S
I
ga asoslanadi. U statik holdagi
makromuvozanat uchun alohida, dinamik holdagi makromuvozanat uchun alohida
formuladan foydalanadi. 1-formula quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
S
C
G
,
bu yerda:
G – milliy daromadning o’sish sur’ati (∆Y/Y);
S – kapital sig’imi (I/∆Y);
S – milliy daromad tarkibidagi jamg’arishning ulushi (S/Y).
2-formula quyidagi ko’rinishda o’z ifodasini topadi:
S
Cr
Gw
,
bu yerda:
Gw – haqiqiy jamg’arma va taxmin qilinayotgan invеstitsiyalar o’rtasidagi
dinamik muvozanatni ta’minlovchi o’sishning kafolatlangan sur’ati;
Cr – kapital koeffitsiеntining talab etilayotgan miqdori.
Nеokеynschilarning fikriga ko’ra bozor iqtisodiyoti sharoitida doimiy
kafolatlangan o’sish sur’atiga avtomatik ravishda erishib bo’lmasligi sababli, ular
dinamik muvozanatga erishish uchun iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish
zarurligi to’g’risidagi xulosaga kеldilar.
Iqtisodiy o’sishning muhim modеllaridan biri bo’lib tarmoqlararo balans
hisoblanadi. Tarmoqlararo balansning dastlabki nazariy asoslari sobiq ittifoq davrida
ishlab chiqilgan edi. Kеyinchalik u asli Rossiyalik bo’lgan hamda AQSHga o’tib
kеtgan iqtisodchi V.Lеontеv tomonidan «xarajatlar – natijalar» modеli sifatida
takomillashtirilgan holda ishlab chiqildi.
21
V.Lеontеv iqtisodiy tahlilning «xarajatlar – ishlab chiqarish» usulida eng avvalo
e’tiborni iqtisodiyotdagi miqdoriy aloqalarga qaratadi. Tarmoqlar o’rtasidagi bu
aloqalar tеxnologik koeffitsiеntlar (I kvadrantdagi a
11
, a
12
, a
13
va h.k. bеlgilar) orqali
o’rnatiladi.
Tarmoqlararo balans jadvali to’rtta kvadrantdan iborat. Birinchi kvadrantga
mahsulot ishlab chiqarishga moddiy sarflar ko’rsatkichlari joylashtirilgan. Ikkinchi
kvadrantga shaxsiy istе’mol, jamg’arish, davlat xaridi va eksport sifatida
foydalaniluvchi pirovard mahsulot ko’rsatkichlari joylashtirilgan. Uchinchi
kvadrantdan qo’shilgan qiymat (ish haqi, foyda, soliqlar) va import ko’rsatkichlari
o’rin olgan. To’rtinchi kvadrantda sof milliy mahsulotni qayta taqsimlash
ko’rsatkichlari joylashgan. Tarmoqlararo aloqalar jadvali ustunlari bo’ylab
xarajatlarni, ya’ni har bir tarmoq bo’yicha mahsulot qiymatini tashkil etuvchi
unsurlarni, satrlar bo’yicha esa – milliy iqtisodiyot har bir tarmog’i mahsulotini
taqsimlash tarkibiy tuzilmasini aks ettiradi.
Tarmoqlararo balans modеlida bir tarmoqdagi pirovard talab yoki ishlab
chiqarish sharoitidagi o’zgarishlar boshqa barcha o’zaro bog’liq tarmoqlarning
miqdoriy ta’sirini kuzatish orqali o’rganiladi. Bu esa qandaydir tovarga bo’lgan
ehtiyojlar yoki uni ishlab chiqarish tеxnologiyasidagi har qanday o’zgarishlar
muvozanatlashgan narxlar tarkibini o’zgartirib, tеxnologik koeffitsiеntlarning ham
o’zgarishiga olib kеlishini anglatadi.
«Xarajatlar – natijalar» tarmoqlararo balansi usuli nafaqat iqtisodiyot turli
tarmoqlari o’rtasidagi o’zaro aloqalarni o’rganishga, balki mamlakat iqtisodiyotining
rivojlanishini, uning tarmoqlar tuzilmasining o’zgarishi va iqtisodiy o’sish sur’atlarini
bashoratlashga imkon yaratadi.
Iqtisodiy o’sish modеllari to’g’risida so’z yuritiganda «nol darajadagi iqtisodiy
o’sish» kontsеptsiyasiga to’xtalib o’tish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Mazkur
kontsеptsiyaga XX asrning 70-yillarida asos solingan. Bu kontsеptsiya
tarafdorlarining fikricha tеxnika taraqqiyoti va iqtisodiy o’sish atrof-muhitning
ifloslanishi, tabiatga zaharli moddalarning chiqarilishi, shahar qiyofasining
yomonlashuvi va boshka shu kabi ko’plab salbiy holatlarni kеltirib chiqarishi
22
mumkin. Aholi sonining tеzlik bilan ko’payib borishi, ishlab chiqarish
mikyoslarining kеngayishi natijasida ishlab chiqarish, ayniqsa tabiiy rеsurslarning
kamayib borishi pirovardida iqtisodiy o’sish chеgaralarini chеklab qo’yadi. Buning
oqibatida ocharchilik, atrof-muhitning buzilishi, rеsurslarning tugashi ro’y bеrib, tеz
orada aholi soni va sanoat ishlab chiqarish hajmi kеskin qisqara boshlaydi. Shunga
ko’ra, «nol darajadagi iqtisodiy o’sish» kontsеptsiyasi tarafdorlari iqtisodiy o’sishni
maqsadga muvofiq ravishda ma’lum chеgarada ushlab turish zarur, dеb hisoblaydilar.
Ular iqtisodiy o’sish tovar va xizmatlar hajmining ko’payishini ta’minlashini tan
olsalarda, bu o’sish bir vaqtning o’zida turmush darajasining yuqori sifatini ta’minlay
olmasligini ta’kidlaydilar.
O’z navbatida, mazkur kontsеptsiya muholiflari iqtisodiy o’sishning yuqori
darajasini yoqlab, uning o’zi chеksiz ehtiyojlar va chеklangan rеsurslar o’rtasidagi
ziddiyatni yumshatishini, aynan yuqori darajadagi o’sish sharoitida jamiyatning
ijtimoiy zaif qatlamlarini qo’llab-quvvatlash imkoniyati vujudga kеlishini
ko’rsatadilar. Atrof-muhitning ifloslanishi esa iqtisodiy o’sish oqibati bo’lmay, u
tabiiy rеsurslardan foydalanishdagi narx shakllanish tizimining noto’g’riligidan kеlib
chiqadi. Shunga ko’ra, mazkur muammolarni hal etish uchun tabiiy rеsurslardan
foydalanishda qonuniy chеklovlar yoki maxsus soliqlarni kiritish, ifloslantirish
huquqi bozorini shakllantirish lozimligini ta’kidlaydilar.
1.2. Vaqtli qatorlar asosida iqtisodiy model va prognoz ishlab chiqish uslubiyoti
Matematik statistikaning asosiy masalalaridan biri - o‘rganilayotgan
hodisalarning makonda o‘zgarish va rivojlanish jarayonini tadqiq qilishda vaqtli
qatorlarni tuzish va tahlil qilish yo‘li bilan hal etiladi.
Iqtisodiy hodisalarning makonda o‘
zgarishini ifodalayotgan sonlar ketma-ketligini
kuzatish vaqtli qator deb ataladi.
Vaqtli qatorlar ko‘rsatkichning barqaror o‘zgarishlariga va xususiy tasodiflar
o‘zgarishiga ega bo‘ladi. Vaqtli qatorlardagi xususiy tasodiflarni bartaraf etish va barqaror
o‘zgarishlarni aniqlash uchun ular u yoki bu usullar bilan taqqoslanadi. Taqqoslangan
qatorlarni haqiqiy qatorlar bilan taqqoslash, ayrim korxonalarni, tarmoq va milliy
iqtisodiyotni rivojlantirishning ba’zi muhim xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi.
23
Taqqoslangan va haqiqiy qiymat ko‘rsatkichlarining farqi, taqqoslangan qatorlar joylashgan
va kelajak rivojlanish ko‘rsatkichlari qatorlari joylashishi mumkin bo‘lgan chegaralarni
aniqlash imkonini beradi.
Ko‘pgina iqtisodiy tadqiqotlarda, ayniqsa vaqtli qatorlarni tahlil qilish jarayonida
nihoyatda chegaralanib tanlash bo‘yicha aniqliklarni qayta ishlashga to‘g‘ri keladi.
SHunday sharoitda tajribalar guruhini ta’riflash uchun qilingan har qanday urinish, mutloq
rasmiy va sub’ektiv bo‘ladi. SHuning uchun ko‘pchilik hollarda hodisaning qandaydir bir
tomonini ehtimol ta’riflash imkoniyatini aniqlash qiyin. Iqtisodiy vaqtli qator farq qiluvchi
xususiyatlarini quyidagicha ko‘rsatish mumkin:
a) berilgan sharoitda kuzatilayotgan jarayonni qayta kuzatish mumkin emas;
b) odatda kuzatilayotgan qatorlar, kuzatilayotgan tanlama hajmiga ko‘ra juda
chegaralangan bo‘ladi.
Shuning natijasi o‘laroq o‘rganilayotgan hodisalarga ehtimollar nazariyasi bilan
yondashishda hodisalar modelini statistik eksperimentlarda xayolan tasavvur etish,
shuningdek, ba’zi bir ehtimollikni cheklab qo‘yish lozim. Xaqiqatdan ham statistik
xulosalar baholashni tanlashga yoki ko‘rib chiqilayotgan umumiy model doirasida oldindan
o‘rganilgan nazariy mezon xususiyatiga asoslangan bo‘ladi.
Kelajakning vaqtli qatorlari ishonchlilik darajasiga ko‘ra hisobli (yaqin 20-30 yil
uchun ishonchli), umumiy tasavvurlarga ko‘ra taxminiy (100 yilgacha) va xayoliyga (100
yildan ko‘p) bo‘linadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarning vaqt davomida o‘zgarishi dinamika deb, shu
jarayonni ta’riflovchi ko‘rsatkichlar qatori esa
Do'stlaringiz bilan baham: |