Iqtisodiyot nazariyasi, tarix va huquq



Download 86,37 Kb.
bet30/35
Sana31.12.2021
Hajmi86,37 Kb.
#245745
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSTETI

Vositachilar - mahsulotlarni sotish va siljitishda firmalarga yordam beruvchi bozor (kompaniya) sub’ektlari. Shu bilan bir qatorda ular firma haqida va oʻzlari haqida ma’lumot tarqatish bilan shugʻullanadilar. Vositachilar savdo va transport tashkilotlari, reklama va marketing agentliklari, sotish bilan shugʻullanuvchi firmalar va moliya tashkilotlari boʻlishi mumkin. Savdo korxonalari, birinchidan, taqsimot kanallarini aniqlashda ikkinchidan, mijozlarni shakllantirishda koʻmaklashadilar. Moliya vositachilari sifatida banklar, kredit va sugʻurta kompaniyalari hamda boshqa moliya bitimlarini tavakkalchilikdan sugʻurtalash ishlarini olib boruvchi tashkilotlar boʻlishi mumkin. Mijozlar bilan xushmuomala munosabatda boʻlish uchun korxona zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyasini qoʻllashdan tashqari yana marketing vositachilari bilan samarali hamkorlikda boʻlishi shart. Raqiblar mazkur firma faoliyat yuritayotgan bozorlarda xuddi shunday mahsulotni ishlab chiqarib qatnashadigan korxonalar (kompaniyalar)dan iborat. Kurash haqqoniy yoki gʻirrom raqobat shartlari asosida amalga oshiriladi. Birinchi holda tannarxning pasayishi, mahsulot sifatining oshishi, firmaning obroʻyini koʻtarish, qoʻshimcha xizmatlar sektorini kengaytirish va zamonaviy marketingning boshqa usullari qoʻllanadi, ikkinchisida - demping, korruptsiya, montaj, xom ashyodan, ishchi kuchidan, ta’minotchilardan mahrum qilish va boshqa choralar koʻrish orqali koʻpchilik rivojlangan mamlakatlarda raqobatchilikni gʻirrom usullar bilan olib borish qonun tomonidan man etilgan.

Iste’molchilar - mazkur firma mahsulotining xaridorlari hisoblanadigan jismoniy va huquqiy shaxslar (fuqarolar, oilalar, firmalar, jamoat tashkilotlari va davlat muassasalari). Iste’molchilar oʻrtasidagi katta farqqa qaramay, ularda umumiy xususiyatlar bor. Ular marketing maqsadlariga bogʻliq holda maqsadli guruhlarga birlashtirilishi mumkin boʻlgan jins, yosh, malaka, ehtiyojlar tarkibi, daromadlarni belgilaydi. Umuman, bozordagi xatti-harakatlari, strategiyasi jihatidan bir-biridan ancha farq qiladigan iste’molchilarning besh turi farqlanadi. Bular yakka iste’molchilar, oilalar yoki uy xoʻjaliklari, vositachilar, ta’minotchilar, davlat va jamoat tashkilotlarining mas’ul shaxslari yoki xodimlaridir. Salmoqli qismini yakka iste’molchilar tashkil etadi, ya’ni aholining tovar va xizmatlarni faqat oʻzining shaxsiy foydalanishi uchun sotib oladigan qismi. Oilalar yoki uy xoʻjaliklari asosan oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarini xarid qiladilar. Miqyoslariga va xaridlarining hajmiga koʻra ular ham iste’molchilarning asosiy turiga kiradi. Vositachilar ancha professional xaridorlardir, zero, ular tovarlarni asosan qayta sotish maqsadlarida sotib oladilar. Shu bilan bogʻliq holda ular tovar narxiga, uning oʻramiga, saqlanish muddatlari kabi omillarga koʻproq e’tibor beradilar. Firmalarning xodimlari boʻlgan ta’minotchilar moddiy-texnika ta’minoti uchun tovarlarni sotib oladilar, bunda ularning diqqat markazida tovarning narx va miqdoriy tavsifi, transport xarajatlari, ishlab chiqaruvchining obroʻsi, mijoz istagiga reaktsiyaning tezligi, toʻlovni kechiktirish imkoniyati kabi koʻrsatkichlar turadi. Davlat va jamoat muassasalarining mansabdor yoki javobgar shaxslari oʻzlarinikini emas, balki jamoat mablagʻlarini sarflaydilar. Ishlab chiqaruvchini tanlashda ular, eng avvalo, ishonchlilik, qonunga rioya qilishlik, shuningdek, shaxsiy aloqalari sharoitlaridan kelib chiqib yoʻl tutadilar.


Download 86,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish