1.2. Pul tizimi to`g`risidagi nazariyalar.
Ma’lumki, pul doimo iqtisodchilarning diqqat markazida bo’lgan. Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul muomolasiga ahamiyat yanada kuchaydi. Hozirgi paytda o’zbek tilida ishlatilayotgan “pul” so’zi asli forscha-tojikcha bo’lib, O’rta Osiyo xonliklari, Yaqin Sharqdagi ayrim davlatlarda qo’llanilgan naqd chaqa pul ma`nosida qo`llaniladi. Masalan, XVIII, XIX asrda Qo’qon xonligida1/45, - 1/30 tangaga teng bo’lgan. Eronda 1/40 qironga, Afg’onistonda 1932 yilgacha 1/100 afg’onga teng bo’lgan. Fikrimizcha, oltin tangalar o’rnida qog’ozning ishlatilishi uning qadri past, ya’ni oltin tanga bo’la olmasligini ta’kidlab, muomalada umumiy nom pul deb atala boshlagan bo’lishi kerak. Umumiy nom ham taraqqiyotning ma’lum bir yuqori bosqichida paydo bo’ladi. Pulning kelib chiqishi, tabiatiga nazariy jihatdan ikki xil: ratsionalistik va evolyutsion yondashuv mavjud. Ratsionalistik yondashuv asoschilari pulning kelib chiqishini kishilar o’rtasida kelishuv tufayli yuz bergan deb tushuntirishadi. Bu yondashuv XVIII asr oxirlarigacha hukm surgan. Bu sub’ektiv psixologik yondashuv hozirgi paytda ham ayrim iqtisodchilar tomonidan qo’llaquvvatlanadi.
Evolyutsion yondashuvda esa pul jamiyatning ijtimoiy – iktisodiy taraqqiyoti mahsuli deb qaraladi. Pul ob’ektiv zaruriyat tufayli turli-tuman tovarlar ichidan barcha tovarlarga ayirboshlanadigan maxsus tovar sifatida ajralib chiqqan. Pulning kelib chiqishi haqidagi har ikki yondashuvga xos nazariyalarni to’rt guruhga bo’lish mumkin.1. Metallik pul nazariyasi. Bu nazariyaga ko’ra qimmatbaho metallar oltin va kumush o’z tabiatiga ko’ra pul. Bu nazariyada pul va qimmatbaho metallar aynan bir xil narsa deb qaraladi. 2. Nominalistik pul nazariyasida pul shartli belgi, nominal hisob-kitob birligi, uning xarid quvvati davlat tomonidan qonunlashtiriladi. Bu nazariyaning ayrim namoyondalari pul oldi-sotdini tartibga solish uchun davlat tomonidan ijod qilingan degan fikrni ilgari surishadi. Bu nazariya metallik nazariyasiga qaramaqarshi nazariya bo’lib, pulni oltin bilan aloqasini uzadi, pulga tovar sifatida qarash rad etiladi.3. Pulning mehnat nazariyasiga ko’ra pul ichki qimmatga ega maxsus tovar. Uning qiymati umumiy ekvivalent rolini bajaruvchi maxsus tovar – oltin, kumushni qidirib topish, qazib chiqarish va undan tangalar tayyorlash uchun sarflangan mehnat xarajatlari bilan o’lchanadi.4. Pulning miqdoriylik nazariyasida pul ichki qadr-qimmatga ega emas. Pulning qimmati muomaladagi pul miqdori bilan aniqlanadi degan fikr ilgari suriladi. Pulninng oltin asosi bekor qilingan. Hozirgi paytda pul haqidagi nazariyalar ichida miqdoriylik nazariyasi eng obro’li nazariya hisoblanadi. Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori muammosi kapitalizm rivojlanishining boshlanish davriga borib taqaladi. «Yangi dunyo» Amerika qit’asi kashf etilgach, u yerlardan Evropaga qimmatbaho metallarni oqib kelishi (1503-1560 yillar davomida Ispaniyaga 120 tonna oltin, 574 tonna kumush olib kelindi) tovarlar narxini 2,5-4 martagacha oshib ketishiga olib keldi. Ana shundan so’ng iqtisodchilar muomaladagi pul miqdorini o’rganishga diqqat-e’tiborlariini qaratdilar. Miqdoriylik nazariyasining asoschisi bo’lib, fransuz iqtisodchisi J. Boden (1530-1596) hisoblanadi. 18 asrda pulning miqdoriylik nazariyasini Angliyada – D. Yum va J. Mill, Fransiyada Sh. Monteskelar rivojlantirishdi. Pulning miqdoriylik nazariyasi XX asrda keng yoyildi, iqtisodchilarning diqqat-e’tibori qaratiladi. Bunga sabab pul muomalasi muammolari va qog’oz pullarning xarid qobiliyatini pasayib ketishi bo’ldi. O’zbekiston respublikasining pul tizimining elementlari:
1. Pul birligi - so’m
2. Pul birligining turlari – qog`oz va metal pullar
3. Ularni muomilaga chiqarish qoidalari.
4. Pul, kredit valyuta boshqaruvini amalga oshiruvchi davlat organlari.
5. Naqd pulsiz tulov aylanishi va kredit pullar muomilasining olib borishda davlat tomonidan belgilangan shartlar.
6. Milliy valyutani chetga olib chiqish va chetdan olib kelish qoidalari.
7. Xalqaro xisob - kitoblarni tashkil qilish asoslari.
8. Milliy valyutani chet el valyutasiga almashtirish tartibi va davlat tomonidan belgilangan valyuta kursi.
O’zbekiston milliy pul tizimining asosiy elementi bo’lmish so’m jamiyat manfatlariga xizmat qiladi. Shuning uchun pul tizimining asosiy vazifasi milliy pulimizning qadrini mustahkamlashdan iborat. Bu juda ma’suliyatli va oson bo’lmagan vazifa. O’zbekistonning o’z iqtisodini bozor talablariga mos ravishda rivojlantirishga qaratishi, bozor iqtisodiyotiga o’tishda O’zbekistonning o’ziga xos xususiyatlariga ega ekanligi milliy valyutaning barqaror bo’lishini taqozo etadi. Zero mustaqil pul tizimiga ega bo’lmasdan iqtisodiy jihatdan mustaqil davlat bo’lishi mumkin emas. Shu boisdan Respublikamiz birinchi Prezidenti I.A.Karimov – « bugungi eng muhim vazifa valyutamizni baquvvat, dunyoda obruli valyutaga aylantirishdir u, yuksak va katta kuchga ega bo’lishi lozim» - degan edi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, respublikamizda 2003 yilning 15 oktyabridan joriy xalqaro operasiyalar bo’yicha so’mning erkin almashtirilishi joriy etildi. Respublikamizda milliy valyutani xorijiy valyutalarga erkin almashtirishga erishilganligi mamlakatimiz iqtisodiyoti yangi yuksalishlarga erishayotganligidan, uni jahon iqtisodiy hamjamiyatdagi integrasiya jarayoni yanada tezlashayotganligidan dalolat beradi. Respublikamiz Prezidentining 2005 yil 5 avgustdagi PK-147 sonli «Banklardagi depozit xisob varaqalaridan naqd pul tulovlarini o’zliksiz ta’minlash to’ђrisida» gi qarori asosida banklarga bo’lgan ishonchning ta’minlanishi natijasida 2005 yil yanvar - iyul oyida bank kassalariga tushgan o’rtacha oylik naqd pul tushumlari 344 mlrd. so’mni tashkil etgan bo’lsa, maskur qaror qabul qilingandan so’ng avgust – dekabr oylarida bu ko’rsatkich 515 mlrd. so’mni tashkil qildi yoki 49,7 % ga oshdi.
1. Metallik pul nazariyasi. Bu nazariyaga ko’ra qimmatbaho metallar oltin va kumush o’z tabiatiga ko’ra pul. Bu nazariyada pul va qimmatbaho metallar aynan bir xil narsa deb qaraladi.
2. Nominalistik pul nazariyasida pul shartli belgi, nominal hisob-kitob birligi, uning xarid quvvati davlat tomonidan qonunlashtiriladi.
Bu nazariyaning ayrim namoyondalari pul oldi-sotdini tartibga solish uchun davlat tomonidan ijod qilingan degan fikrni ilgari surishadi. Bu nazariya metallik nazariyasiga qaramaqarshi nazariya bo’lib, pulni oltin bilan aloqasini uzadi, pulga tovar sifatida qarash rad etiladi.
3. Pulning miqdoriylik nazariyasida pul ichki qadr-qimmatga ega emas. Pulning
qimmati muomaladagi pul miqdori bilan aniqlanadi degan fikr ilgari suriladi. Pulninng oltin asosi bekor qilingan.
1.
2.
3.
Hozirgi paytda pul haqidagi nazariyalar ichida miqdoriylik nazariyasi eng obro’li
nazariya hisoblanadi. Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori muammosi kapitalizm rivojlanishining boshlanish davriga borib taqaladi.
«Yangi dunyo» Amerika qit’asi kashf etilgach, u yerlardan Yevropaga qimmatbaho
metallarni oqib kelishi (1503-1560 yillar davomida Ispaniyaga 120 tonna oltin, 574 tonna kumush olib kelindi) tovarlar narxini 2,5-4 martagacha oshib ketishiga olib keldi. Ana shundan so’ng iqtisodchilar muomaladagi pul miqdorini o’rganishga diqqat-e’tiborlarini qaratdilar. Miqdoriylik nazariyasining asoschisi bo’lib, fransuz iqtisodchisi J. Boden (1530-1596) hisoblanadi.18 asrda pulning miqdoriylik nazariyasini Angliyada – D. Yum va J. Mill, Fransiyada Sh.Monteskyelar rivojlantirishdi. Pulning miqdoriylik nazariyasi XX asrda keng yoyildi, iqtisodchilarning diqqat-e’tibori qaratiladi. Bunga sabab pul muomalasi muammolari va qog’oz pullarning xarid qobiliyatini pasayib ketishi bo’ldi.
Pul forscha-tojikcha ko’prik degan ma’noda ishlatiladi, u ayirboshlashga xizmat qiluvchi ko’prik vazifasini o’taydi degan fikrlar ham yo’q emas.
Pulning miqdoriylik nazariyasining g’oyasi oddiy: muomalada mavjud pul miqdorining o’zgarishi, tovar va xizmatlar narxining absolyut darajasini o’zgarishiga olib keladi, u o’z navbatida pulning xarid quvvatini o’zgarishiga olib keladi.Bu nazariya pul va tovar bozori o’rtasidagi bog’lanishni tushunishga yordam beradi.Pulning miqdoriylik nazariyasi yagona kontseptsiyani ifodalamaydi. Asosiy g’oyaatrofida iqtisodchilarning turli-tuman fikrlari mavjud bo’lib, u har bir iqtisodchining o’z qarashi,nuqtai nazari, qo’ygan maqsadi iqtisodiy tahlili bilan bog’liq.
Pul maxsus tovar bo’lib, tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashning mahsulidir. Pulning kelib chiqishi to’g’risidagi evolyutsion kontseptsiyaga binoan, u ijtimoiy mehnat taqsimotining,tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashning natijasi.
Dastlab, ayirboshlash tasodifiy tarzda yuz bergan. Tasodifiy ayirboshlash mahsulot tovarga aylanganligini bildiradi. Ayirboshlash natijasida mo’’jiza yuz beradi. Bir tovar, aytaylik,qo’y bosh-qa bir tovarga — boltaga aylanib qoladi. Chunki, bunda turli xil iste’mol qiymatlari ayirboshlanadi.
Bir tovarni bevosita boshqa tovarga almashtirish hozir ham mavjud bo’lib, u barter debataladi. Lekin bunday ayirboshlash juda cheklangan, ozgina tovarlar o’rtasidagina amalga oshirish mumkin.
Tovar ayirboshlash rivojlanishi bilan tasodifiy qiymat shaklidan to’la yoki kengayganshaklga o’tadi. Ayirboshlashda endi bir qancha tovar egalari ishtirok etadi.Hayot tovarlar ichidan boshqa hamma tovarlarga ayirboshlash mumkin bo’lgan bir tovarning ajralib chiqishini ob’ektiv zarurat qilib qo’ydi.
Ana shu zarurat tufayli turli yurtlarda turli narsalar ana shunday ayirboshlash vositasisifatida ishlatilgan. Ba’zi joylarda mo’yna, boshqasida chorva mollari, chig’anoq, tuz, don va hokazolar qadrlanib, boshqa hamma narsalarga almashtirilgan. Lekin turli narsalarni ayirboshlash vositasi sifatida ishlatilishi almashuvning o’ziga xos ziddiyatlarini namoyon qildi. Sababi, bir yurtda qadrlangan narsa boshqa yurtda unchalik qadrlanmagan. Undan tashqari,ayrim narsalarni uzoq saqlab bo’lmasligi, uzoq joyga olib borish qiyinligi (masalan, chorvamollarini) qo’shimcha qiyinchilik tug’dirgan. Natijada tovarlar ichidan shunday bir tovar ajralib chiqishi ob’ektiv zarurat bo’lib qoldiki, bu tovar qator xususiyatlari bilan avvalgi ayirboshlash vositasi bo’lib xizmat qilgan tovarlardan quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turishi talab etilgan:
1. Uzoq muddat saqlash mumkinligi.
2. Uzoq masofaga olib borish qulayligi.
3. Tabiatda kamyob bo’lib, kam miqdorining ham qadr-qimmatini yuqoriligi.
4. Sifat jihatidan bir xilligi.
5. Qadr-qimmatini yo’qotmay, oson bo’linishi va qo’shilishi.
Mana shunday xususiyatlarga nodir metallar, kumush va oltin ega bo’lib, ular har qanday boshqa tovarga ayirboshlanadi, ya’ni umumiy ekvivalent rolini o’ynaydi. Ana shunday xossaga ega bo’lgan alohida tovar pul deb ataladi.Dastlab, muomalada kumush va oltin pullar, so’ngra oltin, ke-yinchalik oltinning belgisi sifatida qog’oz pullar yuritilgan.Hozirgi paytda elektron (kredit kartochkalari) pullar paydo bo’lib keng qo’llanila boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |