez-tez foydalaniladigan ikkita modeli stol ustiga qo’yib ishlatiladigan va “minora” (bashnya) modeli hisoblanadi. (20.2-rasmga qarang). Stol ustiga qo’yib ishlatiladigan modelda monitar tizimli blokning yuqori qismida, “minorali” (bashnya) modelda esa tizimli blok monitorning bir tomonida turadi. Binobarin, “minorali” (bashnyali) modelda biz tizimli blokni nolda, ish stoli yonida yoki uning tagida saqlashimiz mumkin, bunda ish stolidagi joy boshqa maqsadlar uchun tejaladi. Stol ustiga qo’yib ishlatiladigan model bir necha yil avval ancha ommalashgan bo’lsa ham, bashnyali model hozirgi paytda ko’proq ommalashgan.
1. Monitor. 2. Tizimli blok. 3. “Sichqoncha”. 4. Klaviatura. 5. a) stol ustiga qo’yib ishlatiladigan model. B) minora modeli.
6-rasm. Kompyutyerlarning eng ko’p foydalaniladigan ikkita modeli.
Do'stlaringiz bilan baham: |