Ilmiy abstraksiya – Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishda qo‘llaniladigan usullardan biri bo‘lib, tahlil paytida halaqit beruvchi ikkinchi darajali voqyea – hodisalarni e'tibordan chetlashtirib, asosiy o‘rganilayotgan hodisaning asl mohiyatiga fikrni qaratishdir.
Ishlab chiqarish usuli - ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari birligi hamda o‘zaro ta'siri.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar - ishlab chiqarishning shaxsiy va moddiy omillari, ya'ni ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalari birligi.
Ijtimoiy-Iqtisodiy munosabatlar - bu kishilar uchun zarur bo‘lgan hayotiy ne'matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va is'temol qilish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.
Ishlab chiqarishning texnologik usuli - mehnat vositalari, materiallar, texnologiya, energiya axborotlar va ishlab chiqarishni tashkil etish majmui.
Mulkchilik munosabatlari - mulkka egalik qilish, undan foydalanish, uni o‘zlashtirish va tasarruf etish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |