Klassik siyosiy iqtisod boylik sifatida odamlarning ishlab chiqarish faoliyatini tan oladi. To‘g‘ri, fiziokratlar birgina tar- moq — boylik tabiiy yo‘llar bilan, tabiatning in’omi sifatida ko‘riladigan, qishloq xo‘jalik bilan cheklab qo‘yilgan edilar.
Bu yerda ishlab chiqarish xarajatlari mahsulotning ko‘payti- rilishi, sof foyda olinishi bilan qoplanadi. Daromad hosilining umumiy summasidagi ishlab chiqarish xarajatlarini ayrib tashlash bilan hisoblab chiqariladi.
Biroq vaqt o‘tishi bilan fiziokratni qarashlari bir yoqlama ekanligi bilinib qoldi. Fiziokratlar jamiyati boyligining o‘sishini faqat yerning tabiiy unumdorligi bilangina bog‘lar edilar va shunga asoslanib, sanoatni daromadlarni ko‘paytiruvchi tarmoq deb hisoblamas edilar.
Millat boyligining tashkil topishi va o‘sishi masalalari bo‘yicha savollarga eng asosli javoblarni klassik maktab vakil- lari — ingliz iqtisodchilari Uilyam Petti (1623—1687-yy.), Adam Smit (1723—1790-yy.), David Rikardo (1772—1823- yy.)lar berishdi.
Bu iqtisodchilarning asosiy (bosh) xizmati shundaki, ular o‘z ta’limotlarida shuni aniqlab berdilarki, butun millatning boyligi moddiy ishlab chiqarishning hamma tarmoqlarida vujudga keltiriladi. Boylikning o‘sishi ishlab chiqarishga dastavval (pul, tovarlar shaklida) sarflangan qiymatlar mehnat jarayonida qo‘shimcha kattalik (foydaga yoki qo‘shimcha qiymat)ga o‘sib o‘tgandagina ro‘y beradi.
Iqtisodiy nazariyaning pirovard natijasida haqiqatdan ham tom ma’nodagi fanga aylanishiga imkon bergan tamoyil jihatdan muhim bo‘lgan kashfiyot mana shu tarzda qilingan edi.
Ishlab chiqarish resurslari hamma vaqt ham cheklangandir, chunki odamlarning xohish va ehtiyojlari, talablari doimo o‘sib boradi, ya’ni ular resurslardan farqli o‘laroq, cheklangan. Shuning uchun, yer, yer osti boyliklari, xomashyo, dastgohlar, odamlarning mehnatidan samarali foydalanishni o‘rganish zarurdir.
Cheklangan resurslardan jamiyat hamda uning a’zolari ta- lablarini qondirish uchun oqilona foydalanish muammosi nazariy iqtisodiyotning predmetidir.
Iqtisodiyot — murakkab, ko‘p darajali tizim. Shu narsa ayonki, uning hamma darajalari o‘zaro aloqador, o‘zaro bog‘liq. Ammo shunday bo‘lishiga qaramay, masalan, firma, tarmoq, xo‘jalikning faoliyat yuritish tamoyillari iqtisodiyotning bir butun tizim sifatida rivojlanishining qonunlaridan farq qilmaydi. Shuning uchun nazariy iqtisodiyot cheklangan resurslardan makro va mikro darajasida samarali foydalanish muammolarini o‘rganadi.
- B O B. EHTIYOJLAR VA RESURSLAR
EHTIYOJLAR TA’RIFI. EHTIYOJLARNI QONDIRISH USULLARI
Inson boshqa jonzotlardan o‘zining aql-idroki bilan ajralib turadi. Inson biologik mavjudot sifatida ovqat yeyish, uxlash, dam olib o‘z kuchini tiklash, o‘zini issiq-sovuqdan asrash ehti- yojlariga ega. Mazkur ehtiyojlar moddiy shaklda — kiyim- kechak, oziq-ovqat, turar joy va boshqalar shaklida ifoda etila- di.
Moddiy ehtiyojni qondirish uchun esa zarur noz-ne’mat- larni ishlab chiqarish kerak. Inson borsa-kelmas orolda, afso- nalarda aytilganidek, qush uchsa qanoti, odam borsa oyog‘i kuyadigan joyda, tanholikda yashamaydi. Inson ijtimoiy jonzot. U ma’lum mamlakat fuqarosi, aniq bir hudud (shahar, qishloq, mahalla, kvartal) da kishilik jamiyatida yashaydi. Uning mehnat orqali qondiriladigan jamiki ehtiyoji moddiy ehtiyojga kiradi.
Insonning moddiy ehtiyojlari bilan birga ijtimoiy ehtiyojlari ham borki, bularga bilim olish, madaniy saviyani oshirish, mala- ka, mahoratga ega bo‘lish va sog‘lom hayot kechirib, uzoq umr ko‘rish kiradi. Aytilgan ehtiyojlar moddiy shaklga ega bo‘lmagan har xil xizmatlar ko‘rsatish orqali qondiriladi Shifokor, o‘qituv- chi yoki madaniyat xodimi xalqqa xizmat qilib, uning ehtiyojini qondirishga hissa qo‘shadi, ammo ularning mehnati ishchi yoki dehqon mehnati kabi moddiy mahsulotda ifodalanmaydi.
Insonning mehnat qilish ehtiyoji ikki narsadan kelib chiqa- di: birinchidan, mehnat moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondi- radi; ikkinchidan, mehnatda inson kamolotga erishadi, qobili- yatini o‘stiradi. Hayotda o‘z o‘rnini topadi, obro‘-e’tiborga erishadi. Shu sababli mehnatning tagi rohat deydilar. Mehnat qilish uchun jihozlangan ish joyi bo‘lishi zarur. Ish joyi uchun bino qurish, kerakli uskuna-jihozlar, masalan, stanoklar, kompyuterlar, o‘lchash asboblari, laboratoriya uskunalari o‘rnatish kerak. Demak, ularni ham ishlab chiqarish talab qilinadi.
Ehtiyoj qat’iyan tabaqalashgan bo‘ladi. Ehtiyoj kishilarning odati, didi, ruhiyati, yoshi, jinsi, oilaviy ahvoli, millati, mehnat va yashash sharoitlariga ham bog‘liq. Maktab o‘quvchisi bilan
olimning, yosh yigit bilan pensioner cholning, dehqon bilan shaxtyorning ehtiyoji bir xil emas. Hatto kishilarning jismoniy tuzilishi ham ehtiyojlarda farqlarni hosil qiladi. Albatta gavdasi yirik kishining ehtiyoji bilan jussasi kichik kishining ehtiyoji bir xil emas. Eng muhimi — xilma-xil ehtiyojni qondirish uchun xilma-xil faoliyat talab qilinadi.
Ehtiyojlarning yuksalishi quyidagicha yuz beradi: kishilar- ning ehtiyoji miqdoran o‘sib boradi. Uning sababi esa aholi sonining ko‘payishi, turmushining yuksalishida.
Õullas ehtiyojlarning miqdoran o‘sib, tarkiban yangilanib borishi tabiiy jarayon bo‘lib, iqtisodiyotni rivojlantirishiga undaydi, lekin uning o‘sib, yangilanib borishi resurslarning kamyobligi muammosiga yo‘liqadi.
Iqtisodiyotda omilliy cheklanganlik. Odamlar yashashlari uchun oziq-ovqat, uy-joy, kiyim-kechak va boshqa ko‘pgina narsalar kerak. Hozirgi zamon kishisini buyumlar olami 4 mil- lionga yaqin pozitsiyadan iborat va u doimo muttasil rivojlanib bormoqda.
Iqtisodiy tizimning ishlab chiqarish imkoniyatlari qo‘llani- layotgan omillarning kamyobligi uchun limitlangan. Buning ustiga jamiyat rivojlanib borgan sari, barcha iqtisodiy omillar- ning cheklanganligi saqlanib qoladi, hatto kuchayadi. Bu faqat- gina qayta tiklanmaydigan tabiiy omillarning tugab borayotgan- ligi bilangina emas, balki, iste’molning ishlab chiqarishni rivoj- lantirish uchun muttasil ravishda impuls (turtki) berishi, ya’ni tovar va xizmatlarning yangi turlari yaratilishi, ularning sifat xususiyatlarining o‘zgarishi, bu esa iste’molchilarning iste’mol va investitsiya tovarlarga bo‘lgan talablarini o‘stirish bilan taqozo etiladi, izohlanadi. Va har gal jamiyatda bor bo‘lgan omillar bilan bu ne’matlarning qaysilarini va qanday miqyoslarda ishlab chiqarish masalasini hal qilishga majbur bo‘ladi.
Xizmatlar — harakatlar bo‘lib, demak, ularni saqlash yoki o‘tkazish boshqa odamlarga jo‘natish mumkin emas.
Tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish uchun cheklangan omillar zarur bo‘ladi, shuningdek, ular o‘z-o‘zidan kamyob bo‘lganligidan, har bir odamning xohishi va cheklan- magan talablarini qondirishini ta’minlash uchun yetarli emas. Iqtisodiy tovarlar bizning talablarimizni qondirganlari uchun biz ularni foydali deymiz.
Talab
†
taklif
Narxi
Xizmat
Narxi
Tovar
Do'stlaringiz bilan baham: |