Iqtisodiyot nazariyasi


- Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish



Download 494,02 Kb.
bet22/23
Sana25.04.2020
Hajmi494,02 Kb.
#47027
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Kurs ishi - Xujaqulov Suhrob Sobirovich (ful version)[1]

- Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish:

- harajatlarning ijtimoiy yo’naltirilganinini saqlab qolgan holda, Davlat budjetining barcha darajalarida mutanosibligini muvozanatni saqlash, mahalliy budjetlarning daromad qismini mustahkamlashga yo’naltirilgan budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish;

- soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish yo’lini davom ettirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va rag’batlantirishning tegishli choralarini kengaytirish;

- Tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish:



- milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, uning tarkibida sanoat, xizmatlar ko’rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko’paytirish;

- ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish;

- iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish;

- Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uni ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish

- xususiy mulkning huquq va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash, barcha turdagi to’siq va cheklovlarni bartaraf etish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivojiga to’liq erkinlik berish, “Agar xalq boy bo’lsa, davlat ham boy va kuchli bo’ladi” degan prinsipni amalga oshirish;

- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat, nazorat va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan noqonuniy aralashuvlarning qat’iy oldini olish;

- investitsiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlariga va hududlariga xorijiy, eng avvalo, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish.

Yuqoridagi bobdan xulosa qiladigan bo’lsak, O’zbekistonda sovet tuzumida amalda bo’lgan soliq tizimi mustaqillikka erishilgach tubdan bosqichma-bosqich isloh qilinmoqda va bu islohotlarga qonuniy asos – O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Soliq Kodeksi hisoblanadi. Hozirgi davrda dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari tajribasidan kelib chiqqan holda yaratilgan O’zbek Modeli asosida 2017 yil 7 fevralda ishlab chiqilgan O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasida mamlakatimiz hududida amalda bo’lgan soliq tizimi yanada takomillashtirishga qaratilgan va sof bozor iqtisodiyotiga o’tishda eng muhim vazifalar keltirib o’tilgan.



XULOSA

Har bir mamlakat iqtisodiy rivojlanishga erishishi uchun, iqtisodiyot oldida turgan muammolarni bartaraf etishi zarur va bu o’z navbatida iqtisodiy rivojlanish va xalq farovonligiga bevosita turtki bo’ladi. Soliq turlari, tizimlari, soliq siyosati va boshqa qator soliqqa oid muhim mavzularni rivojlangan chet el mamlakatlari tajribasida amalga oshirilgan va ishonchli o’rganilgan, tatqiqot qilingan adabiyotlar bilan chuqur o’rganish, soliq siyosatini yuritishda, ularni joriy qilishda va amalga oshirishda ilg’or chet el mamlakatlaridek siyosat yuritish zamon talabiga aylanmoqda. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Soliqlar aynan shu maqsadlarga erishishda eng muhim omil sanaladi va har bir davlat hukumati aynan shu tizimi mukammallashtirsagina, iqtisodiy rivojlanishga va farovonlikka erishadi. Soliqlar — bu davlat sarf-xarajatlarini ta’minlovchi asosiy manbaa bo`lib, u bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotni tartibga solishning va iqtisodiy yetuklikka erishishning asosiy va muhim dastagi hisoblanadi.

Germaniya davlatining soliq tizimi uning dunyodagi iqtisodiy eng rivojlangan davlatlaridan biri bo’lishiga bevosita ta’sir qiluvchi omil hisoblanadi. Germaniya davlatida soliq stavkalari mukammal darajada, deb hisoblayman. Germaniya davlatida daromadlarining ham vertikal, ham gorizontal ta’minlanishi alohida ahamiyatga ega, ya’ni, yuqori daromadli yerlar va kam rivojlangan yerlar o’rtasidagi iqtisodiy birdamlikni aytishimiz mumkin. Aksincha, turli federal yerlar aholisi har xil miqdorda soliqlar to’lashi, ya’ni bu butun davlat aholisining noteng shaklda soliqqa tortilishi, ya’ni, soliq diskriminatsiyasi Germaniya davlati soliq tizimining kamchiligi hisoblanadi, deb o’ylayman.

Agar namuna sifatida soliq tizimi shakllanib bo`lgan Germaniya davlatida o`tkаzilgаn soliq islohotlarini olsak, soliq tizimini mamlakatimiz hududida isloh qilishdа takliflarim quyidagilardan iboratdir:

1. O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlarining manbalari tarkibida to’g’ri soliqlarning salmog’ini egri soliqlarning salmog’iga nisbatan ustuvorligini ta’minlash zarur. Buning natijasida davlat byudjeti daromadlarining barqarorlik darajasi oshadi;

2. Egri soliqlarning iqtisodiy funktsiyasidan to’laqonli tarzda foydalanishni ta’minlash orqali to’g’ri soliqlardan olinadigan byudjet daromadlari summasini ko’paytirishga erishish;

3. Soliqlarni iqtisodiy holat va iqtisodiy siyosat yo’nalishlari bilan bog’liqligini kuchaytirish maqsadida, soliq, moliya, g’aznachilik idoralarning hamkorligini oshirish ;

4. G’aznachilikda daromadlarni yig’ishning jahon tajribalariga asoslangan usullarni joriy etish;

5. Soliq idoralari tomonidan statistika idoralari bilan o’zaro hamkorlikda faoliyat ko’rsatish darajasini kuchaytirish, shuningdek, soliq va statistika idoralarida yuritilayotgan iqtisodiy sub’ektlarning moliyaviy ko’rsatkichlari to’g’risidagi ma’lumotlarining o’zaro mos kelishini ta’minlash borasida chora-tadbirlar ko’rish

Ushbu ishlarimni yakunida umumiy tarzda shuni xulosa qilib aytishim mumkinki, dunyoda har bir tanganing ikkita tomoni mavjud, soliq muayyan davlatning daromadlarining asosiy qismini tashkil qiladi va bunda davlat shunday soliq tizimini joriy qilishi kerakki, bunda ham xalq, ham davlat hukumati manfaatdor bo’lishi juda muhim, aks holda, bu soliq tizimi davlat siyosatiga qarshi bo’lishi va uning iqtisodiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Zero nomukammal tanlangan soliq tizimi mamlakat hududida iqtisodiy rivojlanishga to’sqinlik qiladi va bu o’z navbatida davlatning tanazzuliga sabab bo’lishi mumkin.




Download 494,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish