(Kirish faqat tizim ma’muri va xizmat ko’rsatuvchi xodimlar uchun)
Magnit disklarda ma’lumot to’plovchilar
Magnit tasmali ma’lumot to’plovchilar
Orqa tomon kompyuteri
Plotter
Printer
Xost protsessor
Konsol
Old tomon kompyuteri
Foydalanuvchi terminali
Foydalanuvchi terminali
P Foydalanuvchi terminali
7-rasm. Meynfreym tizimi. Tizim xonasi shtrixlangan. Superkompyuterlar
Superkompyuterlar eng kuchli va qimmat kompyuterlar bo’lib, har qanday paytda ham (faoliyat yuritish) imkoniga ega. Foydalanuvchilar ulardan asosan, ulkan hisoblash quvvatini talab qiladigan murakkab ilmiy ishlarni (takliflarga) ishlob berish uchun foydalanadilar. Superkompyuterlarning ayrim takliflari (ishlov berish uchun superkompyuterlarni talab qiladigan) quyidagilar hisoblanadi:
1. Neft sanoati superkompyuterlardan er qa’rining qaysi joydan neft mahsulotlari olish imkoni borligini aniqlash uchun neft qidiruv tadqiqotlari olib borish davomida seysmik ma’lumotlar xajmini tahlil qilish uchun superkompyuterlardan foydalanadilar. Bu er osti strukturasini batafsilroq vizuallashtirishga yordam beradi, chunki burg’ulash uchun qimmat resurslar va neft skvajina (kon)konlaridan neft mahsulotlarini qazib olish tahminlari natijasi neft konlarini topishning eng yaxshi imkoniyatlarni ko’rsatgan joylarda o’tkazilganda samaraliroq bo’lishini ko’rsatadi.
2. Aviasiya sanoati superkompyuterlardan uchish apparati atrofida turli xil tezlik va balandlikda havo oqimini imitasiya qilish uchun foydalanadi. Bu a’lo darajada unumdor (samarali) samolyotlarni ishlab chiqarish uchun samarali aerodinamik konstruksiyalar yaratishga imkon beradi.
3. Avtomobil sanoati superkompyuterlardan uni ishlab chiqarishga qo’yishdan avval avtomobil dizayninining avariyasini imitasiyani amalga oshirish uchun foydalanadi. Bu haqiqat modelni pachaqlashga nisbatan arzonroq, ko’rgazmaliroq va xavfsiz hisoblanadi. Bu yurish xavfsiz bo’lgan eng yaxshi avtomobillarni ishlab chiqarishga yordam beradi.
4. Sanoatning strukturaviy mexanikasi superkompyuterlardan fuqarolik va mexanik strukturalarning turli xil konstruktorlari xarajatlarining xavfsizligi ishonchliligi va samaradorligini ta’minlash uchun ish olib borishlarida murakkab muhandislik masalalarini ham qilish uchun foydalanadilar. Masalan, katta ko’prikni ishlab chiquvchi ushbu ko’prik har qanday atmorsfera sharoitida va shamol tezligi v.b. yuklamalarning turli xil bosimlarida ham ishlashiga kafolat olishi kerak. Bunday qimmat konstruksiyalarni haqiqatda qurish va sinab ko’rish ko’pchilik holatlarda qurish va sanab ko’rish ko’pchilik holatlarda o’ta yuqori (xarajat talab qiladi). Matematik modellashtirish metodlaridan foydalanib, turlicha kombinasiyalar bunday strukturalarning haqiqiy qurilish (tayyorlash) bosqichiga chiqmasdan ham superkompyuterda tajriba qilib ko’rilishi va uzil-kesil realizasiya qilish uchun optimal konstruksiyalar tanlash olinishi mumkin.
5. Meteorologiya markazlari superkompyuterlaridan ob-havoni bashoratlash uchun foydalanadi. Ular butunjahon kosmik sputniklar samolyotlar va erdagi stansiyalar tarmoqlaridan qo’yilgan ob-havo haqidagi ma’lumotlarga ishlov beradilar. Supekompyuter bashorat qilish uchun qator kompyuter dasturlaridan foydalanib ma’lumotlarni tahlil qiladi. Bu tahlil qiladi. Bu tahlil atmosferani va iqlimiy jarayonlarni modellashtirishning murakkab matematik tenglamalarini echishni o’z ichiga oladi. Masalan Hindistonda yangi Dehlida joylashgan ob-havoni bashoratlashning o’rtacha uzoqligi bo’yicha Milliy markaz (NCMRWF) superkompyuterdan ob-havoning o’rtacha muddatli bashorati uchun foydalanadi va bu Hindiston qishloq xo’jaligi uchun juda muhim.
6. Kino va televidenie superkompyuterlardan kinofilmlar va temdasturlar uchun maxsus effektlar yaratishdan foydalanadilar. Superkompyuterlar qisqa vaqt oralihida ilg’or grafika imkoniyatlaridan foydalanib, yaratilgan kompyuterlar tasvirlarini ishlab chiqarishda yordam beradi. Televizion dasturlar uchun filmlar olingan tasvirlarga maxsus effektlar yaratish uchun ishlov beradi. Shu tarzda superkompyutkrlarning paydo bo’lishi bir qancha maxsus efektga ega bo’lgan to’liq metrajli badiiy filmlar yaratishda zarur bo’lgan vaqtni keskin qisqartiradi.
Murakkab muammolarni tez hal qilish uchun ko’p prosessorli superkompyuterlar va ma’lumotlarga parallel ishlov berish texnologiyasidan foydalanish. Ya’ni bir necha prosessorlardan foydalanadilar parallel ishlov berish esa turli prosessorlar ularga parallel ravishda ishlov berishi uchun murakkab muammoni ancha kichikroq muammolarga bo’laklaydi. Parallel dastur masalani kichik hisoblash modullarga bo’laklaydi, bunda turli posessorlar bir-biridan mustaqil ravishda ishlay oladi va bu muammoni tezroq hal qilish uchun hamkorlik qiladi. Binobarin, agar muomalaga bir prosessorli tizimda ishlov berish uchun 100 soat sarflansa va u hisoblash moduli o’lchami bo’yicha 100 ta kichik bo’laklarga bo’linsa, 100 ta prosessorga ega superkompyuter bu masalani nazariy jihatdan bir soatda ham qilishi (echishi) mumkin. Chunki zamonaviy superkompyuterlar parallel ishlov berish texnologiyasidan foydalanadi, ularshuningdek parallel kompyuterlar yoki ishlov berishning parallel tizimi sifatida ham ma’lum. Ular shuningdek parallel prosessorlar massivi sifatida ham ma’lum, chunki ular yuzlab prosessorlardan foydalanadilar.
Biz zamonaviy superkompyuter tezligini teraflops va petaflopslarda o’lchaymiz. Teraflon sekundiga arifmetik operasiyalarning 1012 darajasi hisoblanadi, petaflop arifmetik operasiyalarning 10 15 darajasini tashkil etadi.
O’zining ixtisoslashtirilgan xarakteri va ulkan qiymati tufayli superkompyuterga ko’pincha bir qancha ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamkorlikda foydalanadigan milliy resurs sifatida qoraladi. Chunki superkompyuterlarni yaratish, saqlash va texnologiyasining tez eskirishi bilan bog’liq xarajatlar tufayli rivojlanayotgan mamlakatlar uchun iqtisodiy jihatdan foydali emas.
Superkompyuterlarning asosiy ishlab chiqaruvchilari Cray, Resereh, IBM, Silicon graphics, Fujitsu, NEC, Hitachi, Newlett – Packarol va Intel kompaniyalari hisoblanadi.
8-rasm. S-DAC PARAM (S-DAC ruxsati bilan tasvirga olingan) superkompyuteri.