Kompyuterlarning tasnifi
Umumiy ishlatishga mo’ljallangan kompyuterlar turli o’lchamda va imkoniyatlarda bo’ladi. An’anaviy ravishda kompyuterlar ularning o’lchami, ishlov berish tezligi va narxiga bog’liq holda mikrokompyuterlar va superkompyuterlarga tasniflanadi. Biroq bunday tasniflash endilikda dolzarb bo’lmay qoldi, chunki texnologiya juda tez rivojlanmoqda, har bir necha oyda kompyuterlarning avvalgi modellariga nisbatan katta unumdorlikka ega, narxi arzonroq yangi modellari yaratilgan uncha katta bo’lmagan tizim bir necha yil avval ishlab chiqarilgan katta modellardan qiymat jihatidan ham, unumdorlik jihatdan ham o’zib ketishi mumkin. Binobarin, bugungi kunda kompyuterlar ularning qo’llanish xuususiyatlariga ko’ra tasniflanadi. Bu tasniflarga muvofiq, kompyuterlar portativ, personal (shaxsiy) kompyuterlar, ishchi stansiyalar, meynfreymlar, superkompyuterlari va portativ kompyuterlarga tasniflanadi. Bu bobda kompyuterlarning ushbu turlari bilan tanishasiz.
Portativ kompyuterlar
(noutbuklar)
Noutbuklar portativ kompyuterlar bo’lib, asosan, o’zlari joylashgan erda hisoblash resurslariga ehtiyoji bo’lgan odamlarning foydalanishi uchun mo’ljallangan ularning o’lchami taxminan 8V2 x 11 dyumli yoki kichikroq og’irligi esa 2 kg atrofida yoki undan ham kamroq. Ular portativ kompyuter sifatida ham ma’lum (shaxsiy kompyuter noutbugi yoki shunchaki, noutbuk), chunki ular o’rtacha PK (ShK) kabi kuchli, o’lchami va ohirligi qulayligidan uni tizzaga joylashtirib ham foydalanish mumkin.
Noutbuk deyarli to’liq o’lchamli klaviaturadan, yassi ekran bilan suyuq kristal rangli displeydan, shuningdek, trekbol, tayoqcha yoki sensorli paneldan foydalanadi (“sichqoncha” o’rniga, chunki noutbuklardan ko’pincha stolsiz foydalaniladi)
U ham qattiq disk, floppi-diskovod, kompakt-disk, DVD-disk, shuningdek, printer, uzatmaruchkasi periferiyali qurilmalarni ulash uchun portlarga ega. Displey ekrani bilan qopqoq shunday egik bo’lishi mumkinki, u ishlatilmayotganda foydalanuvchi tizimni noutbuk ko’rinishiga keltirish uchun klaviaturani yopib, buklashi mumkin. Foydalanilayotganda displeyning ekranli qopqog’i rasmda ko’rsatilgani kabi ochiladi. Noutbuklarning ko’pgina modellari katta monitordan, axborotlar saqlanishi uchun bo’shliqlar va printer kabi boshqa periferiyali qurilmalardan foydalanib qolish uchun dokstansiyalarga (qo’shimcha batareyali, qattiq diskli, kirish (chiqishli portlar v.b. bilan qurilmalar) yoki port replikatoriga “biriktirilgan” bo’lishi mumkin. Ko’pgina noutbukdan foydalanuvchilar o’z noutbuklarini tarmoqqa ulashi va tarmoqdagi boshqa kompyuterlardan ma’lumotlarni (fayllarni o’qish) yuklab olishi yoki internetga kirish imkoniga ega bo’lishi mumkin. Ko’pchilik noutbuklarning dizayni o’z foydalanuvchilariga Wi-Fi va Bluotooth yordamida boshqa stasionar kompyuterlar bilan simsiz ulanish imkonini beradi. Bluotooth uncha uzoq bo’lmagan joyga simsiz aloqa uchun sonat spesifikasiyasi hisoblanadi. Bu shaxsiy kompyuterlar, noutbuklar, printerlar, mobil telefonlar va ularning o’zaro axborot almashinuvi uchun raqamli kameralarning simsiz ulanishiga imkon beradi.
1. Buklama yassi ekran.
2. Ushbu qurilmadagi klaviatura, trekbol, qattiq, disk, CD-disk, kirish chiqish portallari v.b.
Do'stlaringiz bilan baham: |