"iqtisodiyot va menejment "



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet236/270
Sana12.07.2022
Hajmi3,21 Mb.
#781859
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   270
Bog'liq
IQTISODIYOT VA MENEJMENT DARSLIK

Boshqaruv jarayoni
deganda biz turli tuman takrorlanib turuchi tsikllarni 
birlashishini va o’zaro harakatda bo’lishini tushunamiz. Bularga boshqaruv 
apparatlari xizmatchilari tomonidan bajariladigan kasb vazifasi va malakasi,
texnologiya, operatsiya, protsedura va elementlar kiradi. 
Boshqaruv jarayoni mazmunining uch jihatini ajratish mumkin:
-
texnikaviy;
-
ishlab chiqarish;
-
iqtisodiy va ijtimoiy.
Texnikaviy jihatdan bu mahsulot ishlab chiqarish, metall yoki neft` ajratib 
olishni boshqarish; ishlab chiqarishda - bu ishlab chiqarishni tashkil etish jarayoni, 
ya`ni bo`linma, tsex, korxonalar o`zaro ta`sirini boshqarish, iqtisodiy jihatdan 
ishlab chiqarish, ish kuchi va butun iqtisodiy munosabatlar tizimiga rahbarlik 
qilish, ijtimoiy jihatdan - bu mehnat jamoasi ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish, 
insonni tarbiyalashdir. Boshqaruv jarayoni texnologiyasi boshqaruv xodimlari 
tomonidan bajariladigan operatsiya va amallardan iboratdir. 
Shunday qilib, boshqaruv jarayoni rahbar va boshqaruv apparatining 
qo`yilgan maqsadlarga erishish uchun kishilarning birgalikdagi faoliyatini 
muvofiqlashtirish bo`yicha maqsadli harakat qilishidir.
Boshqaruv faoliyatini amalga oshirish tartibiga ko`ra uni quyidagi 
bosqichlarga bo`lish mumkin:
-
maqsad; 
-
vaziyat; 
-
muammo; 


313 
-
qaror qabul qilish.
Har bir ta`sir etishni amalga oshirishdan avval uning maqsadi aniqlanishi 
lozim, chunki boshqaruv ma`lum masqadga erishish uchun amalga oshiriladi. 
Boshqaruvning keyingi bosqichi boshqaruv jarayonidagi vaziyatni tahlil etishdan 
iborat. U tizimning holatini baholash, uni yaxshilash yo`llarini izlash yoki undagi 
salbiy xislatlarni bartaraf qilish bilan bog’liq ishlarni tavsiflaydi. Muammo 
bosqichida tizimning hozirgi holatining uning rivojlantirish maqsadiga nisbatan u 
qarama - qarshiliklarini aniqlash ko`zda tutiladi. Qaror qabul qilish bosqichi 
rahbarning amalda tashkiliy faoliyatiga o`tishini ifodalab, qaror qabul qilish bilan 
boshqariladigan tizimga ta`sir o`tkazila boshlanadi. 
Boshqaruv jarayonini, quyidagi davrlarga bo`lish mumkin:
-
maqsad qo`yish;
-
axborot faoliyati;
-
tahliliy faoliyat;
-
boshqaruv tizimida tashkiliy amaliy faoliyat va harakatlar variantlarini tanlash.
Boshqaruv jarayonini tashkil etishda biznes-reja va ta`minot, moliyalashtirish 
va biznes-reja; narxni belgilash va kredit berish funktsiyalarini bog’lashni 
ta`minlash, boshqaruv tizimi ayrim unsurlarini (maqsad - usul, maqsad va kadrlar, 
qarorlar va usullar, usullar va tarkib) muvofiqlashtirish, boshqaruv kadrlarini 
tayyorlash, fan-texnika yutuqlarini joriy etishni ta`minlash zarur. 
Korxonalarga erkinlik va mustaqillik berilishi bilan hal qilinishi lozim 
bo`lgan boshqaruv jarayoninи tashkil etish bilan bog’liq muhim muammo rasman 
bir-biri bilan bog’liq bo`lmagan boshqaruv tashkilotlari o`rtasidagi gorizontal 
aloqalarni amalga oshirish bo`lib qoldi (masalan, korxona va mahsulot 
iste`molchilari, xom ashyo bilan ta`minlovchilar va korxona o`rtasida va h.k.). 
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida qo`llaniladigan zamonaviy menejment 
texnologiyalari ma`muriy rejalashtirilgan iqtisodda qo`llanilgan texnologiyalardan 
farq qiladi. Masalan, xodimni boshqarish oldingi kadrlar bilan ishlash 
tushunchasidan farq qiladi. Bundan tashqari, korxonani boshqarishda bir qancha 
yangi texnologiyalarni, ayniqsa bozor munosabatlari va raqobat bilan talab etilgan 


314 
texnologiyalarni rivojlantirish zaruriyati vujudga keldi. Ularga moliyaviy 
menejment, strategik menejment, marketing, innovatsion menejment, logistika 
kiradi. 
Korxona faoliyatining maxsus sohalarini boshqarish texnologiyalaridan 
tashqari tizim sifatidagi butun tashkilotni boshqarishning kontseptual texnologiyasi 
ham mavjuddir. U odamlar, moddiy, moliyaviy va axborot resurslarining o`zaro 
ta`sirini, hamda sotuvchilar va iste`molchilar bozorida boshqa tizimlar bilan o`zaro 
ta`sirini o`z ichiga oladi.
Bunday texnologiyalarning uch turini ajratish mumkin: 
1.
Ma`muriy texnologiya. 
2.
Vakolatlarni taqsimlash va moliyaviy mustaqillikka asoslangan boshqarish 
texnologiyalari. 
3.
Birinchi va ikkinchi yondashuvni birlashtiradigan korxonani boshqarishning 
aralash texnologiyasi. 
Boshqaruv ob’yekti nuqtai-nazaridan menejment avvalo raqobatbardosh 
strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish, tejamli o`zgaruvchan tashkiliy
strukturani va korxonani boshqarish texnologiyasini shakllantirish, korxonaning 
muhim faoliyat sohalarini boshqarish uchun javob beradigan mutaxassislar 
komandasini tanlash qobiliyati bilan xarakterlanadi. Bundan tashqari, korxona 
faoliyatining alohida sohalarini boshqarish ham ajratiladi – maxsus yoki ob’yektli 
menejment. Bunda aniq soha borasida ega bo`lgan kasbiy bilim bilan jamoa ishini 
tashkil qilish borasidagi menejerlik qobiliyatlarining birgalikda olib borilishi katta 
rol o`ynaydi. Menejmentning asosiy vazifalaridan biri natijaga ega bo`lish, ya`ni 
rahbar nafaqat o`zi ishlashi, balki ko`proq boshqalarning ishini tashkil qilishi 
kerak. Buni qanday amalga oshirish mumkin? Ushbu savol o`z dolzarbligini hech 
qachon yo`qotmaydi.
Qo`yilgan 
masalalarni 
yechish 
uchun 
menejmentda 
qo`llaniladigan 
ishlovchilarga ta`sir ko`rsatishning bir qancha instrumentlari mavjud. Ko`pincha 
menejmentda personalga ta`sir ko`rsatish uchun ishlovchining egallab turgan 
lavozimi, bajariladigan ish turi, o`rnashib olgan boshqarish an`analarini hisobga 


315 
oladigan bir qancha instrumentlarning birligi qo`llaniladi. Menejmentning ba`zi bir 
texnologiyalarini keltiramiz. 

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish