-
natural mayda tovar xo’jaligi xo’jalik yuritishning ustuvor shakli hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti bosqichlari:
I.
Erkin raqobatga asoslangan klassik bozor iqtisodiyoti yoki sof kapitalizm;
II.
Hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti.
Bozor iqtisodiyoti –
bu xususiy mulk ustunligiga asoslangan hamda iqtisodiy
jarayonlar bozor mexanizmi yordamida boshqariladigan va tartibga solinadigan
iqtisodiyotdir.
Bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari:
-
Xususiy mulk ustivorligi;
-
Tadbirkorlik va tanlash erkinligi;
-
Iqtisodiy manfaatlarning rag’batlantirilishi;
-
Davlat rolining cheklanganligi.
Bozor iqtisodiyotiga o`tish davri - ma`muriy-buyruqbozlik tizimini bartaraf etish
yoki tubdan o`zgartiriш hamda bozor tizimining asoslarini shakllantirish jarayonlari
amalga oshiriluvchi tarixiy davrdir.
Jahon tajribasida bozor iqtisodiyotiga o`tishning barcha yo`llari umumlashtirilib,
quyidagi uchta asosiy turga bo`linadi:
1) rivojlangan mamlakatlar yo`li;
2) rivojlanayotgan mamlakatlar yo`li;
3) sobiq sotsialistik mamlakatlar yo`li;
4) sotsializm g’oyalarini samarali bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish
mexanizmi bilan qo`shib oliб borish yo`li (Xitoy, V'etnam).
Bu yo`llar turli tuman va har xil bo`lishiga qaramay ularda umumiylik
mavjuddir.
Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy faoliyatda erkinlikka, xo`jalik yuritishda oqilonalik
tamoyillariga asoslangan demokratik iqtisodiyotdir.
22
Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy monopoliyani rad etadi. Iqtisodiy aloqalarda hech
bir cheklanish bo’lmaganidan ularda ko`pchilik faol qatnashadi. Ular jumlasiga har
xil firmalar, resurslar egalari, millionlardan iborat ists`molchilar, davlatning idora
mahkamalari kiradi. Ularning aloqalari tovar - pul munosabatlariga asoslanadi.
Bozor tizimiga iqtisodiy liberalizm xos, ya`ni yuqorida aytilganidek, har qanday
faoliyat turlari erkin amalga oshadi, ammo faoliyat turlari albatta bir-biri bilan bozor
orqali bog’lanishi shart. Hamma o`z manfaati yo`lida harakat qiladi. Sotuvchi qimmat
sotishga intilsa, xaridor arzon olishga intiladin. Tadbirkor ishtiyoqi foyda olish
bo`lsa, ishchining maqsadi ko`proq ish haqi olish. Alohida manfaatlar bo`lishi
ularning to`qnashuviga sabab bo`ladi. Shu boisdan bozor iqtisodiyotida raqobat
bo`ladi. Ishning ko`zini bilgan bu ko`rashda g’olib chiqadi, uning mavqei
mustahkamlanadi, uquvsizlar esa o`z-o`zidan chiqib qolishadi.
Bozor iqtisodiyotida faqat raqobat emas, manfaatlar uyg’unlashgan sharoitda
hamkorlik ham yuz beradi. Bozor iqtisodiyotining o`ziga xos rivojlanish mexanizmi
bor, u iqtisodiy stimullarga, ya`ni kishilarni to`q va xotirjam yashash, obro`ga ega
bo`lish, hayotda o`z o`rnini topish kabi manfaatlarini yuzaga chiqarishga asoslanadi.
Bozor mexanizmi iqtisodiy rag’batlantirish mexanizmidir. Unda iqtisodiy faollikka
undash va hatto zo`rlash ham bor, ammo bu ma`muriy zo`rlash emas, balki iqtisodiy
jihatdai majburlashdir. Masalan, raqobat hammani yaxshi ishlashga majbur qiladi.
Bozor mexanizmi iqtisodiy bo`lganidan bu tizimda foyda zarar, sarf-xarajat, yutish-
yutqazish, narx-navo, raqobat-kelishuv, soliq-subsidiya degan narsalar keng
ishlatiladi.
O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimov butun jahonda
taraqqiyotning “o`zbek modeli” sifatida keng e`tirof etilgan milliy taraqqiyotning
mazmun-mohiyati va o`ziga xos jihatlarini mustaqillikning dastlabki yillarida
belgilab berdi. Keyinchalik bu taraqqiyot yo`limiz nemis, shved, xitoy va yapon
modellari orasidan munosib o`rin egalladi. Davlatimiz rahbari belgilab bergan
O`zbekistonda bozor munosabatlariga o`tishning besh asosiy tamoyili ko`p o`tmay
o`zining har tomonlama to`g’ri, hayotiy va uzoqni ko`zlab yuritilayotgan izchil vа
23
oqilona siyosat samarasi ekanini ko`rsatdi. Ushbu tamoyillar keyinchalik haqli
ravishda bozor iqtisodiyotiga o`tishning o`zbek modeli, fenomeni, degan nom oldi.
O`zbekistonning iqtisodiy taraqqiyot modeli xalqimizning tarixiy tajribasi,
milliy va madaniy an`analariga asoslanadi. Bu borada ilgari surilgan muhim nazariy
xulosalardan biri bozor iqtisodiyotiga inqilobiy yo`l ("shoк terapiyasi") bilan emas,
balki evolyutsion yo`l bilan, bosqichma-bosqich o`tish edi. Bu kontseptsiya
O`zbekiston Prezidenti ilgari surgan va keyinchalik butun jahonga mashhur bo`lib
ketgan “Yangi uy qurmay turib, eskisini buzmang” tamoyilida o`zining yorqin
ifodasini topdi. Yangi bozor munosabatlariga avvalgi tizimni va tarkib topgan
iqtisodiy munosabatlarni batamom sindirib tashlash orqali ham, eski iqtisodiy
munosabatlarni bosqichma-bosqich yangi bozor munosabatlariga moslashtira borib,
samarali bozor iqtisodiyotini barpo etish yo`li bilan ham o`tish mumkin.
Mamlakatimiz iqtisodiyoti va aholisi tarkibini, taraqqiyotning o`sha davrdagi
darajasini e`tiborga olsak, yurtimizga ikkinchi, siyosiy larzalarsiz, beozor yo`l ancha
maqbul edi.
Tashqi
iqtisodiy
faoliyatni
erkinlashtirish,
jahon
iqtisodiyotiga
integratsiyalashuv masalalari ham mustaqillikni endi ho`lga kiritgan mamlakat uchun
o`ta murakkab, qiyin kechadigan jarayondir. Davlatimiz rahbari bu borada ham eng
ustuvor yo`nalishlarni aniq belgilab berdi. O`zbekistonning jahon hamjamiyatining
teng huhuqli a`zosi sifatida dunyoning barcha mamlakatlari bilan ikki va ko`p
tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalar olib borish imkoniyatlari jadallashdi. Eksport va
import tarkibini takomillashtirish ham muhim vazifalardan edi. Zero, istiqlolimizning
dastlabki yillarida eksportning 60 foizdan ziyodrog’ini bitta tovar - paxta xom
ashyosi, importning esa 50 foizidan ziyodrog’ini don mahsuloti tashkil qilar edi.
Monokul'turaga asoslangan eksport-import tizimi hukmron edi.
O`zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o`tish strategiyasidagi, agrar siyosatidagi
asosiy yo`nalishlardaн bo`ldi. Makroiqtisodiy barqarorlikni ta`minlash, aniq-puxta
ishlab chiqilgan moliya-kredit siyosatini amalga oshirish, iqtisodiyotda tub tarkibiy
o`zgarishlarga erishish xalq xo`jaligining xom ashyoviy qiyofasiga barham berish
ham muhim ustuvor vazifalardan hisoblandi.
24
O`zbek modelining hayotga izchil tatbiq etilishi yurtimizning iqtisodiy va
ijtimoiy qiyofasini tubdan o`zgartirib yubordi. Bugun O`zbekiston iqtisodiyoti izchil,
barqaror va jadal o`sayotgan jahondagi juda kam sonli mamlakatlar safidan
mustahkam o`rin oldi. Ijtimoiy, madaniy sohalarda erishilayotgan ulkan yutuqlar
nufuzli xalqaro tashkilot va ekspertlar tomonidan keng e`tirof etilib, yuksak
baqolanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |