Bog'liq Ishlab chiqarish samaradorligining mohiyati va koʻrsatkichlari
Mavzuning dolzarbligi.Mustaqillik yillarida Ozbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda ulkan muvaffaqiyatlarga erishdi. Ozbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo doirasida tranzit imkoniyatlari qulay iqtisodiy-geografik oringa ega bo'lib, subregion davlatlarining o'zaro integratsiyalashuvida juda muhim rol o'ynaydi. Shu bilan birga, Respublikamiz ko'p tarmoqli milliy iqtisodiyotning shakllanishi va rivojlanishi uchun ulkan imkoniyatlami yaratadigan tabiiy boyliklariga ega.So‘nggi yillarda hududlarning sanoat ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirish, milliy iqtisodiyotimizga xorijiy sarmoyalarni yanada koproq hajmda jalb etish maqsadida Respublikamiz hukumatining tashabbusi bilan mamlakatimizda qator erkin iqtisodiy zonalar (EIZ) tashkil qilindi. Dastlab "Navoiy, "Angren, "Jizzax (Sirdaryo viloyatidagi filiali bilan), keyinchalik esa Xorazm viloyatida "Hazorasp", Buxoro viloyatida "Gijduvon" Samarqand viloyatida "Urgut hamda Farg'ona viloyatida "Qoqon'" ElZlari yaratildi. Hozirgi kunga kelib bu hududlarda ichki va tashqi sarmoyadorlar ishtirokida yuzlab yangi ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirilmoqda. O`zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi istiqbollari respublikaning har bir tuman va viloyat imkoniyatlaridan umumdavlat va hududiy manfaatlarda oqilona foydalana olishga bog`liq.
Songgi yillarda mamlakatda faol investitsiya va tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishda iqtisodiyot tarmoqlarini qollab-quvvatlash boyicha keng kolamli ishlar amalga oshirildi.Tarkibiy oʻzgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish:
ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish;
yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qoʻshimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga oʻtkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish;
prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini oʻzlashtirish, shu asosda ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini taʼminlash;
ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni ragʻbatlantirish siyosatini davom ettirish hamda, eng avvalo, isteʼmol tovarlar va butlovchi buyumlar importining oʻrnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish;
iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish.
Ishlab chiqarish bu jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur bolgan moddiy boyliklar(turli iqtisodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayoni. Ishlab chiqarish inson hayotining tabiiy sharoiti va boshqa faoliyat turlarining moddiy asosidan iboratdir. Kishilik jamiyati paydo bolibdiki, ishlab chiqarish taraqqiyotning barcha bosqichlari uchun zarurdir. Ishlab chiqarish taraqqiy etgani sari undan turli usullar yordamida foydalanish mumkin. Inson oz ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishlab chiqarishning turli usullarini qollaydi va ozi uchun eng maqbul variantni tanlaydi. Ishlab chiqarishning usullarini biralshtirgan holatda ozi uchun ishlab chiqarishning yangi imkoniyatini yaratadi.
Yurtimizda ishlab chiqarish imkoniyatlari hozirgi kunda yanada yaxshilanmoqda. Ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanish hozirgi kundagi asosiy maqsad hisoblanadi. Ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanish hozirda nafaqat iqtisodiyotimizni, balki istemol tovarlari bozorlari ortasidagi raqobatni rivojlantirmoqda. Har bir tadbirkor ozining mahsulotini bozorgir qilish, yuqori natijalarga erishish maqsadida mahsulot ishlab chiqarishdagi imkoniyatlarini etiborga olmogi lozim. Shu orqali istemolchilarning talabini qondira oladi. Ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalangan tadbirkorlar, biznesmenlarning barchasi ozlarining ish faoliyatlarini togri tashkillab olgan va zamonaviy ilgor texnika-texnologiyalardan unumli foydalanmoqda. Buning natijasida ularning ishlab chiqargan mahsulotlarining sifati jahon standartlari darajasiga yetdi va yangi zamonaviy texnika yordamida mahsulot ishlab chiqarishdagi xarajatlari kamaydi.
Ishlab chiqarishning imkoniyatlarining rivojlanishi natijasida ishlab chiqarish samaradorligiga erishamiz. Ishlab chiqarish samaradorligini aniqlashimizda ishlab chiqarish xojaligi faoliyatining yakuniy natijasi va ishlab chiqarish samaradorligiga erishish uchun ketgan resurslar bilan taqqoslashimiz kerak.
Shu bilan birga, koronavirus global pandemiyasi kooperatsiya aloqalarining buzilishi, mahsulotga talabning va sotuv bozorlarining qisqarishi oqibatida iqtisodiyotning qator tarmoq va sohalaridagi korxonalarning ishlab chiqarish faolligiga cheklovchi tasir otkazishda davom etmoqda.Shunga qaramasdan bazi ilgor tadbirkorlar ozlarining texnika-texnologiyalarini zamonaviylashtirib, IT texnologiyalari yordamida boshqarmoqda. Ishlab chiqargan mahsulotlarini esa online bozorlarda sotishmoqda. Koronavirus global pandemiyasi sababli iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ulkan ogarishlar sodir boldi. Bunga misol qilib, ishlab chiqarishni raqamli texnologiya yordamida boshqarishni olishimiz mumkin. IT texnologiyalar yordamida masofadan turib ishlab chiqarishni boshqarish mumkin.Shu sababli har bir ishlab chiqarish obektlari ozlarining ichki imkoniyatlaridan foydalanib, ishlab chiqarish samaradorligi oshirmogi kerak.