Iqtisodiyot nazariyasi, tarix va huquq


Marketing xizmatlarining strukturasi



Download 86,37 Kb.
bet25/35
Sana31.12.2021
Hajmi86,37 Kb.
#245745
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35
Bog'liq
TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSTETI

Marketing xizmatlarining strukturasi shuningdek ishlab chiqarish xarakteriga bogʻliq boʻladi. Ommaviy oqimli ishlab chiqarishda tovarlar ishlab chiqariladi, materiallar esa bir me’yorda va nisbatan yirik miqdorlarda iste’mol qilinadi. Seriyali ishlab chiqarishda ishlab chiqariladigan tovarlar va iste’mol qilinadigan moddiy resurslar nomenklaturasini ular nisbiy miqdori kamayishi bilan ortadi. Bu narsa tovarlar va moddiy ta’minot jarayonini murakkablashtiradi. Individual xarakterdagi ishlab chiqarish korxonalarida marketingni tashkil etish yanada murakkabdir. Bu erda tovarlarni ishlab chiqarish va materiallarni iste’mol qilish bir marotabali boʻlgani uchun iste’mol muddati bilan materialni va tayyor mahsulotni keltirish muddati bilan mos keltirish qiyindir. Marketing xizmatlari strukturasiga realizatsiya va iste’mol qilinadigan tovarlar nomenklaturasi va xarakteri ham ta’sir qiladi. Realizatsiya va iste’mol qilinadigan tovarlar nomenklaturasi va ular sifatiga qoʻyiladigan talablar ortishi bilan marketing xizmatlarining jarayoni murakkablashadi. Radio-texnik sanoat korxonalari turli yuqori sifatli tovarlar ishlab chiqarishadi va iste’mol qilishadi (lekin har biridan juda kam miqdorda), bu narsa esa marketing faoliyatini murakkablashtiradi. Marketingni tashkil qilishga ta’sir qiluvchi omillarga rayon va viloyatlarning regional xususiyatlari, etkazib beruvchilar va xaridorlarning territorial joylashuvi, etkazib beruvchilar va xaridorlar yaqinligi, marketing - vositachi tashkilotlarning, transport yoʻllarining mavjudligi kirib, bu narsalar marketing masalalarining hal etilishini va strukturali tuzilishini osonlashtiradi. Marketing strukturasi va shtati, nihoyat, hisobot yuritishning oʻrnatilgan metodikasi, statistika va rejalashtirish, tovarni taqsimlash va realizatsiya qilish, ehtiyoj hisobotlarini berish targʻibotlari, fondlarini taqsimlash davlat buyurtmalariga bogʻliq boʻladi.

Chet el amaliyoti shuni koʻrsatadiki, tashkil qilinadigan marketing xizmatlari strukturasi amal qiluvchi sistemaning egiluvchanligini, mustahkamligini ta’minlashi kerak. Bu shartlar qarorlarini operativ qabul qilish, ularni amalga oshirish, boshqaruv xizmatlarining tashkiliy tuzilishi va xususan, maqsadli ish guruhlarini shakllanishida nazorat qilinishi kerak. Marketing xizmatlarining tashkiliy strukturalarining operativligi, egiluvchanligi va moslanuvchanligi alohida boʻlinmalar kompensatsiyasi, majburiyatlari, huquqlarining reglamentatsiyasi, shuningdek firmaning uzoq muddatli marketing strategiyasi bilan ta’minlanadi. Marketing xizmatlarining tashkiliy tuzilishida firma umumiy boshqaruvi funktsional xizmatlari bilan marketing xizmatlari orasida toʻgʻri va teskari, “aks” aloqani ta’minlash muhimdir, odatda struktura sodda boʻlsa, koordinatsiya qiluvchi va markaziy boshqaruv xizmatlari soni shuncha kam, boshqarish sistemasi shunchalik mustahkam va yutuqqa erishish ehtimoli shuncha yuqori boʻladi.

Tashkiliy tuzilishda strukturaning ishlab chiqariladigan tovar va xizmatlar assortimentini spetsifikatsiyaga mos kelish; tashkiliy strukturaning sotish bozori qaytimi hajmi va ularning xarakteristikalariga mos kelishi; firma tashkiliy strukturasining bozorni segmentlashni chuqurlashtirishga yoʻnaltirilganligi, alohida iste’molchilar guruhiga differentsiatsiyalashgan yondashishni qoʻllash hisobga olinadi. Bular masalalarni hal etishga yordam beradi. Shunday sifat va xarakteristikali tovarlarni sotishni tezlashtirish maqsadida natijaviy iste’molchilar guruhlari boʻyicha xizmatlar shakllanadi. Boshqaruv ishlab chiqarish boʻlimlarining bunday tashkil etilishi maqsadli bozorlar boʻyicha xizmatlar yaratishini koʻzda tutadi.

Marketing guruhlari yoki boʻlimlarining tashkiliy tuzilishi shu kompaniya, firma, tashkilot yoki korxonaning joylashuvi, tabiiy sharoiti va umuman olganda, oʻsha joyning regional xususiyatlari bilan ham belgilanadi va kelib chiqadi. Masalan, yirik sanoat markazida, industrial shaharda joylashgan firmaning marketing boʻlimi shu erning madaniy rivoji, aksariyat ishchilaridan iborat xodimlarning ehtiyoji, fe’l-atvori kabi xususiyatlarni oʻzida aks ettirmogʻi lozim.

Ma’lumki, marketing axboroti marketing faoliyatida qaror qabul qilish uchun asos hisoblanadi, shuningdek, qaror qabul qilgandan keyin olingan natijalarni tahlil qilish uchun ham kerakdir. Koʻpgina marketologlarning ta’kidlashicha, axborot bilan bogʻliq faoliyat butun marketing faoliyati hajmining uchdan bir qismidan tortib yarmigachani tashkil qiladi. Marketing maqsadlariga moʻljallangan axborotni bir nechta guruhlarga boʻlish mumkin. Xususan, bozor va uning kon’yunkturasi haqidagi axborot, sotish (savdo)ning uslublari va shakllari haqidagi axborot va nihoyat oʻz korxonasi haqidagi axborot.

Korxonada shakllanayotgan axborotlar massivi bir martali marketing tadqiqotlarini oʻtkazish hisobiga va marketing axborotini toʻplash, ishlov berish va tahlil qilish natijasida davriy ravishda kengayishi va yangilanishi kerak.




Download 86,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish