SOLIQ TIZIMINI TASHKIL ETISHDA XORIJ TAJRIBASI
2.1. Germaniya Federativ Respublikasidagi Soliq tizimi
Germaniya davlatida soliqqa tortish tizimining asosiy prinsipi:
“Soliq – davlat tomonidan taqdim etiladigan xizmatlarning miqdoriga mos kelishi kerak”
Germaniya davlati, davlat sifatida siyosiy va iqtisodiy tashkilotning turli bosqichlarini bosib o'tdi, jahon urushlari sababli yuzaga kelgan inqirozdan bosqichma-bosqich iqtisodiy jihatdan kuchli davlatga aylandi. Germaniya juda kuchli markazlashgan moliyaviy tizimga ega mamlakatlardan biridir. Bu mamlakatda soliq tizimining asosiy xususiyati - turli darajadagi byudjetlar (federal, er, mahalliy) o'rtasida soliq daromadlarini taqsimlashni tartibga soluvchi Konstitutsiyada ko'zda tutilganligini misol keltirishimiz mumkin.
Har qanday mamlakatda soliq tizimi milliy iqtisodiyotning ishlashida asosiy omil hisoblanadi. Germaniyaning soliq tizimi, birinchi navbatda, iqtisodiy o'sishning yuqori darajasiga, hamda, o'z fuqarolari uchun yuqori darajadagi ijtimoiy himoyaga ega farovonlikka erishish mumkinligi bilan bog'liq.
Germaniya Federativ Respublikasida davlat byudjeti uch turga bo’linadi:
Federativ markaziy byudjet
Federal yerlar byudjetlari (16 federativ okruglarining alohida-alohida byudjetlari)
Shahar va qishloq jamoalarining mahalliy byudjetlari
Germaniyada mavjud soliq tizimi orqali daromadni ham vertikal, ham gorizontal tenglashtirish qo'llaniladi. Yuqori daromadli erlar (Bavariya, Vyurtemberg, Frankfurt, Lepsig, Shimoliy Reyn-Vestfaliya) o'zlarining moliyaviy resurslarining bir qismini kam rivojlangan yerlarga o'tkazadilar (Saksoniya, Shlezvig-Holshtein va boshqalar). Bu nemis soliq tizimining ko'p yillik rivojlanishining natijasidir.
2.1 – rasm: Germaniya davlatining turli federal hudularidagi turli-xil soliq turlari
Manba: http://worldtaxes.ru/nalogi-v-evrope/nalogovaya-sistema-germanii/
Germaniyada soliq munosabatlari «Soliq undirish to'g'risida» gi qonun – “Abgabenordnung” asosida tartibga solinadi. Germaniya soliqlari byudjet daromadlarining taxminan 80 foizini tashkil qiladi. Aynan shuning uchun ular hukumat tomonidan iqtisodiyotni rivojlantirishga davlat ta'sirining asosiy vositasi sifatida qaraladi.
Soliq kalendar yili 12 oydan iborat hisoblanadi. Soliq hisobot davri 12 oydan oshmasligi kerak. Soliq deklaratsiyasini har keyingi yilning 31 may sanasiga qadar Germaniya soliq idoralariga taqdim etish shart. Ba’zi hollarda bu taqdim etish muddati 31 dekabrga qadar uzaytirilishi mumkin, agarda deklaratsiyani taqdim etishda maxsus soliq konsultanti ishtirok etsa.
Shuni ta'kidlash kerakki, Germaniyada soliqqa tortish tizimi Germaniya Neoliberalizmining yorqin namoyondalaridan biri Lyudivig Erxard tomonidan yaratilgan tamoyillarga asoslanadi:
soliqlar imkon qadar past bo'lishi kerak;
soliqlar raqobatga yo'l qo'ymasligi kerak;
soliqlar siyosatga muvofiq bo'lishi kerak;
soliq tizimi soliq to'lovchining shaxsiy hayotiga hurmat, savdo sirlarini hurmat qilishga asoslangan bo'lishi kerak;
soliqlar jamiyatdagi daromadlarning adolatli taqsimlanishini ta'minlashi shart;
soliq tizimi ikki marotaba soliqni hisobga olmaydi;
soliqlar summasi davlat tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlar miqdoriga muvofiq bo'lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |