Iqtisodiyot vazirligining vazifalari



Download 24.29 Kb.
Sana08.04.2017
Hajmi24.29 Kb.
Iqtisodiyot vazirligining vazifalari

Quyidagilar Iqtisodiyot vazirligining asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • jamiyatni rivojlantirish va demokratik qayta o‘zgartirishlar maqsadi va ustuvorliklaridan kelib chiqqan holda iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish va isloh qilishning, iqtisodiyotni boshqarishning bozor metodlari va mexanizmlarini joriy etishning puxta o‘ylangan strategiyasi ishlab chiqilishini tashkil etish;

  • asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni, respublikaning, mintaqalarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi darajasini kompleks ravishda izchil tahlil qilish, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarning rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish, iqtisodiyotdagi mavjud nomutanosibliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish yo‘llarini asoslash;

  • iqtisodiyotni rivojlantirishning ko‘p variantli ssenariylarini, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning mintaqalar, tarmoqlar va iqtisodiyot sektorlari bo‘yicha qisqa va o‘rta muddatli prognozlari va dasturlarini ishlab chiqish;

  • muhim qiymat, moddiy va mehnat balanslarini ishlab chiqishni tashkil etish;

  • asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning pul-kredit agregatlari, davlat byudjeti parametrlari, tashqi savdo, to‘lov balanslari va tarmoqlararo balanslar bilan o‘zaro bog‘liqligini ta'minlovchi ta'sirchan mexanizmni shakllantirish;

  • byudjet-soliq, pul-kredit, valyuta va monopoliyaga qarshi siyosatning umumiy yo‘nalishlari, tabiiy monopoliyalar mahsulotlari, tovarlari va xizmatlariga narxlar va tariflarni tartibga solish mexanizmini takomillashtirish, to‘lov, moliya va moddiy balanslarni shakllantirish va ularning amalga oshirilishini nazorat qilish bo‘yicha takliflar tayyorlashda qatnashish;

  • demografik prognozlarni, aholini aniq tarzda ijtimoiy muhofaza qilish, ichki iste'mol bozorini to‘ldirish, odamlar farovonligini oshirish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish;

  • iqtisodiyotni tarkibiy qayta o‘zgartirishlarning o‘rta muddatli prognozlarini, tarmoqlarni rivojlantirish, zamonaviylashtirish va texnologiya bilan qayta jihozlash, ishlab chiqarishlarni mahalliylashtirish, ilg‘or, resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish dasturlarini ishlab chiqish;

  • tarkibiy siyosat maqsadlariga erishishni, mintaqalarni kompleks rivojlantirishni ta'minlovchi qisqa va o‘rta muddatli investitsiya dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish;

  • ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning maqbul sur'atlari va nisbatlarini, mineral va xom ashyo resurslaridan oqilona foydalanishni, O‘zbekiston iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishni ta'minlovchi zamonaviy ishlab chiqarish infratuzilmasini, telekommunikatsiyalar vositalarini rivojlantirish;

  • eksport potensialini rivojlantirishni rag‘batlantirish, tashqi savdo va to‘lov balanslarini maqbullashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti prognozlarini tayyorlash, respublikani jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalash strategiyasini ishlab chiqishda qatnashish;

  • respublika uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan investitsiya dasturlarini amalga oshirishga xalqaro moliya tuzilmalari, xorijiy moliya va sug‘urta tashkilotlari hamda donor mamlakatlarni ishtirok etishga faol jalb etish maqsadida ular bilan hamkorlik ishlarini muvofiqlashtirish.

Iqtisodiyot vazirligining asosiy funksiyalari

Iqtisodiyot vazirligi o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:

  • jamiyatni rivojlantirish va demokratik qayta o‘zgartirishlar maqsadlari va ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda iqtisodiyotni yanada isloh qilish va barqaror, mutanosib rivojlantirishning puxta o‘ylangan strategiyasini ishlab chiqishni tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi, bozor metodlari va vositalari asosida iqtisodiy siyosatni amalga oshirishning ta'sirchan mexanizmini ishlab chiqadi;

  • mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning mintaqalar, iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlari bo‘yicha mamlakatdagi mavjud tabiiy, mineral-xom ashyo, ishlab chiqarish, ilmiy-texnik va mehnat resurslari potensialidan samarali foydalanishni ta'minlovchi qisqa va o‘rta muddatli prognozlarini ishlab chiqishni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;

  • respublikaning iqtisodiy va ijtimoiy ahvoli darajasini, asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni chuqur tahlil qiladi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyalarini belgilaydi, iqtisodiyotdagi nomutanosibliklarni aniqlaydi va ularni bartaraf etish yo‘llarini asoslaydi, respublika iqtisodiyotining rivojlanishi ahvoli to‘g‘risida yillik va har choraklik ma'ruzalar tayyorlaydi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan iqtisodiyotni rivojlantirish va isloh qilish bo‘yicha qabul qilinadigan qarorlarning bajarilishini nazorat qiladi;

  • iqtisodiyotni rivojlantirishning har yilgi ko‘p variantli ssenariylarini, muhim qiymat, moddiy va mehnat resurslari balanslarini ishlab chiqadi, iqtisodiyotni barqaror, dinamik va mutanosib rivojlantirishni ta'minlash yo‘llarini asoslab beradi va metodlarini ishlab chiqadi;

  • byudjet-soliq, pul-kredit, valyuta, narx va monopoliyaga qarshi siyosatning umumiy yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar tayyorlashda, mahsulotlar, tovarlar va xizmatlarga narxlar va tariflarni tartibga solish mexanizmini takomillashtirishda, to‘lov, moliya va moddiy balanslarni shakllantirishda va ularning amalga oshirilishini nazorat qilishda qatnashadi;

  • asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning pul-kredit agregatlari, davlat byudjeti parametrlari, tashqi savdo, to‘lov va tarmoqlararo balanslar bilan o‘zaro bog‘liqligini ta'minlovchi ta'sirchan mexanizmni shakllantiradi;

  • rivojlanishning ahvoli va tendensiyalarini chuqur tahlil qilish asosida iqtisodiyotda tarkibiy qayta o‘zgartirishlarning aniq maqsadli siyosatini shakllantirish va amalga oshirish, uning kompleks va samarali rivojlanishini ta'minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

  • uglevodorod xom ashyo va mineral-xom ashyo resurslari asosiy turlarini razvedka qilish, zahiralarini, qazib olish, ishlab chiqarishni ko‘paytirish va ulardan foydalanishning uzoq muddatli balanslarini ishlab chiqadi;

  • yer-suv resurslarini o‘rganish va baholashni tashkil qiladi, yer va suv resurslarining qisqa muddatli va uzoq muddatli balanslarini ishlab chiqadi hamda yuqori samarali agrotexnologiyalarni, yerdan foydalanish va qishloq xo‘jaligi ekinlarini istiqbolli joylashtirishning ilmiy asoslangan tizimlarini joriy etishni hisobga olgan holda yer fondidan oqilona foydalanish chora-tadbirlarini asoslaydi;

  • kon'yunkturaning vujudga kelgan ahvoli bo‘yicha muntazam monitoringni amalga oshiradi, undan kelib chiqqan holda tarmoqlar va tarmoqlararo komplekslarni (mahalliylashtiruvchi va eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishlarni) rivojlantirish, ularni resurslarni tejaydigan ilg‘or texnologiyalar asosida zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlash dasturlarini ishlab chiqadi;

  • davlat investitsiya siyosatini ishlab chiqishni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi hamda davlat tarkibiy siyosatining maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda davlat investitsiya dasturlarini ishlab chiqadi va ularning bajarilishini muvofiqlashtiradi, qurilishlarning tegishli aniq ro‘yxatlarini kelishib oladi, xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha davlat siyosatini ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashadi, eng muhim va yirik investitsiya loyihalarining yig‘ma ekspertizasini o‘tkazadi, markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostidagi xorijiy kreditlar hisobiga moliyalashtiriladigan loyihalarni tanlov asosida tanlab olishni va ularning ro‘yobga chiqarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

  • qisqa muddatli, o‘rta muddatli va uzoq muddatli davrlarga mo‘ljallangan demografik prognozlarni ishlab chiqadi, ijtimoiy siyosatni, shu jumladan ish o‘rinlari yaratish, aholini ish bilan ta'minlash, aholi daromadlarini va ularning xarid qobiliyatini oshirish, ichki iste'mol bozorini to‘ldirish, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini rivojlantirish, aholining ayrim qatlamlarini aniq tarzda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va muhofaza qilish, xalqning moddiy farovonligini barqaror ravishda jadal oshirish masalalarini ishlab chiqishni tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi;

  • mehnat resurslari bozori mutanosibligini ta'minlashdan kelib chiqqan holda iqtisodiyotning barcha sohalari va sektorlari uchun malakali kadrlar tayyorlash strategiyasini ishlab chiqish ishlarini muvofiqlashtiradi;

  • eksport salohiyotini rivojlantirishni rag‘batlantirish va importni, savdo balansini maqbullashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi hamda har yilgi eksport, tashqi savdo va to‘lov balansini tayyorlaydi;

  • xalqaro iqtisodiy hamkorlik sohasidagi iqtisodiy siyosat, tashqi iqtisodiy aloqalarni tartibga solish mexanizmlarini rivojlantirish va takomillashtirish, xorijiy mamlakatlar bilan o‘zaro manfaatli iqtisodiy hamkorlik qilish hamda qo‘shma loyihalar va dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda qatnashadi;

  • davlat ehtiyojlari uchun mahsulotlar yetkazib berish (ishlar va xizmatlarni bajarish) hajmlari va tarkibini belgilangan tartibda shakllantiradi;

  • mamlakatning iqtisodiy safarbarlik rejasini belgilangan tartibda shakllantiradi va uning bajarilishi ustidan nazoratni ta'minlaydi;

  • mintaqaviy iqtisodiy siyosatni ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashadi, respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozining mintaqaviy aspektini shakllantiradi, iqtisodiyot tuzilmalarini joylashtirish va iqtisodiyotning hududiy tuzilmasini takomillashtirish strategiyasini asoslaydi, iqtisodiyot tuzilmalarini (ishlab chiqaruvchi kuchlarni) joylashtirishning o‘rta muddatli davrga mo‘ljallangan sxemalarini ishlab chiqadi;

  • davlat ekologiya siyosatini shakllantirishda va amalga oshirishda hamda O‘zbekistonning ekologik xavfsizligini ta'minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqishda qatnashadi;

  • vazirliklar va idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga, Vazirlar Mahkamasiga yirik strategik ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishga, normativ-huquqiy bazani shakllantirishga, iqtisodiyotni chuqurlashtirish va erkinlashtirishga yo‘naltirilgan takliflar, tavsiyalar va tahliliy axborotlar tayyorlaydi;

  • ustuvor investitsiya loyihalarini puxta ishlab chiqadi va ularning portfelini shakllantiradi, uzoq muddatli prognozlar, rivojlantirish ustuvorliklari, tarkibiy o‘zgartirishlar, shuningdek ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish yo‘nalishlari asosida xalqaro moliya tuzilmalari, xorijiy moliya va sug‘urta tashkilotlari hamda donor mamlakatlar bilan ularni amalga oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi;

  • xalqaro moliya tuzilmalari (Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki), xorijiy moliya va sug‘urta tashkilotlari hamda donor mamlakatlar bilan respublika uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ularni jalb etish yuzasidan istiqbolli va joriy dasturlarni o‘rganadi, umumlashtiradi va takliflar tayyorlaydi;

  • investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslashlari ishlab chiqilishini, ular moliyalashtirish tashkilotlariga qo‘yiladigan standartlarga to‘liq muvofiq holda zarurat bo‘lganda xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda belgilangan tartibda vakolatli organlarda ekspertizadan o‘tkazilishini muvofiqlashtiradi;

  • investitsiya loyihalarini tayyorlash, amalga oshirish va ularning samaradorligini baholash bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi, respublikadagi iqtisodiy va ijtimoiy qayta o‘zgartirishlar strategiyasidan kelib chiqib investitsiya jarayoni samaradorligini oshirish va ustuvor investitsiya loyihalari portfelini yangilash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritadi.

Каталог: www data -> articles -> file
file -> Neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg’i quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotish bo’yicha faoliyatni litsenziyalash reglamenti
file -> O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
file -> O’zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi Umumiy qism I bob. Asosiy qoidalar
file -> O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
file -> Tibbiy-mehnat ekspertiza xizmati faoliyatini tashkil etishni takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida
file -> Asosiy vazifalar
file -> O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
file -> Faxriy unvonlar egalariga to’lovlarni tayinlash va amalga oshirish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida
file -> O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa