7
Mavzuning dolzarbligi
. Jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa barcha
muammolarni hal qilishning asosiy yo’li – bu milliy iqtisodiyotning barqaror
rivojlanishi va iqtisodiy o’sishiga erishishdir. Aholi farovonligining oshirib borishi
ham pirovard natijada iqtisodiy o’sish darajasi va sur’atlariga bog’liq.
Shu sababli
ushbu bob iqtisodiy rivojlanishning mohiyati, uning darajasini ifodalovchi
ko’rsatkichlar, iqtisodiy o’sishning mazmuni, turlari va ko’rsatkichlarini bayon qilish
bilan boshlanadi. Bob davomida iqtisodiy o’sishning omillari, milliy boylik va uning
tarkibiy tuzilishi, iqtisodiy o’sish borasida mavjud bo’lgan turli modеllar mazmunini
yoritib bеrishga ham o’rin ajratiladi.
Iqtisodiy islohotlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi va pul-kredit
siyosati puxta o‘ylab olib borilgani makroiqtisodiy barqarorlikni,
iqtisodiyotning
yuqori sur’atlar bilan o‘sishini, barcha tarmoq va sohalarda tadbirkorlik uchun keng
imkoniyatlar va qulay sharoitlar yaratilishiga xizmat qildi.
O‘tgan davrda taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, jahon miqyosida raqobat
tobora kuchayib borayotgani mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada barqaror va jadal
sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni
ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda.
Mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlarni tahlil qilish,
iqtisodiy islohotlarni
yanada
chuqurlashtirish
hamda
mamlakat
taraqqiyotini
jadallashtirishning
imkoniyatlari va aniq belgilangan maqsad yuqori natijalarga erishishning asosiy
me’zoni bo‘lmoqda.
Kelgusi vazifalarni belgilab olish maqsadida, jamoatchilik vakillari, davlat
organlarining rahbarlari va mutaxassislari bilan amaliy
suhbat hamda muhokamalar
olib borilishi, amaldagi qonun hujjatlari, rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi
o‘rganilishi natijasida 2017 yil 7 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
«O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha
Harakatlar strategiyasi
to‘g‘risida»gi PF-4947-sonli Farmoni qabul qilindi. Farmonda 2017-2021 yillarda
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi tarkibiy
qismlari aniq yoritilgan bo‘lib, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish
deb nomlangan uchinchi ustuvor yo‘nalishda makroiqtisodiy barqarorlikni
8
mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish,
milliy
iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish hamda investitsiyaviy muhitni
yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy
sarmoyalarni faol jalb etish va boshqa iqtisodiy masalalarga e’tibor qaratilgan.
Mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish, aholi farovonligini
oshirishning asosiy omili iqtisodiy o‘sish va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev 2018 yilning 28
dekabridagi Oliy Majlisga Murojaatnomalarida 2019
yilda mamlakatimizni
rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari to‘g‘risida to‘xtalib, makroiqtisodiy
barqarorlik va iqtisodiy o‘sish muhim ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdilar:
“Birinchidan, biz makroiqtisodiy barqarorlikni va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini
ta’minlashimiz shart. O‘tish davrida iqtisodiyot sohasida statistik hisobotlarni to‘g‘ri
yuritish va davlatning iqtisodiy salohiyatini aniq baholash juda muhimdir. SHu orqali
yalpi ichki mahsulotni xolisona baholashga erishish mumkin”
1
.
Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, makroiqtisodiy barqarorlikni va yuqori
iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlashda yalpi ichki mahsulotni xolisona baholashga
erishish, uning vaqt ta’sirida o‘zgarishi, yalpi ichki mahsulotga yuqori ta’sir etuvchi
omillar asosida regression va korrelyasion tahlillar o‘tkazish orqali ekonometrik
model, yaqin kelajakda yalpi ichki mahsulot o‘zgarishi prognozini ishlab chiqishning
muhimligi tadqiqot dolzarbligini asoslaydi.
Bitiruv malakaviy ishida itisodiy o’sishning nazariy asoslari tadqiq qilingan
bo’lib, O’zbekiston respublikasining so’nggi yillarda
yalpi ichki mahsulotining
o’zgarishi, uning tendensiyasi bo’yicha model tuzilgan.
Vaqtli qatorlar asosida model va prognoz ishlab chiqish prognozlashning
muhim yo’nalishi bo’lib, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonning vaqtga bog’liq o’zgarishi o’z
aksini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: