69
O‘zbekiston uchun savdo aloqalari rivojlantirish
borasidagi maqsadli
bozorlarni aniqlash;
tashqi bozorlar konъyunkturasini o‘rganish asosida katta hajmdagi eksportbop
tovarlarni ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish;
tashqi bozorlarni marketing o‘rganish usulini rivojlantirishni davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlash;
belgilangan bozorlarni asosiy ishtirokchilar bilan uzviy o‘zaro hamkorlik
o‘rnatish orqali ushbu bozorlarni milliy mahsulotlar
bilan taъminlash;
xalqaro sifat standartlarni (ISO 9001) keng joriy etish, ishlab chiqaruvchilarni
tashqi bozorlarda mahsulotlarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi
maъlumotlar bilan tanishtirish.
Transport-kommunikatsiya tarmog‘ini modernizatsiyalash va tranzit
salohiyatini oshirishga qaratilgan islohotlar izchillik bilan amalga oshirilishi
mamlakatimizning xalqaro transport kommunikatsiyalariga
integratsiyalashuviga
xizmat qilmoqda. 2015-2019 yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-
transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish Dasturiga muvofiq,
2016 yilda Respublika Yo‘l jamg‘armasi hisobiga 520,1 kilometr avtomobil yo‘llari
qurilishi va taъmirlanishi yakunlandi.
Toshkent–Buxoro va Buxoro–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha yuqori tezlikda
harakatlanadigan «Afrosiyob» yo‘lovchi elektr poezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
291,5 km uzunlikdagi Samarkand–Buxoro temiryo‘l qismini elektrlashtirish loyihasi
yakunlandi. Havo kemalari parki 2 ta zamonaviy «Boeing 787-800 Dreamliner»
samolyotlari bilan to‘ldirildi. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 2016
yilda yuk tashish hajmi 5 foizga, shundan avtomobil transporti 5,3 foizga, havo
transporti 8,8 foizga oshdi
9
.
Davlatimiz rahbari shu yil 14 yanvarda bo‘lib o‘tgan Vazirlar Mahkamasining
majlisidagi maъruzasida taъkidlaganlaridek, “Hayotning o‘zi va o‘tgan
yillar
tajribasi hududlarni kompleks rivojlantirishni va infratuzilma faoliyatini tubdan
o‘zgartirishni taъminlashdagi jiddiy kamchiliklarni bartaraf etishni talab qilmoqda.
9
www.gov.uz/uz/news/category/1
70
Yakuniy maqsad – iqtisodiyot tarmoqlari uchun ishonchli infratuzilmani
shakllantirish, shahar va qishloq aholisiga qulay shart-sharoit yaratib berishdir”
10
.
Sohadagi islohotlarni yanada chuqurlashtirishda
davlatimiz rahbarining
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
to‘g‘risida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan 2017—2021 yillarda O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar
strategiyasi muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi.
3.2. Mintaqalarni rivojlantirish va
sanoati tarmoq tarkibining
investitsiyaviy-innovatsion strategiyasi
O‘zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 12 ta
viloyat, Toshkent shahri va jami viloyatlar tarkibida 157 tuman va shaharchalardan
iborat. O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘yicha dunyo davlatlari bo‘yicha 55
o‘rinni, aholisining soni bo‘yicha 39 o‘rinni egallab turibdi.
Mamlakatimizni 2017-2021 yillarda rivojlantirishning
Harakat strategiyasida
viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutonosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish,
ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish masalasiga alohida
eъtibor qaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning mamlakatimizni
2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga
mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan
Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi “Tanqidiy tahlil,
qatъiy tartib-
intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi
kerak” maruzasida aynan, “... iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani, shuningdek,
mamlakatimiz hududlarini rivojlantirish bo‘yicha qaysi eng muhim ko‘rsatkichlarni
joriy yil birinchi choragi va birinchi yarim yilligida bajarish uchun nima qilish
kerak?” taъkidlab o‘tganlar
11
.
10
Do'stlaringiz bilan baham: