Elektron komponentlarni yanada miniatyuralashtirish (kichiklashtirish) tendensiyasi, mikroprosessorli chiplar quvvatining keskin ortishi, shuningdek, tezkor xotira va qattiq diskning o’tkazish qobiliyatining oshishini beshinchi avlod davrida davom etdi. BIS texnologichsi beshinchi avlodda SBIS (Ultra-Large-Sckale Integration) texnologiyasiga aylandi, natijada o’n million elektron komponentlarga ega mikroprosessorli chiplar ishlar chiqarila boshlandi. Aslida, mikroprosessorlar tezligi va tezkor xotira va qattiq disk o’lchami deyarli har o’n sakkiz oyda ikki martaga ko’paymoqda edi. Natijada uchinchi va to’rtinchi avlod tizimining katta meeynfreymlarida topilgan ko’pgina funksiyalar beshinchi avlod mikroprosessori arxitekturasining bir qismi bo’lib qoldi. Oxir oqibat bu arzon narxlaridagi o’ta kuchli va qulay kompyuterlarga va meynfreymlar uchun an’anaviy katta tizimlarning tugashiga yo’l ochdi. Oxirgi vaqtlarda prosessorlar ishlab chiqaruvchilar ancha kuchli (tez) bir yadroli prosessorli chiplar o’rniga ko’p yadroli prosessor chiplari tayyorlay boshladilar. Ko’p yadroli chiplar parallel ravishda katta ishlarga ishlov bergani hisobiga umumiy ish unumdorligini oshirdilar.
Kompyuter texnologiyasi sohasidagi harakatlar sur’atining tezligi munosabati bilan biz hao yil hatto arzonroq narxlarda ham yanada qulay va kuchli kompyuterlar ishlab chiqarilayotganini ko’rmoqdamiz. Ularning orasidan portativ noutbuklarni alohida ta’kidlamoq lozim. Ular o’z foydalanuvchilari uchun hatto sayohatlarda ham hamroh bo’laoladi, kuchli stol PK va ishchi stansiyalari, kuchli serverlar, kuchli supurkompyuterlar va cho’ntak kompyuterlari shular jumlasidandir (kompyuterlarning bu turlari bilan batafsilroq tanishish uchun 20-bobga qarang).
Ma’lumotlarni saqlash texnologiyasi ham rivojlandi: yaqinda joriy etilgan tizimlardagi katta tezkor xotira va disk xajmi shular jumlasidandir. Hozirgi paytda PKlarning tezkor xotiraning bir qancha gigabaytiga (GB) va qattiq diskning 80 dan 320 gigabaytgacha (GB) sig’imlisi juda keng tarqalgan. Bundan tashqari 4 dan 64 gigabaytgacha tezkor xotiraga ega ishchi stansiyalar va qattiq diskning bir necha yuz gigabayt sig’imlilari oddiy xol hisoblanadi. RAID texnologiyasi (Redundant Arrag of Inepensive Disks – uncha qimmat bo’lmagan disklar massivi) anchagina disklar yig’indisini bitta katta disk sifatida ko’rsatadi. U shu tarzda katta ishonchlilik bilan ko’proq joy taklif qila oladi. Beshinchi avlod davrida optik disklar (kompakt-disk sifatida ma’lum) ommaviy portativ tashuvchilar ga aylandi.
Yirik ko’lamli tizim s ohasida beshinchi avlod parallel qayta ishlov berish texnologiyasiga asoslangan yanada kuchli supurkompterlar paydo bo’lganini ko’rdi. Ularda bir necha prosessorlardan foydalanilgan va bu parallel kompyuterlar ikki turda – hamkorlikda foydalaniladigan xotirali va taqsimlangan xotiralidir. Parallel kompyuterning umumiy xotirasida yuqori tezlikli shina yoki aloqa tarmog’ini bir necha prosessor umumiy tezkor xotiraga biriktiradi, taqsimlangan xotirali kompyuterda esa parallel aloqa tarmog’i har biri o’z xotirasiga ega bo’lgan bir necha prosessorga birlashtiradi. Bu tizimlar masalani mayda masalalarga bo’lish va ularni parallel ravishda tizimning bir necha prosessorida bajarish uchun parallel dasturlashtirish usulidan foydalanadi. Ishga tushirish mexanizmi prosessorlari parallel kompyuterda aloqa uchun hamkorlikda foydalaniladigan xotiradan foydalanadi, bu paytda taqsimlangan xotirali parallel kompyuter aloqa uchun xabarlarni uzatish mexanizmidan foydalanadi. Parallel kompyuterlarning taqsimlangan xotirasi hamkorlikda foydalaniladigan parallel kompyuterlar xotirasiga nisbatan yaxshilangan ko’lamlilikka ega (uning xususiyati yanada ortib borishi mumkin) va yuqori tezlikdagi kommunasiyalanadigan tarmoqni ko’llash bilan kuchli ishchi stansiya bilan birga qurilgan. Bu klasterli texnologiya hisoblanadi.
Beshinchi avlod davrida Internetda mos texnologiyalar va ilovalarni qo’llay boshladilar. Bu kompyuterdan foydalanuvchilarga er sharining turli joylarida bo’la turib, ob’ektning elektron pochtasidan foydalangan holda (e-mael sifatida ma’lum) bir necha daqiqada yozishmalarni amalga oshirish imkonini berdi. Axborotlarning ulkan okeanini Word Wide Web (WWW sifatida ma’lum) orqali kompyuterdan foydalanuvchilar uchun olish imkoniyati yaratildi. Bundan tashqari, elektron kommersiya (tijorat), virtual kutabxonalar va hokazolar shu davrda yuzaga keldi.
Beshinchi valod kompyuterlarining ulkan quvvati va katta sig’imli hotira qurilmasi ularni matnliega axborotlar, grafika, animasiya, audio va video ma’lumotlar bilan ishlovchilar multimediya ilovalarining keng spektrlari uchun o’ta foydali va ommalashgan instrumentga aylantirdi. Umuman, multimediyali axborotlar uchun ma’lumotlar hajmi oddiy matnli axborotga nisbatan ancha ko’p, chunki grafikalar, animasiyalar, raqamli shakldagi OAV audio yoki videolari oddiy matnni taqdim etishdagiga nisbatan ancha ko’p miqdordagi bitlarni talab qiladi. Shuning uchun maltimediali kompyuter tizimlari yanada tezroq prosessor, ma’lumotlarni saqlashning yanada yirikroq qurilmasini, yanada tezkor xotirani, yaxshi grafik terminalni hamda multimediali amaliy dastur bilan bog’liq har qanday audio yoki videoni ko’rsatish uchun zarur bo’ladigan kiritish-chiqarish qurilmalarini talab qiladi. Multimediali kompyuter tizimlarining mavjudligi beshinchi avlod davrida multimediali ilovalarning o’ta tez o’sishiga olib keldi.
Operasion tizimlar sohasida beshinchi avlod davomida ommaviylikka erishganlar yangi konsepsiyalar qatoriga mikroyadrolar, ko’p oqimlilik va ko’p yadroli operasion tizimlar kirdi. Mikroyadro texnologiyasi dizaynerlarga operasion tizimlarni modul prinsipi bo’yicha modellashtirish va loyihalashtirish imkoniyati kirdi. Bu operasion tizimlarni ishlab chiqarish va joriy etishni, mavjudlariga o’zgarishlar kiritish yoki yangi xizmatlar kiritishni osonlashtiradi, shuningdek, foydalanuvchilarga o’z shaxsiy xizmatlarini joriy etish va foydalanishga imkon beradi. Ko’p oqimli texnologiya parallelizm hisobiga takliflar unumdorligini oshirishning ommaviy ususi hisoblandi. An’anaviy operasion tizimlarda MP (SP) rejalashtirishning asosiy birligi jarayon hisoblanadi, ko’p oqimli operasion tizimlarda MP (SP) rejalashtirishning asosiy birligi oqim (potok-izchillik) hisoblanadi. Bunday operasion tizimlarda jarayon o’z yo’riqnomalari va ma’lumotlariga, shuningdek, almashinuvning bir necha oqimlarining bir yoki umumiy manzilli bo’shliq (makon)lariga ega bo’lgan manzilli makondan iborat bo’ladi. Shu tariqa, bu tizimlar yangi oqim yaratishi, prosessorni oqimlar orasida yo’naltirishi va resurslarni o’sha jarayon yo’nalishlari orasida jarayonlar orasidagiga nisbatan samaraliroq taqsimlashi mumkin, bu esa tizimlarning yanada tezroq ishlashiga va yuqoriroq umumiy unumdorligiga olib keladi. Ko’p yadroli operasion tizim bir vaqtning o’zida multi yadroli chipda har bir yadro uchun alohida qayta ishlash dasturi asosida bir necha dasturni ishga tushirishi mumkin.
Dasturlashtirish tili sahasida beshinchi avlod davrida ommalashgan konsepsiyalar O’AVA dasturlashtirish tili va MPI (Mtssage Possing Interface) va PVM (Parallel Virtual Machine) kabi dasturlashtirishning parallel kutubxonasi hisoblanadi. O’AVA asosan World Wide Web da foydalaniladi. U O’AVA – appletlarni veb-sahifalar asosida saqlash bilan dinamik axborotlarga ega bo’lishga va veb-axborotlardan foydalanuvchilar bilan interfaollikda bo’lishga imkon beradi. MPI va PVM kutubxonalar standart parallel dasturlar ishlab chiqarishga imkon beradi, bunda dasturchi boshqa parallel kompyuterlarda bitta parallel kompyuter uchun ishlab chiqilgan parallel dasturni oson o’tkaza va bajara oladi. MPI parallel kompyuterlarning taqsimlangan xotirasi uchun, PVM parallel kompterlarning bo’laklanadigan xotirasi uchun foydalaniladi.
Beshinchi avlod kompyuetrlarining xarakterli xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi:
Portativ kompyuterlar (noutbuk deb ataluvchilar) to’rtinchi avlod kompyuterlariga nisbatan ancha kichik va qulay bo’lib, foydalanuvchilarga hisoblash vositalaridan hatto sayohat paytida ham foydalana olish imkonini beradi.
Beshinchi avlodning stol PK (ShK) va ishchi stansiyasi to’rtinchi avlod PK (ShK)ga nisbatan bir necha marta kuchli.
Beshinchi avlod meynfreym va superkompyuterlar o’zlari joylashgan bino (xona) zarur tarzda konunsioner bilan ta’minlanishini talab qilsa noutbuk stol ShK va ishchi stansiyalar uchun kondisoner talab qilinmaydi.
Ular o’tmishdoshlariga nisbatan kam energiya sarflaydi.
Ularning aparat qurilmalari o’tmishdoshlariga nisbatan kam buziladi, texnik xizmat ko’rsatishga uncha ko’p xarajat talab qilmaydi.
Beshinchi avlodning yirik ko’lamli tizimlaridan ko’pchiligi issiq (ishlab turganida) almashuv funksiyasiga ega, bu esa ishlamay qolgan komponentni, tizimni o’chirmasdan, yangisiga almashtirish imkonini beradi.
Ularda o’z o’tmishdoshlariga nisbatan birlamchi va ikkilamchi saqlash qurilmasi tez va katta.
Ular universal mashina hisoblanadi.
Ularni ishlab chiqarish elektron sxemaning alohida komponentlarini qo’lda yig’ishni talab qilmaydi, bu esa yig’ish bosqichida inson qo’l mehnati va moliyaviy xarajatlarni pasaytiradi. Shu tariqa, bu tizimni sanoat ishlab chiqarishi oson va arzon. Shu bilan birga SBIS chiplar ishlab chiqarish uchun o’ta murakkab texnologiya va qimmatbaho uskunalar talab qilinadi (jahondagi bir necha tashkilotlardagina mavjud).
Yuqori darajali dasturlashtirishning standart tillaridan foydalanish bitta kompyuter uchun yozilgan dasturlarni boshqa kompyuterda bajarish uchun o’tkazishni engillashtiradi.
Multimediyali funksiyalardan foydalanuvchilar uchun qo’shimcha foydalanuvchilar interfeyslari tizimni hatto bolalar tomonidan ham o’zlashtirlishini osonlashtiradi.
Yangi va yanada kuchli ilovalar shu jumladan, multimediali ilovalar har bir sohada tizimni yanada foydaliroq qiladi.
Internet ko’lamining kengayishi Internet-vosita va ilovalar bilan birgalikda bu tizimlarni oddiy odamlar hayotiga ham ta’sir etadigan qilib qo’ydilar.
Bu tizimlar ham maydalangan dasturiy ta’minot konsepsiyasidan foydalanadi. Bu esa foydalanuvchilarga o’z ehtiyojlari va kerakli hisoblagan apparat va dasturiy ta’minotga mablag’ sarflashlarini ta’minlaydi.
Keng narx diapazonidagi kompyuterlar turlarining o’ta katta miqdori bilan bugun biz deyarli hamma turdagi foydalanuvchilar uchun kompyuterlarga egamiz, hatto foydalanuvchi yosh bola yoki jahonga mashhur olim bo’lsa ham.
Yuqorida ta’riflangan beshchi avlod kompyuterlarining asosiy texnologiyalari va funksiyalari ko’rsatilgan.
Hisoblash texnikasi tarixi yozuvlari besh avlodning bo’linishini, keyingi bir necha o’n yil davomida hammasi qanchalik tez o’zgarib ketganligini ko’rsatadi. Bu sohadagi texnologik taraqqiyot davom etmoqda. Aslida, hisoblash texnikasining tarixda eng tez o’sish davri hali oldinda bo’lishi mumkin.