Iqtisodiyot va biznes



Download 150,47 Kb.
bet4/4
Sana31.12.2021
Hajmi150,47 Kb.
#277753
1   2   3   4
Bog'liq
1 мавзу

Bilish (o‘rganish) vazifasi — bu vazifa hamma fanlar uchun umumiydir. Lekin iqtisodiyot fanida bitta o‘ziga xoslik bor: bunda iqtisodiy tajriba o‘tkazish mumkin emas yoki mumkin bo‘lsa, juda qimmatga tushadi.

Metodologik vazifa — aniq iqtisodiyotlar tadqiqotlarning boshlang‘ich metodologik belgilari sifatida umumiy qonuniyat- larga tayanib xususiy muammolarni tadqiq qilayotgan bir paytda iqtisodiyot nazariyasi umumiy muammosi, ya’ni ob‘yektni to‘laligicha tadqiq qiladi.

Amaliy vazifa — iqtisodiy siyosatni ta’minlaydi. Shu muno- sabat bilan ishlab chiqarish, fan va siyosatning o‘zaro nisbatlari va munosabatlari haqida savol paydo bo‘ladi. (2-sxema)

Iqtisodiyot fani asosida insonning va bir butun olganda jamiyatning yangi talablari va manfaatlarining yuzaga kelishi uchun boshlang‘ich nuqta bo‘lib xizmat qiluvchi ishlab chiqarish yotadi. Talablar manfaatlar shaklida bo‘lib ishlab chiqarishni





Iqtisodiyot fani
2-sxema.
sifat jihatidan ham, miqdor jihatidan ham harakatlantiradi. Ammo talablar ishlab chiqarishga ta’sirini bevosita emas, balki bozor va iqtisodiy siyosat orqali oshiradi. O‘z navbatida iqtisodiy siyosat faqat ishlab chiqarishnigina emas, iqtisodiyot fanining ham ta’siriga duch keladi.

Iqtisodiyotni funksional (vazifaviy) o‘zaro bog‘liqlik tamo- yillari asosida tadqiq qilish («economics») nomini olgan.

Iqtisodiyot — cheklanganlik va tanlov haqidagi fandir.

«Iqtisodiyot» – odatda samaradorlik, tejamkorlik omillardan oqilona foydalanish kabi tushunchalar bilan qo‘shib ular uyg‘unligida qabul qilinadi, tushuniladi. So‘z yunoncha

«oikonemia» – xo‘jalikni boshqarishdan yasalgan.

«Iqtisodiyot nazariyasi» – bu odamlar cheklangan omillar- dan tovarlar ishlab chiqish va xizmatlar ko‘rsatishda ularni oqilona taqsimlab va almashib o‘zlarining cheklanmagan ta- lablarini insonning qobiliyatlari va imkoniyatlarini har tomonla- ma rivojlantirish maqsadida qondirishga harakat qilib foydala- nishga intilishlari haqidagi fandir.

Hammaning cheklanmagan talablarni qondirish mumkin bo‘lmaganligidan har bir kishi, firma yoki davlat orasidagi eng zarurlarini tanlab olishlari kerak. Bunda ularning har biri ko‘proq narsa olish va iqtisod qilib qolishga intiladi.

Buni nazarda tutgan holda biz iqtisodiyotni jamiyatning omillar cheklangan holatda ehtiyojlarini qondirish uchun tanlovini ta’riflovchi va tahlil qiluvchi ijtimoiy fan sifatida belgi- lashimiz mumkin.

Shuning uchun iqtisodiyotning bosh muammosi shundaki, iqtisodiy omillar, odamlarning talablaridan farqli o‘laroq, cheklangandir. Iqtisodiy nazariya va amaliyotning asosiy muam- mosi tanlov muammosi sifatida ham taqdim etilishi mumkin. Darhaqiqat, agar turli xil talablarni qondirish uchun ishlatiladi- gan har bir omil cheklangan ekan, unda doimo undan foy-

dalanishning muqobilligi va ishlab chiqarish omillarining eng yaqin qo‘shiluvini izlash muammosi ham mavjud bo‘ladi, ya’ni tanlov muammosi mavjud bo‘ladi. Javoblari xo‘jalik tizimining ko‘piga bog‘liq bo‘lgan iqtisodiyotning uch asosiy savolining (masalasining) qo‘yilishi ushbu muammoning aks ettirilishidir.

O‘z xo‘jalik faoliyatini tashkil qilar ekan insoniyat doimo nima ishlab chiqarish kerak? Qanday qilib ishlab chiqarish kerak? Ishlab chiqarilganlarni qay tarzda taqsimlash kerak? Omillarni qachon ishlatish kerak degan muhim (bosh) iqtisodiy savollarga javob axtarishga majbur. Aynan shu savollarga eng oqilona javoblarni izlashdagi mahorat darajasi pirovard natijada mam- lakatning boyligini va fuqarolarining farovonligini belgilaydi.
Iqtisodiyotning uchta asosiy savoli:


Ushbu iqtisodiy makonda va shu vaqtda imkoni bo‘lgan tovarlardan qaysilarini ishlab chiqarish, qaysi xizmatlarini ko‘rsatish kerak.

Nima?



Qanday qilib?

Imkoni bo‘lgan tovar va xizmatlardan tanlanganlari ishlab chiqarishda resurslarining qanday to‘p- lamida, qaysi texnologiya qo‘llanilganda ishlab chiqarishda xizmat ko‘rsatilishi kerak.


Kim uchun?

Tanlangan tovarlarni kim sotib oladi, kim ulardan foyda olib, ular uchun haq to'laydi. Jamiyatning ushbu tovarlarni ishlab chiqarish xizmatlarni ko'r- satishda olgan, ya’ni daromadi qanday taqsimla- nishi kerak?


3-sxema.
Nazorat savollari:


  1. Iqtisodiy tovarlar tushunchasi o‘z ichiga nimalarni oladi? Tovarlar va xizmatlarning qanday xususiyatlarini sanab berishingiz mumkin?

  2. Ishlab chiqarish imkoniyatlari chegarasini jadvali milliy iqtisodiyot- ning rivojlanishining qaysi faktini namoyish qiladi?

  3. Ehtiyojlarni qondirishning optimal darajasini ayting.

  4. Iqtisodiyot fanining eng muhim vazifasi nimadan iborat?

  5. Iqtisodiy resurslarni uch toifasini sanab bering.

Download 150,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish