Iqtisodiyot va servis


Kurs ishini baholash tartibi



Download 65,5 Kb.
bet6/13
Sana24.03.2022
Hajmi65,5 Kb.
#508401
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2 5280752059543459399

Kurs ishini baholash tartibi

Kurs ishini baholash mezoni talabalarda ilmiy izlanishga qiziqish uyg‘otish, ularga to‘g‘ri ta’lim-tarbiya berishga xizmat qilishi zarur. SHu boisdan, har bir o‘qituvchi kurs ishiga taqriz yozish masalasiga, ob’ektiv nuqtai-nazardan yondashib, bajarilgan ishni talabaning javob berish darajasini ham hisobga olgan holda baholashi maqsadga muvofiq.


Kurs ishi sifat darajasiga qarab tabaqalashgan holda baholanishi zarur. Reyting tizimi bo‘yicha talabaning kurs ishi 5 “baho”lik tizim asosida baholanadi. SHuning uchun kurs ishini quyida berilgan jadvalda keltirilgan mezonlar bo‘yicha baholash maqsadga muvofiqdir.


Kurs ishini baholash tartibi va mezonlari





Belgilangan ball

Baholash mezonlari

1.

4,5-5
A+, A

Rejadagi savollarning mazmuni ijodiy yondashilgan holda yoritilgan bo‘lsa, foydalanilgan adabiyotlar va ma’lumotlarga havolalar berilib, adabiyotlar ro‘yxatida ko‘rsatilgan bo‘lsa va ish bo‘yicha berilgan savollarga aniq va to‘liq javob berib, o‘zining fikrini erkin bayon etsa, bunday tayyorlangan ishlarga “a’lo” baho qo‘yish mumkin.

2.

4,1-4,4
B+, B

Ish bo‘yicha berilgan savollarga aniq va to‘liq javob berib, o‘zining fikrini erkin bayon etsa, foydalanilgan adabiyotlar va ma’lumotlarga havolalar berilib, adabiyotlar ro‘yxatida ko‘rsatilgan bo‘lsa va bunday tayyorlangan ishlarga “juda yaxshi” baho qo‘yish mumkin.

3.

3,5-4
C+, C



Agar rejadagi 4-5 savolning 3-4 tasiga to‘liq javob yozilgan bo‘lib, bittasiga etarlicha javob berilmagan bo‘lsa yoki barcha savollar etarli yoritilib, himoya yetarli bo‘lmasa, talabaning javob berishiga qarab “yaxshi” baho qo‘yish mumkin.

4.

3-3,4
D+

Rejadagi 4-5 ta savolning bitta yoki ikkitasining mazmuni yoritilib, qolgan savollarga etarli javob berilmagan bo‘lsa, to‘g‘ri yozilgan javoblar ham darslik va kitoblardan ko‘chirilgan, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati yo‘q, havolalar berilmagan va boshqa shu kabi imlo tavsifidagi kamchiliklar mavjud bo‘lsa va bu kamchiliklar himoyagacha tugatilsa, talabaning javobini hisobga olib, bu kabi ishlarni “juda qoniqarli” baholash mumkin.



5.

1-2,9
D

Rejadagi 4-5 ta savolning bitta yoki ikkitasining mazmuni yoritilib, qolgan savollarga etarli javob berilmagan bo‘lsa, to‘g‘ri yozilgan javoblar ham darslik va kitoblardan ko‘chirilgan, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati yo‘q, havolalar berilmagan va boshqa shu kabi imlo tavsifidagi kamchiliklar mavjud bo‘lsa va bu kamchiliklar himoyagacha tugatilsa, talaba himoya qila olmasa, bu kabi ishlarni “qoniqarli” baholash mumkin.

6.

0-0,9
FAI

Kurs ishida quyidagi kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa:

  • reja noto‘g‘ri va umuman, qoniqarsiz tuzilgan bo‘lib, mavzuning mazmuniga mos tushmasa;

  • kurs ishi e’tiborsizlik bilan pala-partish bajarilsa;

  • javoblar, asosan, o‘quv adabiyotlaridan ko‘chirilgan bo‘lsa;

  • foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati keltirilmagan bo‘lsa;

  • foydalanilgan adabiyotlar va ma’lumotlarga havolalar berilmagan bo‘lsa;

  • rejadagi savollar mohiyati biri ikkinchisidan ajratilmagan holda berilsa;

- kurs ishi talabaning o‘z husni xati bilan bajarilmagan yoki texnik jihatdan rasmiylashtirish talablariga javob bermasa.

Kurs ishini to‘g‘ri rasmiylashtirishga jiddiy e’tibor berish ham muhim hisoblanadi. CHunki kurs ishini mazmunli va etuk saviyada yozish bilan birga, uni savodli rasmiylashtirishga e’tibor berilsa, bu taqrizda alohida ko‘rsatiladi.


SHunday qilib, kurs ishining ham ijobiy, ham salbiy tomonlarini tahlil qilish, talabalarga tanlangan muammo bo‘yicha chuqur, nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lishida ko‘maklashadi hamda ularni kelajakda yetuk iqtisodchi-mutaxassislar bo‘lib etishishiga yordam beradi. Talabaning yozgan kurs ishini hech qanday asossiz qoniqarsiz baholashga yo‘l qo‘yish mumkin emas, aks holda, bu ularning xafsalasini pir qilib, o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqini so‘ndiradi, ya’ni talabaning ijodiy faoliyatiga ta’sir qiladi. SHu boisdan taqrizda kurs ishi mavzusi, mohiyati qay darajada yoritilganligini har tomonlama ob’ektiv tahlil qilib, qo‘yilgan bahoni dalillar bilan asoslash lozim.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, kurs ishini yozish natijasida talabalar ijodiy fikrlay boshlaydi. Bu esa ularga kelgusi ilmiy ishlarini mustaqil tarzda yozishida katta ahamiyatga ega.



Download 65,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish