Iqtisodiyot va servis


So‘z boshi Kurs ishining maqsadi –



Download 65,5 Kb.
bet2/13
Sana24.03.2022
Hajmi65,5 Kb.
#508401
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2 5280752059543459399

So‘z boshi

Kurs ishining maqsadi – talabalar tomonidan tegishli kurslarda o‘rganilgan nazariy, tashkiliy va amaliy masalalarning o‘zlashtirilganlik darajasini, talabalarning mustaqil ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazishga o‘rgatish hamda tayyorlik darajasini aniqlash va baholashdir.


Kurs ishida talabaning oliy o‘quv yurtida tahsil olishi davomida to‘plagan nazariy va amaliy bilimlari yuzaga chiqadi, talabaning nazariy bilimlar bilan qurollanish darajasi, malaka va ko‘nikmasi ilmiy-ishlab chiqarish vazifalarini echishga qay darajada qo‘llay olishi orqali namoyon bo‘ladi.
Kurs ishi – talabalar mustaqil ishining asosiy va samarali shakllaridan biridir. Unda nazariy masalalarni o‘rganish, talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha vazifalarni bajarish va amaliyotni o‘tashga yakun yasaladi.
Kurs ishini bajarishdan oldin tavsiya etiladigan adabiyotlar bo‘yicha kursning nazariy materialini chuqur o‘zlashtirish, dastlabki ma’lumotlarni to‘plash, umumlashtirish va tahlil qilish zarurdir.
Kurs ishini bajarish talabaga turli xil axborot manbalari bilan mustaqil ishlashga o‘rganish, xalqaro rivojlanishning asosiy muammolarini chuqur o‘rganish va buning asosida mustaqil nazariy va amaliy xulosalar va takliflar ishlab chiqish imkonini beradi.


Kurs ishini bajarish tartiblari va unga qo‘yiladigan asosiy talablar
Mustaqil izlanishning o‘quv shakllaridan biri kurs ishidir. Kurs ishini yozish va himoya qilish jarayonida talabalar iqtisodiy fanlarni yanada chuqurroq o‘rganishadi. Milliy iqtisodiyot, uning alohida sektorlari va jahon xo‘jaligi darajasidagi iqtisodiy kategoriyalar, hodisa va jarayonlarning mohiyatini tushunish, murakkab nazariy muammolarni tahlil qilish, iqtisodiyotning fundamental muammosini makroiqtisodiyot darajasida hal qilish, uni amaliyotga tatbiq qilish haqida o‘ylashga, fikr yuritishga undaydi. Talabalar kurs ishining ilmiy, nazariy, g‘oyaviy darajasiga, shuningdek, uning yozilishi va rasmiylashtirish tartibiga e’tibor berishlari lozim.
Talabalar kurs ishlarini bajarish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev, mahalliy va chet el yetakchi iqtisodchi olimlarining asarlaridan, ularning iqtisodiy g‘oyalari, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Vazirliklarning me’yoriy hujjatlari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlaridan, fanga tegishli bo‘lgan darslik va o‘quv qo‘llanmalardan, internet ma’lumotlaridan keng foydalanishi hamda ularni mustaqil tahlil etishi va o‘zlarining mustaqil fikrlarini bayon etishi kurs ishining mazmunini yanada boyitadi.
Kurs ishining fanni mustaqil o‘rganishdagi muhim ahamiyati shundaki, talabalar adabiyotlar bilan ishlashni, ma’lumotlar to‘plash, ularni jadval, diagrammalarda tasvirlash, xulosa chiqarish hamda o‘tilgan mavzular yuzasidan o‘z fikrlarini mustaqil bayon qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar. Ana shu jarayonda talabalar o‘zlari ilmiy abstraksiyalash, induksiya va deduksiya, tahlil va sintez, statistik guruhlash kabi iqtisodiyot nazariyasining ilmiy bilish uslublari bilan bir qatorda, agregatlash, iqtisodiy matematik modellashtirish kabi bevosita makroiqtisodiyot faniga tegishli uslublarni ham qo‘llagan holda alohida hodisa va jarayonlar yuzasidan umumiy xulosa chiqarishni o‘rganadilar.

Download 65,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish