«Turizm to‘g‘risida»
gi Qonunning yangi
tahririni ishlab chiqish natijasida turistik sohani rivojlantirish bo‘yicha davlat
siyosatining asosiy yo‘nalishlari aniqlab beriladi, mazkur sohada tadbirkorlikning
keng rivojlanishiga zamin yaratiladi.
Harakatlar strategiyasi dasturiga asosan 2017 yilda aeroport va vokzallarda
xizmat ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilash nazarda tutilmoqda. Mazkur yo‘nalish
xorijiy turistlarni kutib olayotgan yoki kuzatayotgan turistik faoliyat subъektlari
xodimlariga belgilangan tartibda rejim va himoya choralariga amal qilgan holda
maxsus ruxsatnomalar berish orqali aeroport va vokzallar zallarida hozir bo‘lishiga
ruxsat berish kabi chora tadbirlarni o‘z ichiga oladi
Turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish va yangi turistik marshrutlarni
yaratish, jumladan: mamlakat barcha hududining turistik imkoniyatini o‘rganish va
yangi turistik mahsulotlar va marshrutlarni shakllantirish; aholi uchun turlar va
66
ekskursiyalar o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;ichki
marshrutlar bo‘yicha yangi aviaaloqalar ochish; marketing tadqiqotlarini o‘tkazish
asosida hududiy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha charter reyslarini tashkil etish
maqsadida yangi turistik marshrutlarni yaratish, turizmning zamonaviy turlarini
rivojlantirish, ularning jozibadorligini kuchaytirishga oid islohotlarni yanada
takomillashtirish bo‘yicha tadbirlar Harakatlar strategiyasidan joy egallagani turistik
xizmatlar ko‘rsatuvchi subъektlarning imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Bu esa
o‘z navbatida mamlakatimiz turizm sohasidagi ikkita katta muammolar, birinchisi
o‘z faoliyatining barcha turlarini miqdor va sifat jihatidan kengaytirish, ikkinchidan
pulli xizmatlar ko‘rsatish sohasini yanada rivojlantirishga imkon yaratadi.
Tarkibiy
o‘zgartirishlarni
chuqurlashtirish
hisobiga
iqtisodiyotning
raqobatbardoshligini
oshirishdaishlab
chiqarishni
mahalliylashtirishni
rag‘batlantirish siyosatini davom ettirish hamda, eng avvalo, isteъmol tovarlar va
butlovchi buyumlar importining o‘rnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini
kengaytirish Harakat dasturining eng ahamiyatli vazifalari qatoridan o‘rin olgan.
Belgilangan ushbu vazifani bajarish yo‘nalishida mustaxkam zamin yaratilgan
bo‘lib, 2016 yilda Mahalliylashtirish dasturi doirasida qiymati 6145,8 milliard
so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarildi va o‘sish 2015 yilning shu
davriga nisbatan 1,5 barobarni, import o‘rnini bosish samaradorligi 2,1 milliard
dollarni tashkil qildi.
Mahsulotlar raqobatbardoshliligini oshirish orqali xo‘jalik yurituvchi
subъektlarning eksport salohiyatini yuksaltirish iqtisodiy sohada amalga
oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Hozirgi kunda tashqi
iqtisodiy aloqalarning son va sifat jihatidan o‘sishi bu jarayonlarni har tomonlama
chuqur o‘rganishga yanada yuksak talablar qo‘ymoqda.
Turli mulkchilik shakllaridagi korxonalarning ishlab chiqarish, ilmiy -
texnikaviy, valyuta-moliyaviy, xorijiy sheriklar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni
amalga oshirish, tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari
hisoblangan eksportga mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, turizmni
rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish jarayonlarida maъlum bir
67
muammolar mavjud bo‘lib, ularning hal etilishi bugungi kunning dolzarb vazifasi
hisoblanadi.
Mamlakatimiz eksport salohiyatidan samarali foydalanish va uni
kengaytirishda eksportchi korxonalarning maqsad va vazifalarini aniq belgilash,
ularni amalga oshirish yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda eksport strategiyasini
shakllantirish korxonalarni hozirgi paytda kuchli raqobat sharoitida o‘z o‘rni va
mavqeni to‘g‘ri belgilab olishiga yordam beradi. Jahon bozorlarida raqobatning
keskin tus olishi shuni ko‘rsatmoqdaki, endilikda korxonalar o‘z maqsad va
vazifalarini belgilashda nafaqat mahsulotga bo‘lgan oddiy talab va taklifdan kelib
chiqishlari kerak, balki birinchi navbatda, salohiyatli isteъmolchilarining ehtiyojlari,
hohish-istaklari hamda maqsadlarini doimo diqqat markazda tutib, ularni chuqur
o‘rganishlari va shu sharoitga mos keladigan strategiyani amalga oshirishlari muhim
bo‘lib qolmoqda.
Oxirgi yillar davomida diversifikatsiya qilish va iqtisodiyot sohalarini
raqobatbardoshligini oshirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar natijasida
jahon iqtisodiyotida inqiroz holatlari hamon saqlanib turgan va jahon bozoridagi
narxlar darajasi pastligi respublikaning asosiy eksport nuqtalariga taъsirini
kamaytirishga erishildi.
Yurtimiz eksportchilarining tashqi bozordagi o‘rnini saqlash hamda
mamlakatning salohiyatini ko‘chaytirish maqsadida xorijga mahsulot etkazib berish
hajmini ko‘paytirish, eksport qilinadigan mahsulotlar turi va geografiyasini
diversifikatsiya qilish, eksport faoliyatiga yangi korxonalarni jalb etish ishlari
davom ettirildi.
2016 yil davomida yana 877 korxona eksport faoliyatiga jalb etildi, mahalliy
mahsulotlarni chetga etkazish geografiyasi 60 ta yangi bozorga ko‘paydi. Xususan,
Birlashgan Arab Amirliklari, Livan, Iordaniya, Iroq, Gana, Senegal, Kot-d`Ivuar,
Somali, Nigeriyaga engil avtomobillar, SHvetsiya, Ruminiya, Bolgariya, Turkiya,
Indoneziya, Molodoviya va Ozarbayjonga mineral o‘g‘itlar, Belarus, Ozarbayjonga
sport poyabzallari, Polsha va Janubiy Koreyaga charm buyumlar va boshqa
mahsulotlar eksport qilindi.
68
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning mamlakatimizni
2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga
mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan
Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi maъruzasida “mamlakatimiz
iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini yanada rivojlantirish
bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish 2017 yilda so‘zsiz hal qiluvchi
faoliyat yo‘nalishiga aylanishi zarur”-deb taъkidlab o‘tildi
8
.
Ushbu maъruzada davlat rahbari mazkur sohaningi holatiga tanqidiy baho
berib mashinasozlik kompleksida import hajmi eksportdan bir necha barobar yuqori
bo‘lib, mahalliylashtirish darajasi esa importga nisbatan 20 foizdan ham ekanligi,
hamda ayni vaqtda mashinasozlik kompleksi, «O‘zfarmsanoat» konserni va
«O‘zbekenergo» aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalarda import hajmi eksport
hajmidan o‘nlab marta ko‘p ekanligini aytib o‘tdi. SHubilan birga
«O‘zqurilishmateriallari» aksiyadorlik jamiyati va «O‘zbekneftgaz» kompaniyasi
tizimida mahalliylashtirilgan mahsulotlar hajmi import miqdoriga nisbatan 25-30
foizdan oshmasligi taъkidlab o‘tildi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Harakat strategiyasidagi mamlakatimizning
2017 yil uchun dasturida eksportga mo‘ljallangan mahsulotlarni yuqori darajada
mahalliylashtirishga yo‘naltirilgan iqtisodiyotning istiqbolli sohalarini rivojlantirish
dasturini tasdiqlash ko‘zda tutilgan.Mazkur ishlarni amalga oshirish yangi ishlab
chiqarish quvvatlarini barpo etish va modernizatsiya qilish, raqobatdosh, eksportbop
mahsulot hamda materiallarni ishlab chiqish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy
etishga xizmat qiladi.
2018-2021
yillarga mo‘ljallangan eksport faoliyatini rivojlantirish
Konsepsiyasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorini qabul qilish
ham 2017 yildagi asosiy vazifa bo‘lib unda quyidagilar nazarda tutiladi:
yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlarni eksport qilishni
kengaytirish;
8
Do'stlaringiz bilan baham: |