Mavzu: PUL TIZIMI VA UNING EVOLYUTSIYASI
Kirish
1-Bob. Pul tizimi rivojlanishining nazariy asoslari
1.1. Pul: mohiyati, kelib chiqishi va asosiy turlari………………………….5
1.2. Pul tizimi to`g`risidagi nazariyalar……………………………………..9
1.3. Pul muomalasi qonunining nazariy jihatlari……………………………13
2-Bob. O`zbekiston Respublikasi milliy valyuta tizimining xususiyatlari
2.1. Jaxon valyuta tizimi taraqqiyoti asoslari……………………………….16
2.2. O`zbekistonda pul muomalasini tartibga solish tizimi…………………23
2.3. Markaziy bankning pul tizimini samarali tashkil etish siyosati………..26
Xulosa………………………………………………………………………28
Tayanch iboralar……………………………………………………………29
Ilovalar……………………………………………………………………...30
Adabiyotlar ro`yxati………………………………………………………...31
KIRISH
Har bir iqtisodiy kategoriyada amal qiluvchi hamda mamlakat rivojlanishining asosiy dastaklaridan biri pul bo‘lib, bozor iqtisodiyotiga o‘tish va unda ish yuritishda pulning mavqei va ahamiyati yanada oshib boradi. Darhaqiqat, pul - «bozor tili» deb bekorga aytishmagan. Har bir iqtisodiy axborot, tovarlar va xizmatlar bahosi, to‘lovlar, daromadlar va xarajatlar, moliyaviy talablar va majburiyatlar, iqtisodiy aloqalar makro va mikro darajalarda faqat pulda ifoda qilinadi.Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida pulning ahamiyatining oshishi shundaki, jamiyatimizda mavjud yuridik va jismoniy shaxslar faoliyati hamda ularning natijasi daromadi pul bilan bog‘liq. SHuning uchun ham, pul barcha iqtisodiy rivojlanish pog‘onalarida odamlarni o‘ziga jalb qilib kelgan. pulning kelib chiqish tarixi ko‘proq pulning evolyusion nazariyasi bilan bog‘liq. Tovar muomalasining evolyusion rivojlanish jarayonida umumiy ekvivalent shaklini har xil tovarlar o‘ynagan. Har bir jamoa o‘z tovarini ekvivalent sifatida o‘rtaga qo‘ygan. Lekin jamiyat taraqqiyoti shu tovarlar ichidan ikki guruh tovarlarning ajralib chiqishiga olib keldi. Bular – birinchi ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan tovarlar va zebu ziynat tovarlaridir.
Ishlab chiqarishning rivojlanishi natijasida dehkonchilik va chorvachilikdagi mehnat taqsimoti, tovar turlarining ko‘payishi almashinuv jarayonining yanada rivojlanishini taqozo qildi. Almashinuv jarayonida tovar egalari o‘zaro muloqotda bo‘lib, tovarning egasi o‘z mahsulotini (mulkini) baholagan. Shu baholash jarayoni biror o‘lchov birligi bo‘lishini taqozo qilgan. O‘tgan asrdagi iqtisodchilar pul – bu tovarlarning tovari, deb ifodalashgan va uning quyidagi xususiyatlarini izohlab berishgan: Birinchidan, pulning iste’mol qiymatida boshqa tovarlarning qiymati o‘z ifodasini topadi. Ikkinchidan, pulda ifodalanadigan aniq mehnat asosini abstrakt mehnat tashkil qiladi. Uchinchidan, pulda ifodalanuvchi xususiy mehnat ijtimoiy mehnat sifatida namoyon bo‘ladi. SHunga asoslangan holda, pul ham tovar, lekin boshqa tovarlardan farq qiluvchi xususiyatlarga ega bo‘lgan maxsus tovar degan xulosaga kelish mumkin. Uning maxsus tovar sifatida xususiyati shundaki, u barcha tovarlarning qiymatini o‘zida ifoda qiluvchi, umumiy ekvivalent hisoblanadi.
Kurs ishi asosan ikkita bob oltita rejadan iborat.Birinchi bob pul tizimi rivojlanishining nazariy asoslari deb nomlanadi.Birinchi bobda uchta reja bor. Biz bu rejalar orqali pul mohiyati, kelib chiqishi va asosiy turlar, pul tizimi to`g`risidagi nazariyalar, pul muomalasi qonunining nazariy jihatlari bilan tanishib chiqamiz. Ikkinchi bob O`zbekiston Respublikasi milliy valyuta tizimining xususiyatlari nomlanadi . Ikkinchi bobda uchta reja bor. Biz bu rejalar orqali jaxon valyuta tizimi taraqqiyoti asoslari ,O`zbekistonda pul muomalasini tartibga solish tizimi,markaziy bankning pul tizimini samarali tashkil etish siyosati haqida tushunchaga ega bo’lamiz.Bu rejalar oraqali mavzu yoritiladi va tushintiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |