Kurs ishining maqsadi Ishlab chiqarish imkoniyatlari, ulardan samarali foydalanishning ahamiyati va maqsadini nazariy jihatdan talqin qilishni tashkil etadi.
Kurs ishining vazifalari Ishlab chiqarish imkoniyatlari va ulardan samarali foydalanish uchun quyidagi vazifalarni oz oldimizga qoyamiz:
- ishlab chiqarish korxonasining ishlab chiqarish imkoniyatlarini tolaligicha ochib berish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
- korxonada ishlab chiqarish imkoniyatlarining turlarini organish va ularni qollay bilish;
- ishlab chiqarish imkoniyatlarini ishga tushirish uchun imkoniyatlarimizning yuqori darajasi boyicha takliflar ishlab chiqish va ular orqali ishlab chiqarish samaradorligini hisoblash.
Kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar royhatidan tashkil topgan.
I.BOB Ishlab chiqarish samaradorligi.
1.1. Ishlab chiqarishning samaradorligi va uning ko'rsatkichlari.
Rivojlanayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning iqtisodiy strategiyasi uzoq vaqtga moljallangan fundamental maqsadlarni ortaga qoyish bilan bir qatorda, bu maqsadlarga erishish vositalari, yollarini belgilashni ham oz ichiga oladi. Bular orasida ishlab chiqarish samaradorligini toxtovsiz oshirib borish asosiy orinda turadi.Ozbekiston davlatining qudratini mustahkamlash, aholining moddiy va manaviy nematlarga bolgan ehtiyojlarini tolaroq qondirish, kalajakda esa, ularni mol-kol yaratish, iqtisodiy va ilmiy-texnika sohasida eng rivojlangan davlatlar qatoridan joy olish ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga bevosita bogliqdir.Mustaqillikka erishilganligi, qudratli iqtisodiy va ilmiy-texnik salohiyat yaratilayotganligi, iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlarning takomillashayotganligi ishlab chiqarish samaradorligini oshirish masalalarini birinchi oringa qoydi. Binobarin, Respublika Prezidentining maruza va nutqlarida, Vazirlar Mahkamasining qarorlarida ishlab chiqarishning, jumladan, sanoat ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning mohiyati va ahamiyati, dolzarb muammolari, iqtisodiyotni ekstensiv va intensiv taraqqiyot yoliga otkazish munosabati bilan kelib chiqadigan ustuvor vazifalar chuqur va har tomonlama tahlil etib berilmoqda.
Malumki, ishlab chiqarishni rivojlantirishda ikki xil omil: miqdor va sifat, ekstensiv va intensiv, yani kengaytiruvchi (uzaytiruvchi) va zor beruvchi, kuchaytiruvchi omillar harakatda boladi. Boshqacha qilib aytganda, agar ishlab chiqarish sohasi kengaytirilsa, ekstensiv suratda kengaygan takror ishlab chiqarish boladi; agar yana ham koproq samara beradigan ishlab chiqarish vositalari qollaniladigan bolsa, intensiv suratda kengaygan takror ishlab chiqarish yuzaga keladi.Ozbekiston sanoatida ana shu ikki yoldan oqilona foydalanish natijasida ishlab chiqarishning samaradorligi bosqichma-bosqich osib bormoqda.Samaradorlik eng kop uchraydigan umumiy tushunchalardan biri bolib, iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotning xilma-xil sohalarida juda keng ishlatiladi. Masalan, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligi, mehnat samaradorligi, oqish va oqitish samaradorligi, davolash va davolanish samaradorligi, qabul qilingan qonun va qoidalar hamda yechimlarning samaradorligi va hokazolar.
Samaradorlik sanoat ishlab chiqarish faoliyatining kozgusi hisoblanadi. Bu kozguda ishlab chiqarishning barcha natijalarini korish mumkin. Malumki, har bir tarmoq, korxona, qolaversa, har bir shaxs oz ishlab chiqarish faoliyatida maksimum foyda olishga intiladi. Buning uchun malum xarajatlar qiladi. Ana shu foyda bilan xarajatlar haftasidagi farq tarmoq va korxona faoliyatining kozgusi bolgan samaradorlikda kozga tashlanadi. Ishlab chiqarishning eng yuqori samaradorligi ishlab chiqarish xarajatlarini minimum darajaga keltirishdan iborat.Bozor munosabatlari sharoitida samaradorlikning alohida orni mavjud. Bozor iqtisodiyoti natijalilikni, foydalilikni taqazo etadi. Tartibli bozorga asoslangan iqtisodiyotda eng kam resurs sarflab, kop natijaga erishish zarur. Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida 5 turdagi resurslar tizimi harakatda boladi:
a) moddiy resurslar;
b) mehnat resurslari;
v) moliyaviy resurslar;
g) energetik resurslar;
d) axborot resurslari; yani informatsion resurslar.
Mana shu resurslardan oqilona foydalanib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish mumkin. Bunday faoliyat ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yonalishida muhim ahamiyat kasb etadi. Sanoat ishlab chiqarishi samaradorligini oshirishning aniq-ravshan yonalishlari Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qonunlar, Prezident farmonlari va Vazirlar Maxkamasining qarorlarida korsatib berilgan.
Samaradorlik - bu, foydalilik, natijalilikdir. Malumki, qandaydir natija olish uchun mehnat qilish, ishlash, mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat korsatish va malum miqdorda xarajat qilish kerak.Samaradorlikni aniqlash uchun natijani shu natijaga erishishga sarflangan xarajatlar yoki resurslar bilan taqqoslash kerak. Demak, samaradorlik ishlab chiqarish faoliyati natijalari bilan ularga erishish uchun sarflangan mehnat, moddiy va moliyaviy resurslarning ozaro nisbatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |