Tovar ishlab chiqarish - bunda tovarlar o‘zining iste'moli uchun emas, balki bozorda sotish, ayirboshlash uchun va boshqalarning iste'molini qondirish maqsadida ishlab chiqariladi.
Bozor Iqtisodiyoti – tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun – qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan Iqtisodiy tizimdir.
Bozor mexanizmi – bozor iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartibga solishni va Iqtisodiy jarayonlarni uyg‘unlashtirishni ta'minlaydigan dastak va vositalardir.
Bozor – ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar (sotuvchilar va xaridorlar) o‘rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida bo‘ladigan munosabatlar yig‘indisidir.
Bozor ob'ekti – bozorga, ayirboshlash munosabatlariga jalb qilingan Iqtisodiy faoliyatning natijalari va Iqtisodiy resurslar, tovar, pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlardir.
Bozor sub'ekti – bozorning, ayirboshlash munosabatlarining qatnashchilaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |