3.2. Mustaqillik davrda O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan soliq tizimi islohotlar
O`zbekiston Respublikasining soliq qonunchiligi soliq va boshqa majburiy to`lоvlarning byudjetga to`lаnish majburiyligi, soliqqa tortishning adolatliligi, soliq tizimining yagonaligi va soliq qonunchiligining oshkoraligi tamoyillariga asoslanadi.
Soliq tizimi soliqqa oid barcha munosabatlarni o’z ichiga oladi va bu munosabatlarining huquqiy asoslari – O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Soliq Kodeksi hisoblanadi. Bu yuqoridagi ikki asosiy huquqiy manbaa orqali mamlakatimiz hududidagi soliqqa oid munosabatlar tartib solinadi. Mustaqillik yillarida soliq tizimini rivojlantirish o’zining natijasini asta-sekin berib bormoqda. Kichik korxonalarning mamlakat ichki mahsuloti ishlab chiqarishdagi salmog’i ortib bormoqda. Mustaqillik yillarida O’zbekiston o’zining mustaqil soliq tizimiga ega bo’ldi va uni takomillashtirish borasida yangi izlanishlar davom etmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 2015 yil 22 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to’g’risida”gi 2455-sonli qarori bilan 2016 yilgi parametrlari tasdiqlandi va Respublikamiz soliq qonunchiligiga bir qator o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi. Ushbu o’zgarishlar Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan eng muhim asosiy ustuvor vazifalar:
- Soliq yukini kamaytirish;
- Soliq ma’murchiligini takomillashtirish;
- Soliqlarning rag’batlantiruvchilik rolini oshirish;
- Soliqqa tortishning soddalashtirilgan hisobiga tadbirkorlik sub’ektlarining real daromadlarini oshirish, ularning ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirish va rag’batlantirishga qaratilgan.
https://kun.uz/uz/22132726 ma’lumotiga asosan, 2019 yilda Moliya vazirligi taqdim etgan Davlat byudjyeti loyihasida 2019 yilgi daromadlar 102,6 trillion so’m (2018 yilga nisbatan 37,8 foiz o’sish) yoki YaIMga nisbatan 24,2 foiz miqdorida bo’lishi rejalashtirilgan.
Byudjyet loyihasiga ko’ra, qo’shilgan qiymat solig’i 40 786,3 mlrd so’m (39,7%), aksiz solig’i 12 681, 3 mlrd so’m (12,4%), jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i 11 367,4 mlrd so’m (11,1%) bo’lishi kutilmoqda. Davlat byudjyeti daromadlarining yarmidan ortig’i (54,1 foizi) yoki 55,5 trln. so’m. aylanma soliqlar hisobiga hosil bo’ladi.
To’g’ridan-to’g’ri soliqlardan 20,7 trln. so’m. miqdorida daromad tushishi rejalashtirilgan, bu Davlat byudjyetining umumiy daromadlarida 20,1 foizni tashkil etadi. Resurs soliqlari va mol-mulk solig’i prognozi 14,6 trln. so’mni yoki Davlat byudjyeti umumiy daromadlarining 14,2 foizini tashkil etadi (3.1 – rasm):
Manba: https://kun.uz/uz/22132726 sayti ma’lumotlari
Bundan tashqari, loyihada Davlat budjyetidagi umumiy tushumlarning 37,5 foizi yirik soliq to’lovchilarning hissasiga to’g’ri kelishi prognozlangan. Unga ko’ra, yaqindagina davlat taasarrufiga o'tgan Ucell umumiy tushumlarning 0,7% qismini qoplashi kutiladi. (3.2 – rasm)
Do'stlaringiz bilan baham: |