58
3.1. Iqtisodiyotda amalga oshayotgan innovatsion jarayonlar.
Tarkibiy tuzilish iqtisodiyotning muvozanatli rivojlanishi, uning samarali va
barqaror o’sishi uchun katta ahamiyat kasb etadi. Masalan, Janubiy-sharqiy
Osiyodagi yangi industrial mamlakatlardagi ishlab chiqarishning jadal o’sishi eng
avvalo ushbu mamlakatlar uchun yangi noan’anaviy bo’lgan tarmoqlarni tezlik bilan
rivojlantirish, ya’ni milliy iqtisodiyot tuzilishini keskin o’zgartirish natijasida ro’y
berdi.
Milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilmasi turli soha
va tarmoqlarning nisbatini
namoyon etib, ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida shakllanadi. Mazkur tuzilmaga fan-
texnika taraqqiyoti, iqtisodiyotning siklik rivojlanishi va boshqa omillarning ta’siri
ostida ro’y beruvchi miqdoriy va sifat o’zgarishlar ta’sir ko’rsatadi.
Milliy iqtisodiyot tarkibiy tuzilmasining shakllanishiga ta’sir ko’rsatuvchi
omillarga quyidagilar kiradi:
- mamlakatning tabiiy-geografik va geosiyosiy jihatdan joylashuvi;
- tarkib topgan bozor kon’yunkturasi;
- bozorlarning monopollashuv darajasi va sig’imi;
- mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtiroki va o’rni;
- ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanganlik darajasi;
- fan-texnika taraqqiyotning rivojlanish sur’atlari, tavsifi va miqyosi;
- ishlab chiqaruvchi kuchlarning sifati;
- hududning maydoni va infratuzilma bilan ta’minlanganligi;
- ekologiyaning holati.
Shuni ta’kidlash lozimki, milliy iqtisodiyot tarkibiy tuzilmasining samarali
shakllanishi va rivojlanishi uchun uning turli qismlari o’rtasida
mutanosiblik ham
mavjud bo’lishi kerak.
Milliy iqtisodiyotning mutanosibliklari eng avvalo yuqorida aytib o’tilgan
omillar ta’siri ostida ob’ektiv tarzda shakllanadi. Mazkur mutanosibliklarning tarkib
topish jarayoni ayni paytda iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarish va siljishlar, ijtimoiy
ishlab chiqarish hamda hududlararo ijtimoiy-iqtisodiy
aloqalarning rivojlanishiga
turtki beradi.
59
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev tomonidan qabul qilingan
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
to‘g‘risida”gi Farmonida olib borilayotgan islohotlar
samarasini yanada oshirish,
davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar
yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda
hayotning barcha sohalarini
liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida 2017 —
2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi
5
. Ushbu
Harakatlar strategiyasida
iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari alohida
muhim o‘rin egallaydi.
Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning
asosida albatta tarkibiy
o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning
etakchi tarmoqlarini
modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish
masalasi turadi.
Butun jahonda “
Do'stlaringiz bilan baham: